Eramizning 500 yillari. Cho't (abak) – ipga tortilgan toshchalardan tuzilgan qurilma ixtiro qilindi.
Xorazmda 783 yilda tug'ilgan buyuk astronom, matematik va geograf Muhammad ibn Muso al-Horazmiy dunyoga keldi. Al-Xorazmiy qalamiga mansub 20 dan ortiq asarlarning faqat 10 tasigina bizgacha yetib kelgan. Bular arifmetika sohasi bo'yicha “Qo'shish va ayirish haqida qisqacha kitob”, geografiyaga oid ”Kitob surat-ul-arz asari va astronomiyaga oid: “Zij”, “Usturlab bilan ishlash haqida kitob”, “Ustulab yasash haqida kitob”, Ustulab yordamida azimutni aniqlash haqida”, “Kitob ar-ruhoma”, “Kitob at-ta’rix”, “Yahudiylarning taqvimi va bayramlarini aniqlash haqida risola” asarlaridir. Al-Xorazmiyning arifmetik rosolasi XII asrda Kastliya (Ispaniya)da lotin tiliga tarjima qilingan. Bu tarjimaning XIV asrda ko'chirilgan yagona nusxasi qo'lyozmasi Kembrij universitetining kutubxonasida saqlanmoqda. Risola “Dixit Algoritmi” iborasi bilan boshlanadi. Asarda Xorazmiy to'qqista hind raqamining sonlarini ifodalashda eng qulayligi va ular yordamida har qanday sonni qisqa, osonlik bilan yozish mumkinligini tushintirgan.
Al-Xorazmiy hind raqamlari asosida o'nlik (pozitsiyali) vaziyat tizimida sonlarning qanday yozilishini batafsil, juda tushunarli qilib bayon etgan. Ayniqsa, nol (0) ishlatishning ahamiyati haqida tushuncha berib, nolni yozmaslik natijaning xato chiqishiga olib keladi, degan.
Shuni eslatib o'zmoqchimiski, o'sha davrda butun Yevropa davlatlari tizimida faqat murakkab rim raqamlari ishlatilar edi. Al-Xorazmiyning yangi raqamlarni ishlatilishi metemetika, kibernetika kabi fanlarining rivojlanishiga asos bo'ldi, chunki bu yangi ixtiro matematika fanida ilk qadam bo'lib, yevropaliklargina emas, baiki butun jahonda boshqa fanlarni rivojlantirishga birinchi qadam, yo'llanma edi.
Xorazmiyning bu arifmetik risolasi XII asrdayoq ilk bor Seviliyalik (Ispaniya) Ioann tomonidan ozgina qo'shimchalar kiritilib nashr qilingan. Keyinchalik Yevropa olimlari Xorazmiyning bu asarini qayta-qayta ishlaganlar, u asosida darsliklar yozgalar. Bu darsliklar “Algoritm kitobi” (Al-Xorazmmiy kitobi) deya nomlangan. Yevropada va boshqa jahon davlatlarida hind raqamlari arablar (Al-Xorazmiy) orqali o'tganliklari uchun, ular “arab raqamlari” deyishadi.
Xorazmiy bu asari haqida shunday yozadi: “Men arifmetikaning oddiy va o'rta murakkab masalalarini o'z ichiga oluvchi “Aljabr va almuqobala hisobi haqida qisqacha kitob”ni taklif qildim. Chunki meros taqsimlashda, vasiyatnoma tuzishda, mol taqsimlashda, adliya ishlarida, savdoda, har qanday bitimlarda va yer o'lchash, turli kanallar o'tkazishda amaliy geometriya va boshqa shunga o'xshash turli ishlarda kishilar uchun bu zarurdir”. “Algoritm kitobi” bilan al-Xorazmiy nafaqat fan tarixidan abadiy o'rin oldi, “Algoritm” iborasi keyinchalik butun hisoblash tizimini avtomatlashtirishga olib keldi. Ya’ni algoritm deganda biror maqsadga erishishga yoki qandaydir murakkab masalani yechishga qaratilgan ko'rsatmalar (buyruqlar)ning aniq tushunarli, chekli hamda to'liq tizimi tushuniladi. Dastlab algoritm tushunchasi o'nlik sanoq tizimidagi solar ustida turli arifmetik amallar bajarish qoidalarini ifodalagan. Xorazmiyning algebraik risolasining to'liq nomi “Al-kitob al-muxtasar fi hisob al-jabr va al-muqobala”. Bu nomdagi “Aljabr” so'zi keyinchalik lotincha “algebra” bo'lib, Xorazmiy asos solgan yangi fanning nomi bo'lib qoldi. U kvadrat tenglamalar va boshqa tenglamalar turlarini aniq misollar bilan tushintirgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |