Ikkinchi signal sistema va abstrakt tafakkur
Faqat odam yuqori darajada anglash, abstrakt fikrlash, so`zlash qobiliyatiga ega.
Odam oliy nerv faoliyatining taraqqiyoti natijasida voqelikning ikkinchi signal sistemasi vujudga kelgan. Ikkinchi sistemasida so`zlardan iborat bo`lib, nihoyatda bevosita signallar o`rnini bosmasdan balki predmetlarniig ayrim belgilarini farq qilishi va ularni umumlashtirish, ular o`rtasidagi bog`lanishlarni vujudga keltirish xususiyatiga ega.
Odam so`z yordamida tabiatning obe`ktiv qonuniyatlarini, insoning tarixini va jamiyat tajribasini aks ettiradi. So`zlar yordamida tushunchalar, qonunlar yetkaziladi. Tushuncha va qonunlar jamiyatning mehnat faoliyati jarayonida taraqqiy etadi. So`z yordamida bolalar va kattalar fikrlarini, xis-tuyg`ularini ifodalaydi. So`z odamga signal sifatida ta`sir etib turli reaktsiyalarni keltirib chiqaradi. Ikkinchi signal sistemasi fiziologik tabiati jihatdan yuqori tartibli va iz qoldiruvichi shartli reflekslardan iborat.
Bola atrofdagi narsalar va xodisalar bilan asta-sekin tanishib borar ekan, ayi vaqtda ularning nomlarini o`zlashtirib oladi.
Psixolog va fiziolog olimlarning tadqiqotlarining natijalariga ko`ra nutqning asosiy markazlari chap yarim sharlarda ekanligi aniqlangan. Miyaning o`ng yarim sharlarida nutqni tushunish markazlari bor.
Oxirgi 10 yilda yarim sharlarni sinchiklab o`rganish natijasida ularning anatomik tuzilishida ham assimetriya borligi aniqlandi.
Tekshirilgan miyalarning 65 foizida po`stloqning chakka sohasidagi Vernike sohasi bilan tutashgan qismi chap yarim sharlarda kattaroq bo`lib chiqdi. O`ng yarim sharlarda pyoshona va ensa bo`laqlar chap yarim sharlardan kengroq. Bu tafovutlar fiziologiyasiga ham bog`lik bo`lsa kerak.
Bosh miya yarim sharining ixtisoslashgan darajasi erkakdarda ayollarga nisbatan yuqori bo`ladi. Shuning uchun, chap yarim sharining shikastlanishi erkaklarda nutq va ikkinchi signal tizimiga bog`liq bo`lgan faoliyatlarda jiddiyroq o`zgarishlar keltirib chiqaradi.
1866 yilda farangistonlik shifokor Pol Broki chap yarim sharlarning chap bo`lagi shikastlangan bemorni ko`zatgan. Bu bemor gapirish qobiliyatini yuqotgan, ammo hamma singari yozgan, o`kigan, gaplarni tushungan.
Gorka sohasi yuz, til, jag`, xalqum muskullari, faoliyatini boshqaradi. Bu sohasi shikastlangan odam yaxshi gapira olmaydi, ammo tildan foydalanish qobiliyatini yo`qotmaydi. Nutqning bu tarzda bo`zilishi Brok aflziyasi deyiladi.
Shunday qilib, gapni tushinish va to`g`ri so`zlash uchun Brok va Vernike sohalari hamda ularni bog`lovchi yo`llar bekamu kust bo`lishi keraq Miya yarim sharlar po`slog`ida nutq-ko`rish, nutq-eshitish, so`zlarni ma`nosini anglash, ma`noli so`zlash, musiqa tinglash, og`zaki va yozma nutq nerv markazlari bo`lib, bo`larni 39,42 va h. zonalar deb nomlanadi. Nutq bo`zilishi afaziya deb ataladi. Uning bir necha turi bor. Harakat (motor) yoki pyoshona afaziyasi yoki Brok afaziyasi. Bunda bemor nutqni tushunishi mumkii, lekin bemor nutqi nixoyatda qiyinlashgan xolda bo`ladi yoki butunlay gapiraolmaydi. Ba`zi bemorlarda xat yozish bo`zilgan (Agrafiya) xatni ovoz chiqarib o`qiy ololmaydi, lekin bemor o`qigan narsasini tushunishi mumkin. Motor afaziya chap yarim sharning pastidagi pyoshona nuqtasi zararlanganda kelib chiqadi.
Nutq funktsiyasi bo`zilishining ikkinchi formasi - sensor yoki chakka afaziyasi deyiladi. Sensor afaziyali bemor nutqni tushunmaydi, ayrim so`zlarni eshitmaydi, sergap bo`ladi. Bunday bemor ko`picha so`zlarni bo`zib aytadi. Ba`zi bemorlarda amuziya musiqani tushunishni buzilishi uchraydi.
Afaziyaning maxsus turi- tepa amneziyasida bemor nima haqida gapirishni biladiyu, lekin zarur so`zani esiga tushira olmaydi. Afaziyaning bu turida chap tomondagi pastki tepa pushta zararlangan bo`ladi. Ba`zi bemorlarda sanay olmaslik - akalkuliya ham ko`zatiladi. Shuni aytish kerakki, bir sohaning shikastlanishi bir qancha faoliyatning buzilishiga olib keladi. Shuning uchun psixik faoliyat bir butun faoliyati hisoblanadi.
Bosh miya katta yarim sharlari po’stlog’ini juda ko’p olimlar tekshirib, miya po’stlog’ida ta`sirni qabul qilib olish harakat va assotsiativ funktsiyadar bajarilishini aniqlaganlar. Hayvonlarda bosh miya po’stlog’i ayrim qismlarini olib tashlash va shartli reflekslar metodi bilan olingan ilmiy ma`lumotlar natijasida miya po’stlog’ida tashqi dunyodagi ta`sirlarni qabul qiluvchi va organizmdagi turli funktsiyalarning nerv markazlari joylashganligi isbotlangan. Miya po’stlog’ida nerv markazlari juda ko’p bo’lib, bular morfologik, fiziologik jihatdan bir-biridan farq qiladi.
Asosiy adabiyotlar
Z.T.Rajamurodov, A.L.Rajabov “Odam va hayvonlar fiziologiyasi” T. 2010 y.
E.N.Nuriddinov “Odam fiziologiyasi” T.“Aloqachi” 2005 y.
Almatov K.T., Allamuratov.SH.I. “Odam va hayvonlar fiziologiyasi” T. Universitet. 2004 y.
Qo’shimcha adabiyotlar:
. The Rignt Start to a Healthy Life. Contact : i.stegeman @eurohealthnet.eu, c.costongs @eurohealtnet.eu EuroHealthNet, Rue de la Loi 67 , 1040 Brussels, Belgium
2. Adolf Faller., Michael Schuenke-The Human Body - “An Introduction to Structure and Function” ThiemeStuttgart · New Yorkhttp: //www.bestmedbook.com/2004
Do'stlaringiz bilan baham: |