Oshirish sanasi
|
Xodimlar toifasi
|
Bazaviy ta’rif stavkalarini oshirish miqdori
|
2020-yil 1-mart
|
Mudirlar, tarbiyachilar, metodistlar, o‘qituvchilar, defektologlar, psixologlar, musiqa rahbarlari va tarbiyachi yordamchilari (tarbiyachi yordamchisi mehnatiga haq to‘lash tartibining bazaviy tarif stavkalari asosida belgilanadi).
|
30 %
|
2020-yil 1-sentabr
|
Tayyorlov guruhi tarbiyachilari (5 yoshdan 6–7 yoshgacha), oliy ma'-lumotga ega bo‘lgan o‘qituvchilar, defektologlar, psixologlar. Ular bazaviy tarif stavkalarining miqdorlari umumta'lim maktablari boshlang‘ich sinflari o‘qituvchilari bazaviy tarif stavkalarining
miqdorlariga tenglashtiriladi.
|
30 %
|
Oliy yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar pedagogik ma'lumotga ega bo‘lgan tarbiyachilar yordamchilari.
|
20 %
|
Maktabgacha ta'lim muassasalari mudirlari
|
10 %
|
Tibbiyot muassasalari ko`rsatkichlari
7-jadval
Ko`rsatkichlar
|
Soni
|
Tibbiyot muassasalari – jami:
|
3 244
|
Kasalxona o`rinlari
|
109 299
|
Shtat xodimlari
|
422 365
|
Shu jumladan, vrachlar
|
89 785
|
Ijtimoiy nafaqalar turlari bo`yicha ko`rsatkichlar
8-jadval
Ko`rsatkichlar
|
14 yoshgacha farzandlari bo`lgan oilalarga har oylik nafaqa
|
2 yoshgach bo`lgan farzandiga qarovchi oilalarga har oylik nafaqa
|
Daromadlari kam oilalarga har oylik moddiy yordam
|
Bolalikdan nogiron bo`lganlarga nafaqa
|
Bola tug`ilganda beriladigan nafaqa
|
Summa(mlrd. so`m)
|
443
|
921.3
|
210.8
|
883.8
|
229.2
|
2021-yilga nisbatan o`sish
|
137%
|
115%
|
228%
|
115%
|
115%
|
Mahalliy Moliya bo‘limlari tomonidan byudjetlararo munosabatlarni amalga oshirish mexanizmini o‘rganish.
Subvensiya — muayyan maqsadlarga sarflash sharti bilan yuqori turuvchi byudjetdan quyi turuvchi byudjetga qaytarmaslik sharti bilan ajratiladigan pul mablag‘laridir.
Subventsiyalar asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozi va Davlat byudjetining asosiy parametrlari tasdiqlanayotganda belgilangan xarajatlarni amalga oshirish uchun ajratiladi.
O‘tkazib beriladigan daromadlar — tegishli ma’muriy-hududiy birlikda shakllanadigan va yuqori turuvchi byudjetga o‘tkaziladigan, ular qaerda shakllangan bo‘lsa, keyinchalik o‘sha ma’muriy-hududiy birlik byudjetiga o‘tkazib beriladigan daromadlardir.
O‘tkazib beriladigan daromadlarning umumiy hajmi O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan quyi turuvchi byudjetlarga - asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozi va Davlat byudjetining asosiy parametrlari tasdiqlanayotganda; Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika byudjetidan, viloyatlarning viloyat byudjetlaridan va Toshkent shahrining shahar byudjetidan tumanlar va shaharlar byudjetlariga - Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan tasdiqlanadi.
Dotatsiya — byudjet tizimi byudjetlariga ularning o‘z daromadlari etishmagan taqdirda daromadlar bilan xarajatlar o‘rtasidagi farqni qoplash uchun qaytarmaslik sharti bilan ajratiladigan pul mablag‘laridir.
Yuqori turuvchi byudjetdan quyi turuvchi byudjetga dotatsiya quyi turuvchi byudjet xarajatlarining rejalashtirilgan hajmi subventsiyalar va o‘tkazib beriladigan daromadlar hisobga olingan holda mazkur byudjet daromadlarining prognoz qilingan hajmidan oshib ketgan taqdirda ajratiladi.
