Metod birlashma raisi: A. A. Pardayeva
Kuni uzaytirilgan guruh tarbiyachisi A.A. Pardayevaning
2020-2021 o`quv yili uchun yillik
Hisoboti
O`quv yili boshidan yillik ish reja tuzildi va maktab rahbariyati tomonidan tasdiqlangan reja asosida olib borildi.
2-“B” sinf kuni uzaytirilgan guruh jurnali, rejaga binoan yuritib borildi.
2020- 2021 o`quv yilida 856 soat o’quv yuklamasi bajarildi .
O`quv yili davomida 10 ta yo`nalish bo`yicha suhbatlar, harakatli va didaktik o`yinlar, kutubxona soati mavzular bo`yicha o`tkazildi.
O`quv yili davomida to`garak ish rejasi tuzildi, tasdiqlandi va haftaning har juma kunida to`garak mashg`ulotlari o`tkazilib borildi.
“Darakchi” burchagi har bir yil fasllari , muhim sanalar va turli tadbirlar hamda bayramlarga xos ravishda jihozlab borildi.
Harakatli va didaktik o’yinlar daftari tutildi , saralanib ko`rgazmalar tayyorlandi.
O`quv yili davomida 80 ta ko`rgazmali va tarqatmali materiallar tayyorlanib, dars tayyorlash mashg`ulotlarida va suhbatlarda foydalanib borildi.
Tozalik va pedikulyoz daftari tutilib, hafta mobaynida kuzatilib qayd qilib borildi.
O’quv yilining fevral oyida “To’g’rivoy va Egrivoy” ertagi mavzusida kitob taqdimoti o’tkazdik.
O`quv yili davomida 32 marotaba o`zaro darslarda qatnashdim va tahlil qilishda ishtirok etib keldim.
Joriy yilning mart oyida “Tarbiya” fanidan ochiq mashg’ulot o’tkazdim.
Yil davomida Prezidentimiz tomonidan chiqarilgan qaror va farmonlarni , ma`ruzalarini mustaqil o`rganib, respublikamizda bo’layotgan o`zgarish va ta’lim – tarbiyaga oid yangiliklardan xabardor bo’lib borishga harakat qildim.
O’quv yilining mart oyida o’tkazilgan uslubiy birlashma yig’ilishida “Imkoniyati cheklangan bolalar va ularni tarbiyalashda maktab , oila, mahalla hamda jamoatchilik hamkorligi” mavzusida ma’ruza qildim.
K.U.G tarbiyachilar fan oyiligida boshlang`ich sinflar o`rtasida o`tkazilgan qziqarli tadbirlar va sport musobaqalari i o`yin tarzida o`tkazildi.
O`quv yili davomida sinf xonasi hamda sinfga briktirillgan yer uchastkasi tozalanib, obodonlashtirib borildi.
Yil davomida sinfimiz o`quvchilari bilan birgalikda barcha tanlovlar va tadbirlarda faol ishtirok etib, faxriy yorliqlar bilan taqdirlanib keldik.
Sinfimiz o`quvchilarini yil davomida choraklar mobaynida kuzatib , o’quvchilarni kuzatish daftariga qayd qilib bordim.
O’quv yili davomida maktab miqyosida o’tkazilgan yig’ilishlar va tadbirlarda faol qatnashishga harakat qilib keldim.
Joriy o’quv yili yakunida, o’tkazgan ochiq mashg’ulot va to’garak mashg’ulotlarim bilan, onlayin tanlovda qatnashib, “Ziyolilar minbari” tomonidan, “Oliy darajali diplom” bilan taqdirlandim.
Do'stlaringiz bilan baham: |