Bog'liq Hissiyotlarning turlari va biologik ahamiyati xotira, diqqat Hiss
Aim.uz
Hissiyotlarning turlari va biologik ahamiyati xotira, diqqat Hissiyotning shakllanishida olimlarning fikrlari. Hissiy zo`riqish. ehtiyoji va uni qodirish i xotira, diqqat Reja:
Ehtiyoj - need, necessity Hissiyotlar tashqi va ichki ta`sirotlar natijasida shakllangan odam va hayvonlarning sub`ektiv xolati bo`lib, mamnunlik, qanoatlanish, qanoatlanmaslik, norazilik va boshqa xissiy tuyg`ularni namoyon bo`liщdir. Hissiyotlarning yuzaga chiqishi miya po`stlog`idagi ayrim nerv markazlarini qo`zgatishga bog`liq. Ba`zi nerv markazlarini ko`zgatish ijobiy. Boshqalari esa salbiy hissiyotlarni keltirib chiqarishi mumkin. Hissiyotlar ruhiy faoliyatga odamning kayfiyatiga ta`sir qiluvchi omil hisoblanadi. Hissiyotlar jamiyatning qonun-qoidalari, urf-odatlari insonlarning axloqiga bog`liq bo`ladi. Hissiyotlar odamni maqsadli harakat qilishida, ishchanlik qobilyatini ortishida yoki kamaytirshida muhim ahamiyatga ega.
Odamning oliy xisssiyotlari ma`naviy, estetik zakovatliy ehtiyojlar asosida shakllanadi. Maqsadga erisha olmaslik kungil to`lmasligi manfiy hissiyotlarni paydo qiladi.
Ehtiyojni qondirish ijobiy hissiyotlarga sabab bo`ladi. U sub`ektiv mamnunlik, lazzatlanish, xursandchilikdan iborat.
Hissiyotlarni kelib chiqishi haqida bir necha nazariyalar mavjud. Ba`zi olimlarning fikricha ichki a`zolar va muskullar faoliyatishshg o`zgarishi hissiyotlarning yuzaga chiqishiga sabab bo`ladi
XX asrning yigirmanchi yillarida markaziy yoki talamik nazariya taklif qilinadi. Bu nazariyaga muvofiq hissiyotlarni yuzaga kelishida talamus va gipotalimusning faoliyatini o`zgarishi muhim hisoblanadi.
Hozir keng tarqalgan Peyps nazariyasini talamik nazariyaning rivoji desa bo`ladi. Peyps fikriga hisssiyotning shakllayanishida miyaning limbik tuzilmalari asosiy rol o`ynaydi. Gipokampda paydo bo`lgan hissiyot qo`zg`olishi mamillyar tanalarga tarqaladi, keyin talamus orqali belbog` pushtaga o`tadi va undan miya po`stlog`iga yetib keladi. Hissiyotlarni yuzaga chiqishida limbik sistema muhim rol o`ynaydi. Limbik sistema talamusning oldinga yadrolari va gipotallamus kiradi.
Hissiyotlar rivojlanishi ko`p jixatdan to`rsimon tuzilmaga va po`stloq osti yadrolariga (qora substantsiya) ham bog`liq. Katta yarim sharlar po`stlog`ining talamus bevosita bog`langan peshona sohalari hissiyotlari uchun katta ahamiyatga eta.