OLTINGUGURT IKKI OKSIDINI OLTINGUGURT UCh
OKSIDIGA OKSIDLANISh STATIKASI.
Bu yerda oltingugurt uch oksidini chiqishiga ta'sir etuvchi omillar o'rganiladi. Oksidlanish jarayoni quyidagi reaksiya bo'yicha ketadi:
SO2(g ) Q 0,5O2(g ) = SO3(g) Q Q16 (1)
Bu reaksiya gomogen, ekzotermik va amaliy qaytardir, hamda hajm torayishi bilan ketadi. SO2 ni SO3 ga oksidlanish jarayoni hajm torayishi va xarorati oshishi bilan ketganligi uchun Le - Shatele prinsipiga asosan, oltingugurt uch oksidini chiqishini oshirish uchun bosimni oshirib, temperaturani kamaytirish kerak. 400-7000S oralig'ida oltingugurt ikki oksidini oltingugurt uch oksidga oksidlanish reaksiyasining bosim domiyligidagi issiklik effekti QP quyidagi ko'rinishda bo'lishi mumkin:
QP = A - B T; yoki QP 1g'T (3)
ya'ni reaksiya issiqlik effekti temperaturaga teskari proporsional;
Reaksiyaning muvozanat domiysi KMD:
KMD = ___ RS03 _ = atm -0,5 = Pa-0,5; (4)
Pso2 *Po20,5
Bu yerdan: Kmd 1g't temperaturaga teskari proporsional.
LgKm.d.= AI VI; Bu yerdan Km.d 1 (5)
T T
Bu yerda:
T - temperatura, K; A, V, AI, VI – o'zgarmas miqdorlar;
RSO2, PO2, RSO3, - muvozanat sharoitidagi SO2, O2 va SO3 ulushli bosimlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |