Mavzu: BUDJETDAN TASHQARI MAQSADLI JAMG`ARMALARGA MAJBURIY TO`LOV VA AJRATMALAR HISOBI.
Reja:
Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armaiga to‘lovlar hisobi.
Respublika yo‘l jamg‘armasiga to‘lovlar hisobi.
3. Maktab ta’limini rivojlantirishga majburiy ajratmalarni hisobi.
Byudjetdan tashqari jamg‘armalari markaziy yoki mahalliy hokimiyat organlarining ixtiyorida bo‘lgan moliyaviy resurslar yig‘indisi bo‘lib, ular ma’lum maqsadga yo‘naltiriladi. Byudjetdan tashqari jamg‘armalar moliyaning muhim tarkibiy qismi hisoblanib, ularning shakllanishi va ishlatilish tartibi moliyaviy qonunchilik orqali tartibga solinadi.
Davlat byudjetdan tashqari jamg‘armalarni tashkil etish orqali o‘zining moliyaviy mablag‘laridan samarali foydalanishni ta’minlaydi. Amaliyotdan ma’lumki, faqatgina byudjet mablag‘lari yordamida u yoki bu ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarni hayotga tatbiq etish mushkuldir.
Pensiya jamg‘armai shakllanishining boshqa elementlari ham bor:
«Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining‘ 15- moddasiga muvofiq tayinlangan mehnatda jarohatlanganlik yoki kasb kasalligi oqibatida nogiron bo‘lganlarga pensiya to‘lash xarajatlarini qoplash uchun regress talablar (da’volar) bo‘yicha ish beruvchilar va fuqarolardan undiriladigan mablag‘lar;
«Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining 14- moddasiga muvofiq muddatidan oldin tayinlangan pensiyalarni to‘lash xarajatlarini qoplash uchun o‘tkaziladigan O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining Ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari;
«Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining 12-moddasiga muvofiq tayinlangan imtiyozli pensiyalarni to‘lash xarajatlarini qoplash uchun o‘tkaziladigan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar mablag‘lari;
Hisoblangan jarimalar summalari, qonun hujjatlariga muvofiq soliq organlarini rivojlantirish jamg‘armasiga undirilgan summalaridan tashqari, sug‘urta badallari va ajratmalarning o‘z vaqtida to‘lamaganligi uchun penyalar;
Yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy badallari;
Pensiya fondiga ajratmalarni hisobga olishda quyidagi schyotlardan foydalaniladi:
4520-«Davlat maqsadli fondlariga bo‘nak to‘lovlari»;
6520-«Davlat maqsadli fondlariga to‘lovlar».
4520-«Davlat maqsadli fondlariga bo‘nak to‘lovlari» schyotida korxona va tashkilotlar tomonidan Pensiya fondiga hisobot davrida o‘tkazib berilgan bo‘nak to‘lovlari hisobga olinadi.
Bu muomalaga quyidagicha provodka beriladi:
D-t 4520-«Davlat maqsadli fondlariga bo‘nak to‘lovlari»
K-t 5110-«Hisob-kitob schyoti»;
6520-«Davlat maqsadli fondlariga to‘lovlar» schyotida korxona va tashkilotlar tomonidan Pensiya fondiga to‘lanadigan ajratmalar haqidagi ma’lumotlar umumlashtiriladi. Pensiya fondiga ajratmalar hisoblanganida quyidagicha provodkalar beriladi:
Kapital qo‘yilmalar bo‘yicha sug‘urta to‘lovlari hisoblandi:
D-t 0810-0890;
K-t 6520-«Davlat maqsadli fondlariga to‘lovlar». Xarajatlarga tegishli sug‘urta to‘lovlari hisoblandi:
D-t 2010, 2310, 2510, 9420;
K-t 6520- «Davlat maqsadli fondlariga to‘lovlar».
Xodimning ish haqidan ushlanadigan sug‘urta to‘lovlari hisoblandi:
D-t 6710-«Xodimlar bilan mehnat haqi hisobidan hisoblashishlar»;
K-t 6520-«Davlat maqsadli fondlariga to‘lovlar».
Hisobot davri yakunida Pensiya fondiga ilgari to‘langan bo‘nak to‘lovlari yakuniy hisob-kitob qilish uchun 6520-«Davlat maqsadli fondlariga to‘lovlar» schyotiga o‘tkaziladi:
D-t 6520-«Davlat maqsadli fondlariga to‘lovlar»
K-t 4520-«Davlat maqsadli fondlariga bo‘nak to‘lovlari».
Shundan so‘ng Pensiya fondiga bo‘lgan qarz to‘lovlari o‘tkazib beriladi:
D-t 6520-«Davlat maqsadli fondlariga to‘lovlar»;
K-t 5110-«Hisob-kitob schyoti».
Do'stlaringiz bilan baham: |