Byudjetlararo o‘zaro hisob-kitoblar moliya yili mobaynida byudjetlar parametrlari o‘zgarganda yuqori va quyi turuvchi byudjetlar o‘rtasida yuzaga keladigan o‘zaro pul munosabatlaridir.
- Byudjetlararo o‘zaro hisob-kitoblar moliya yili davomida qonun hujjatlari qabul qilinganligi;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari daromadlarining prognozi aniqlashtirilganligi;
- Byudjet tashkilotlari va byudjet mablag‘lari oluvchilarning bo‘ysunuvi o‘zgarganda xarajatlar bir byudjetdan boshqa byudjetga o‘tkazilganligi yoki kapital qo‘yilmalar limitlari byudjetlar darajalari o‘rtasida qayta taqsimlanganligi munosabatlari bilan yuzaga keladi.
Byudjet ssudasi — qaytarish sharti bilan yuqori turuvchi byudjetdan quyi turuvchi byudjetga, shuningdek davlat maqsadli jamg‘armalariga, rezident-yuridik shaxsga ajratiladigan pul mablag‘laridir.
Byudjet ssudasi shaklidagi byudjetlararo transfert byudjet manbalarining to‘liq safarbar qilinishi tegishli byudjetlarda nazarda tutilgan xarajatlar qoplanishini ta’minlamagan taqdirda, qaytarish sharti bilan va foizsiz beriladi.
Moliya bo‘limlari ish faoliyatida qo‘llanilayotgan dasturiy ta’minotlar bilan tanishish, ularning funksiyalari va afzalliklarini o‘rganish
“UzASBO” dasturiy majmuasining byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarini hisoblashga ixtisoslashtirilgan alohida moduli ishlab chiqildi.
Hozirda byudjet tashkilotlari tomonidan ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar bo‘yicha xarajatlarga naqd pul olishga so‘rovnomalar – g‘aznachilik organlariga, jamg‘arib boriladigan pensiya badallari bo‘yicha xodimlar reyestri – Xalq banki filiallariga, plastik vedomostlar ro‘yxati esa Ipoteka bank, Agrobank, Mikrokreditbank, Qishloqqurilishbank, O‘zsanoatqurilishbank, Asaka bank, Turonbank, Xalq banki va Ipak yo‘li banklariga elektron ko‘rinishda yuborilmoqda.
Bunda dasturiy komleks bilan bevosita ishlaydigan xodimlarning axborot texnologiyalari borasidagi malakasi davlat sektoridagi idora xodimlarining axborot texnologiyalari borasidagi bilim darajasida bo‘lishi kifoya. Dastur Web texnologiyaga asoslangan bo‘lib, ma’lumotlar markazlashgan holda saqlanadi;
Dasturdan foydalanish internet tarmog‘i orqali amalga oshiriladi;
“UzASBO” dasturi g‘aznachilik dasturi bilan ma’lumotlar almashinish imkoniyatiga ega:
1-bosqichda xarajatlar tasnifi bo‘yicha qoldiqlarni ko‘rish, elektron ko‘chirma(vipiska)lar olish hamda g‘aznachilik bo‘limlari tomonidan ro‘yxatga olingan shartnomalar ro‘yxati kitobini ko‘rish;
2-bosqichda to‘lov topshiriqnomalarini elektron imzo orqali g‘aznachilik bo‘limlariga yuborish, shartnomalarni kiritish va boshqalar.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan byudjet tashkilotlari buxgalteriya hisobini yurituvchi “HUJJAT MF” dasturiy majmuasi 2011 yilda foydalanishga topshirilgan.
“HUJJAT MF” dasturiy majmuasi moloya organlariga quyidagilarda ijobiy samara keltiradi:
katta maydondagi joyni bo‘shatish;
hujjatlardan nusxa ko‘chirishdagi harajatlarni qisqartirish;
hujjatlarni qog‘oz ko‘rinishda tashishga bo‘lgan harajatlarni qisqartirish;
resurslarga bo‘lgan harajatlarni qisqartirtish: xodimlar va jihozlar;
qog‘ozlarga ketadigan xarajatlarni qiskartirish;
ish unumdorligini oshirish: ishni bajarilishini tezlashtirish, umumiy bajarilgan ish hajmini oshishi, yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan hujjatlar bilan ishlashni yaxshilanishi, qo‘shimcha turdagi ishlar bajarish imkoniyati paydo bo‘lishi va boshqalar.
Demak “HUJJAT MF” dasturiy majmuasida elektron hujjat aylanish tizimini afzalligi quyidagilar bo‘lib hisoblanadi:
hujjatlar ustida umumiy ish qilish imkoniyati paydo bo‘ladi;
hujjatlarni tanlash va izlashda juda katta tezlikka ega bo‘lish;
axborot xavfsizligini yuqori darajada ta’minlanganligi, ya’ni elektron hujjat aylanish tizimi bilan ishlaganda qayd qilinmagan foydalanuvchiga hech qanday tizimdan foydalanishga imkon berilmasligi;
hujjatlarni saqlash xuddi elektron hujjatni serverda saqlaganday qulay ekanligi;
hujjatlar harakatini boshqarishni yaxshilanishi.
hujjat aylanish tizimini avtomatlashtirishning asosiy natijasini birinchi navbatda hujjatlar bilan ishlashdagi chalkashliklar bo‘lmasligi, ijri intizomoni mustahkamlanishi, boshqaruv qarorlarini qabul qilish vaqtini qisqarishi va moliya organining butun ish faoliyati samaradorligini o‘sishida ko‘rishimiz mumkin.
O‘zbekiston Moliya tizimini tarmog‘ida “Byudjet tashkilotlarining pasporti” dasturi foydalanishga topshirilgan bo‘lib, “Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma” talablariga to‘liq javob beruvchi va respublikamizda Web-texnologiyaga asoslangan holda ishlab chiqilgan dasturiy majmualardan biridir.
Dasturdan foydalanish bepul bo‘lib, hozirda undan 20000 dan ortiq byudjet tashkilotlar foydalanib kelmoqda. Bugungi kunda moliya organlari va byudjet tashkilotlari byudjet so‘rovnomalari va xarajatlar smetasini shakllantirishda katta ahamiyatga ega. Shuningdek, dasturiy majmua buydjet mablag‘larini aniq rejalashtirish va byudjet mablaglaridan oqilona foydalananish ustidan nazorat qilishda ushbu dastur muhim sanaladi.
XULOSA
Men amaliyot dasturiga muvofiq ravishda Chinoz tumani moliya bo'limida amaliyot o'tash davomida ko'plab bilim va ko'nikmalarga ega bo'ldim.
Amaliyot davomida viloyat moliya boshqarmasi nizomi bilan tanishib chiqdim.
Shuningdek, viloyat daromadlar va xarajatlar ijrosi bilan tanishdim. Chinoz tumani moliya bo'limida 2022-yilda daromadlar albatta xarajatlardan ko'p bo'lib, tuman moliyaviy ahvoli ijobiy baholandi.
Chinoz tuman moliya bo'limida maktabgacha ta'lim muassasalari, umumta'lim maktablari, sog'liqni saqlash muassasalari xarajatlar smetasi, shtat jadvali, uning tarkibiy xarajatlari moliyalashtirishning o'ziga xos xususiyatlari, ularni rejalashtirishda qo'llaniladigan operativ tarmoq ko'rsatkichlarini aniqlash tarkibini o'rganib chiqdim.
Amaliyotni o'tash davrida ko'plab amaliy tavsiyalarga ega bo'lishimda Chinoz tuman moliya bo'limida ishlayotgan mutaxasislar yaqindan ko'mak berishdi.
Chinoz tumani mahalliy byudjetidan moliyalashtiriladigan umumta'lim maktablari, kasb-xunar kollejlari va akademik liseylar va tibbiyot muassasalari rekonstruktsiya qilish va mukammal ta'mirlash va jixozlash jamg'armasi mablag'laridan dasturda ko'rsatilgan loyhalarni moliyalashtirish tartibini mukammal o'zlashtirishga xarakat qildim.
Byudjet mablag'laridan samarali foydalanishda moliyaviy nazoratning ahamiyati:
Byudjet mablag'laridan samarali foydalanishda moliyaviy nazoratning ahamiyati ushbu mavzu bo'yicha men o'z hisobotida moliyadan nazorat quroli sifatida foydalanishning ob'ektiv shart-sharoitlari va imkoniyatlarini, moliyaning nazorat funktsiyasi va moliyaviy nazoratni, moliyaviy nazoratning elementlarini, moliyaviy nazoratning turlari, shakllari va usullarini, moliyaviy nazoratni amalga oshiruvchi organlar, bozor sharoitida ular faoliyatini muvofiqlashtirish, joriy byudjet ijrosini nazorat qilishda g'aznachilik organlarining ahamiyati, g'aznachilik organlarining byudjet ijrosini amalga oshirishdagi dastlabki va joriy nazoratni amalga oshirish tartibini yoritishi lozim.
Byudjet mablag'laridan tejab, samarali va aniq maqsadlarda foydalanish hamda byudjet intizomini, shtat smeta intizomini mustahkamlash uchun byudjet tashkilotlari rahbarlarining mustaqilligini kengaytirish va mas'uliyatini oshirish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Byudjet tashkilotlarini mablag'bilan ta'minlash tartibini takomillashtirish to'g'risida"gi qaror qabul qilinishi bilan byudjetdan mablag'oluvchi tashkilotlarni mablag'bilan ta'minlash mexanizmini soddalashtirish va byudjet mablag'laridan foydalanishda yuqori natijalarga erishish, mavjud mablag'larni oqilona taqsimlash, davlat byudjeti hisobiga mablag'bilan ta'minlanadigan tarmoqlarda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, byudjet tashkilotlarini mablag'bilan ta'minlash mexanizmini takomillashtirish, byudjet tashkilotlari xodimlari mehnatini rag'batlantirish, ular faoliyati samaradorligini oshirish, kadrlarning o'rnashib qolishi uchun shart-sharoit yaratildi.
Mablag' bilan ta'minlash byudjet ijrosi jarayonida xarajatlar ro'yxati va smetasiga kiritiladigan o'zgarishlarni hisobga olgan holda tegishli yil uchun tasdiqlangan byudjet parametrlariga hamda byudjet tashkilotlarining xarajatlar smetalariga muvofiq tuzilgan byudjet xarajatlarining choraklar bo'yicha taqsimlangan yillik ro'yxatiga binoan amalga oshiriladi.
Byudjet tashkilotlarini respublika byudjetidan mablag' bilan ta'minlash O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida belgilangan shakldagi xarajat jadvallari va xarajatlarning har bir guruhi bo'yicha bir satrda mablag'o'tkazish uchun to'lov qog'ozi bilan rasmiylashtiriladi.
Mahalliy byudjetdan mablag'bilan ta'minlash tegishli moliya tashkilotlarida belgilangan shakldagi farmoyish bilan va xarajatlarning har bir guruhi bo'yicha bir satrda mablag'o'tkazish uchun to'lov qog'ozi bilan moliyalashtiriladi.
Ushbu mavzu bo'yicha joriy byudjet ijrosini nazorat qilishda g'aznachilik organlarining ahamiyati o'rganib chiqildi.
Davlatning ijtimoiy va iqtisodiy vazifalarini amalga oshirishda, birinchi navbatda, davlat mablag'larini taqsimlash va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishda davlat byudjetining ahamiyati beqiyosdir.
Davlat byudjetining kassa ijrosini samarali tarzda tashkil etish, davlat byudjeti mablag'larining tushumi va sarfi ustidan nazoratni yanada kuchaytirish, davlat byudjeti mablag'larini boshqarish orqali davlat byudjetining iqtisodiyotimizdagi rolini yanada kuchaytirish maqsadida Davlat byudjetining g'azna ijrosi tashkil etildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |