Xo‘jalik yurituvchi sub'ektlar moliyasi
Moliya tizimining bu sohasi tijorat korxonalari va tashkilotlari moliyasi, moliyaviy vositachilar moliyasi va notijorat tashkilotlar moliyasi kabi bo‘g‘inlardan tashkil topadi.
Bu guruhga kiruvchi xo‘jalik yurituvchi sub'ektlarning moliyaviy munosabatlari tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish, daromadlar va xarajatlarni shaklantirish, mulkka egalik qilish, o‘z zimmalariga olgan majburiyatlarini bajarish shakllariga bog‘liq ravishda o‘ziga xos bo‘lgan xususiyatlarga egadir.
Faoliyatining asosiy maqsadlaridan kelib chiqib xo‘jalik yurituvchi sub'ektlar
(yuridik shaxslar)
Tijorat asosida faoliyat yurituvchi xo‘jalik yurituvchi sub'ektlar
(tijoratchi tashkilot)
Notijorat asosida faoliyat yurituvchi xo‘jalik yurituvchi sub'ektlar (tijoratchi bo‘lmagan tashkilot)
Tijoratchi tashkilot foyda olishni o‘z faoliyatining asosiy maqsadi qilib olgan
Tijoratchi bo‘lmagan tashkilot foyda olishdan boshqa maqsadni o‘z oldiga qo‘yadi.
Tijoratchi tashkilot bo‘lmagan yuridik shaxs jamoat birlashmasi, ijtimoiy fond va mulkdor tomonidan moliyaviy ta'minlab turiladigan muassasa shaklida, shuningdek qonunlarda nazarda tutilgan boshqacha shaklda tashkil etilishi mumkin.
Tijorat asosida faoliyat yurituvchi korxona va tashkilotlar moliyasi. Tijorat tashkiloti Tijoratchi tashkilot bo‘lgan yuridik shaxs xo‘jalik shirkati va jamiyati, ishlab chiqarish kooperativi, unitar korxona va qonunlarda nazarda tutilgan boshqacha shaklda(xususiy korxona, jamoa korxonalari) tuzilishi mumkin. Ulushlarga (qo‘shilgan hissalarga) yoki muassislarning (ishtirokchilarning) aksiyalariga bo‘lingan ustav fondi (ustav kapitali)ga ega bo‘lgan tijoratchi tashkilotlar xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari hisoblanadi. Muassislar (ishtirokchilar) qo‘shgan hissalar yoki ular sotib olgan aksiyalar hisobiga vujudga keltirilgan, shuningdek xo‘jalik shirkati yoki jamiyati o‘z faoliyati jarayonida ishlab chiqargan va sotib olgan mol-mulk mulk huquqi asosida unga tegishlidir.
Xo‘jalik shirkatlari va xo‘jalik jamiyati.
Xo‘jalik shirkatlari- bu shaxslar va ulardan har birining bevosita harakatlari (to javobgarlikkacha) foyda olish maqsadida birlashish bo‘lsa, xo‘jalik jamiyatlari esa faqat ularning ishtirokchilari kapitallarining birlashuvi bo‘lib, ulardan har birining jamiyat faoliyatida bevosita ishtirokisiz amalga oshadi.
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksiga sharh 1-j. (birinchi qism)
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi. – T.: «Vektor-Press», 2010. – 169b.
Do'stlaringiz bilan baham: |