1. Energetik balans - energoresurslarning barcha turlari (yoqilg‘i, elektr, issiqlik
energiyasi va boshqalar) iste’moli bo‘yicha tuzilishi mumkin. Bunday balans
hisobiy yig‘ma (svadnoy) balans deb ataladi.
Hisobiy yig‘ma (svadnoy) energetikaviy balans – barcha turdagi energetik
resurslarning kirim va chiqim qismlarining tengligini ifodalab, ishlab chiqarish
sohalari yoki hududiy birlashmalar ob’ektlari uchun tuziladi.
Bir turdagi energetik resurslar uchun xususiy energetikaviy balans tuziladi.
Energetik balansning kirish qismi – barcha turdagi energetik resurslarni qazib
olish, ishlab chiqarish, tashqi iste’molchilardan tushadigan va o‘tuvchi qoldiq
YOER tuzilmasini xarakterlaydi.
Energetikaviy balansning sarf qismi – turli xil energetik resurslardan
foydalanish yo‘nalishi bo‘lib, bunda tashqi iste’molchiga chiqarilgan, qoldiq,
yo‘qotilgan energetik resurslar inobatga olingan holda tuzilishini xarakterlaydi.
Korxonada ishlab chiqarilgan va iste’mol qilingan hamda shu korxonada ushbu
energiya manbalari hisobidan foydalanishga yaroqli bo‘lgan ikkilamchi energetik
resurslar, energetik resurslar iste’molida inobatga olinmaydi, bunday holatda
energiyadan samarali foydalanish evazidan, korxonada energiya yo‘qotilishi
qisqaradi.
Energobalanslar tuzilishga ko‘ra: tajriba – energetikaviy va hisobiy turlarga
bo‘linadi.
Tajriba energetikaviy balans – statsionar yoki portativ o‘lchov vositalari
ko‘rsatkichlaridan foydalanib tuziladi. Hisobiy balans esa – texnologik, issiqlik
texnikaviy va boshqa hisoblar asosida tuziladi.
Mazmuniga ko‘ra iste’molchilarning energiya balansi sintetik va analitik
turlarga ajratiladi.
Sintetik balans – foydalanish yo‘nalishiga ko‘ra YOER umumiy taqsimoti va
iste’molini ifodalaydi.
Analitik balans – YOER ishlab chiqarish xarajatlarida energiyadan samarali
foydalanishni baholashda asoslangan (normativ) va YOER ishlab chiqarilmaganyo‘qotilishini tavsiflaydiEnergiya yo‘qotilishi bu - keltirilgan va foydali ishlatilgan energiyalar farqidir.
Energiya yo‘qotilishi 2 turga farqlanadi:
- ishlab chiqarishdagi yo‘qotilishlar – bu texnologik jarayon
takomillashganlik holatiga va normalangan energiya yo‘qotilishi.
- noishlab chiqarishdagi yo‘qotilish – energetik resurslarni qazish, tashish,
saqlash, o‘zgartirish va nihoyat iste’mol qilishda ishtirok etadigan jihozlarni
noto‘g‘ri ekspluatatsiya qilish natijasidagi yo‘qotilishlar.
Ishlab chiqarishdagi yo‘qotilishga umumiy zamonaviy energiya tejamkor
texnologik jarayonlarni hamda muqobil energiya manbalarini jalb etish orqali
erishish mumkin.
Noishlab chiqarishdagi yo‘qotishlar – energiya tejamkor texnologiyalar yoki
tashkiliy tadbirlar natijasida bartaraf etilishi mumkin.
YOER iste’molining energetik balansni tuzishdan maqsad – loyihalanadigan
ob’ektlarda energetik resurslar iste’molini aniqlash, YOER iste’mol qiladigan
texnologik qurilmalar, korxonalar, xalq xo‘jaligi sohasi, alohida region va
mamlakat miqyosida energetik resurslardan samarali foydalanishni baholash va
tahlil qilishdan iborat. Energetik balans YOER iste’molchilari uchun tuziladi
3. Sanoat korxonalarining (sanoat korxonalari alohida bo‘limlarining) umumiy
holdagi energetikaviy balansi tenglamasi quyidagicha ifodalanadi:
ΣQ i = ΣQ ifoy + ΣQ iyo‘q + ΣQ i.ch j (1)
i i j
bu erda Q i - ob’ektga keltirilgan i – turdagi energetik resurslar
energiyasi, KVt; Q i foydali - i – turdagi iste’mol qilingan energiya resurslar,
KVt; Q i yo‘q - i – turdagi energiya resurslarni yo‘qotilgan energiyasi, KVt; Q i.ch
j - j turdagi energetikaviy resurslardan ishlab chiqarilgan energiya, KVt (ikkilamchi
energetikaviy resurslarni ham inobatga olgan holda)
Texnologik jarayon xususiyatidan kelib chiqqan holda (1) tenglama paterial
balans tenglamasi bilan to‘ldirilishi kerak bo‘ladi.
Sanoat korxonalarining yillik faoliyati natijalariga ko‘ra:
-tashqi manbalardan YOER iste’molining jamlovchi balansi;
-energiya resurslarning alohida turlari bo‘yicha foydalanilgan va iste’molini
xususiy normativ-hisobiy balansi
-energiya resurslarining alohida turlari bo‘yicha yoqilg‘i-energetik resurslardan
haqiqiy foydalanilgan va iste’molini xususiy balansi.
CHetki manbalar hisobidan YOER yig‘ma iste’mol balansi statik hisobotlar
yuritiladi. Bu balansni tuzishda energiya resurslarning hisobi alohida hisoblagich
ko‘rsatkichidan olinadi. Energiya resurslar iste’moli natura ko‘rinishida (KVt.v,
Gkal, t, ming m 3 va boshqa ko‘rinishda) keltiriladi.
4. Balans inglizcha ‘muvozanat’ degan manoni bildiradi. Energetikaviy balans - energiyani saqlanish qonunining xususiy ifodasi
hisoblanadi.
Energetikaviy balans bu keltirilgan energiyadan foydalanishga sarflangan va
yo‘qotilgan energiyalar orasidagi tenglikda ifodalanadi.
Foydali energiya – energetikaviy jarayonni amalga oshirish yoki qayta ishlash,
o‘zgartirish, tashish hamda energetik resurslarni saqlash jarayonida talab etiladigan
zarur nazariy energiya miqdori hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |