Farg’ona shahar 12-maktabning “Ijtimoiy fanlar”metodbirlashmasi yillik
HISOBOTI.
Ijtimoiy fanlar metodbirlashmasida jami 4 nafar pedagoglar faoliyat yuritishadi.R.Madrahimova,S.Ibodullayev mutaxassis o’qituvchi,H.Hamdamova, G.Rasulova 2-toifali o’qituvchi hisoblanadi.2020-2021-o’quv yilida dars taqsimoti bo’yicha R.Madrahimova 5-7-10-sinflarga tarix darsidan jami 20 soat;S.Ibodullayev 8-11-sinflarga tarix va tarbiya fanlaridan jami 20 soat;H.Hamdamova 5-9 sinflarga tarix va huquq fanlaridan jami 2- soat;G.Rasulova 5-6,10-11-sinflar Tarbiya va 9-A huquq 10-11 sinflarda huquq fanidan jami 20 soat dars soatlari ajratildi. Avgust oyi pedagogik kengashida ijtimoiy fanlar metodbirlashmasi rahbari etib G.Rasulova ,kotiba H.Hamdamova tayinlandi.Avgustda biz belgilangan sinflar asosida ish rejalarimizni tasdiqlatdik,metodbirlashma yillik rejasi tuzildi va xonamizni karantin qoidalariga muvofiq jihozladik. 2020-2021 o’quv yili pandemiya sababli oktabr oyidan boshlandi.O’quvchilarimiz karantin qoidalariga amal qilingan qilingan holatda maktabga kelishdilar. Turli xil tadbirlarimizni online orqali tashkilladik,xususan 1-oktabr yurtimizda “Ustoz va murabbiylar” kuni munosabati bilan tashkillangan online videorolik bo’yicha huquq fani o’qituvchisi G.Rasulova faol qatnashib maktab ma’muriyati tomonidan maqtov yorlig’i bilan taqdirlandi.Shuningdek 21-oktabr maktabimizda o’tkazilgan “ONA TILIM-JONU DILIM” shiori ostidagi tashkil qilingan tanlovda faolligi uchun ham tashakkurnoma bilan
Noyabr oyida 18-noyabr Davlatimiz bayrog’i qabul qilingan kun munosabati bilan tadbir tashkillandi,unda o’quvchilarimiz bayroq haqidagi bilimlari sinovdan o’tkazildi.Huquq fani o’qituvchisi G.Rasulova “OQITUVCHI” ilmiy-uslubiy metodik jurnalining 5-sonida “Sinf rahbarlikning kasbiy fazilatlari”deb nomlangan maqolasi chop etildi.Shu sababdan sertifikat bilan taqdirlandi.Maktab pedagodiok kengashida ham ushbu pedagogimiz direktor tomonidan ham TASHAKKURNOMA bilan taqdirlandi.
DEKABR-TARBIYA,TARIX-HUQUQ fani oyligi boshlandi,metodbirlashma rahbari tomonidan fan oylik rejasi tuzib chiqib tasdiqlandi va fan oyligida qilinadigan ishlar metodbirlashma a’zolariga taqsimlandi.
Farg’ona o’lkashunoslik muzeyiga sayohat uyushtirildi.
“Konstitutsiya –davlatimiz ustuni” mavzusidagi tadbirdan lavhalar
“Tarix bilimdonlari “zakovato‘yini 6 –“A” va 6-“V” –sinflarda o‘tkazildi.
Tarix fani ochiq darsidan lavhalar
“Huquq bilimdonlari” viktorina o‘yinlaridan lavhalar
Fan oyligi juda yuqori saviyada tashkillandi ,metodbirlashma a’zolari ochiq darslar tashkilladi.Turli xil tanlovlar ,viktorina o’yinlari va rasmli tanlovlar o’tkazildi.
9-aprel “Amir Temur tavalludi kuni munosabati bilan Tarix fani o’qituvchisi H.Hamdamova 7-v sinfda “Amir Temur buyuk davlat asoschisi” mavzusida ochiq dars tashkilladi.
Huquq fani o’qituvchisi G.Rasulova Farg’ona viloyati malaka oshirishda huquq fani tinglovchilariga “Insonning shaxsiy huquq va erkinliklari “mavzusida ochiq dars tashkillab berdi va viloyat miqyosida ommalashtirish uchun tavsiya etildi.
May oyida “Yoshlar va qonun “ tanlovida o’quvchilarimiz faol ishtirok etishib ,sektor bo’yicha 4- o’rinn egasi bo’lishdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |