«Эффекты» - Effektlar bo’limida «Перевернутый» - To’ntarilgan belgilagichi belgilansa harflar to’ntariladi. «Справа на лево» - O’ngdan chapga belgilagichi belgilansa matn so’zlari teskari tomonga yo’naladi. «Вертикальный» - Vertikal belgilagichi ayrim shrift turlarida faol emas. «Степень растяжения» - Kenglik darajasi oynachasida kerakli son kiritilsa shriftning kengligi o’zgaradi. «Угол наклона» - Og’ish burchagi oynachasiga burchak kattaligi berilsa harflar shu burchak kattakigida og’adi.
«Образец» - Namuna bo’limining pastki chap oynachasiga biron bir matn kiritilib, «Показать» - Ko’rsat tugmasi bosilsa, yuqori namuna oynasida matn tanlangan parametrlarga asoslanib namoyish etiladi.
«Масштаб» – Masshtab.
Ushbu faol tugma tanlanganda sichqoncha kursori ob’ekt tanlash rejimiga otadi va matnli ob’ekt tanlanishi lozim. Ob’ekt tanlangach klaviaturadan “Enter” tugmasi bosiladi, va ekranda qaysi nuqtadan kattalashtirish lozimligi haqida axborot menu oynasi ochiladi. Undan kerakli band tanlanadi va klaviaturadan harf balandligi parametri son bilan kiritiladi, “Enter” tugmasi orqali tasdiqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |