Yillar
|
Erkaklar, %
|
Ayollar, %
|
Yoshi, %
|
25 dan 35 yoshgacha
|
35 dan 45 yoshgacha
|
45 dan 55 yoshgacha
|
55 dan 60 yoshgacha
|
60
yoshdan yuqori
|
2012
|
64,2
|
35,8
|
25,3
|
24,3
|
32,0
|
11,4
|
7,0
|
2013
|
67,4
|
32,6
|
26,1
|
24,8
|
29,0
|
12,0
|
8,1
|
Statistik ma’lumotlarga qaraganda, yuqoridagi auditorlarning eng ko’p qismi, ya’ni 9,6%idan ko`prog’i aprel oyida tug’ilgan va shu bilan birga, eng kam – 7,1%i dekabr oyiga to’g’ri keladi.
5-chizma. Auditorlarning jinsi va yoshi bo`yicha tasniflanishi13
Auditor malaka sertifikati mutaxassisning fotosurati yopishtirilgan maxsus blankda rasmiylashtiriladi va O‘zbekiston Respublikasining butun hududida yuridik kuchga egadir. Auditor malaka sertifikatini rasmiylashtirganlik va berganlik uchun da’vogar eng kam ish haqining bir baravari miqdorida (to‘lov kunida) yig‘imni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining maxsus hisobvarag‘iga to‘laydi. Auditor malaka sertifikati 5 yil muddatga beriladi. Auditor malaka sertifikati O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan imtihon komissiyasining bayonnomalari olingandan so‘ng 10 kunlik muddat ichida rasmiylashtiriladi va malaka sertifikatining egasiga yoki notarial tasdiqlangan ishonchnoma asosida boshqa shaxsga auditorlar reestriga imzo chektirib beriladi.
Agar da’vogar auditor malaka sertifikati rasmiylashtirilgan sanadan boshlab uch oy mobaynida uni olishdan ixtiyoriy ravishda bosh tortsa, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi auditor malaka sertifikatining amal qilishi tugatilganligi to‘g‘risida qaror qabul qilishga haqlidir. Auditor malaka sertifikatining egasi auditor malaka sertifikatining amal qilish muddati tugashidan uch oy oldin, biroq malaka sertifikatining amal qilish muddati tugashidan 6 oydan ilgari bo‘lmagan muddatda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda sertifikatning amal qilish muddatini uzaytirish to‘g‘risida ariza taqdim etadi:
anketa;
malaka sertifikatining asl nusxasi;
"Sertifikatlangan buxgalter-amaliyotchi (CAP)" yoki "Sertifikatlangan xalqaro professional buxgalter (CIPA)" sertifikatlash doirasida professional buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash dasturi bo‘yicha "Moliyaviy hisob" fanini muvaffaqiyatli topshirganligi to‘g‘risida hujjat va belgilangan tartibda malaka oshirish kurslarini tugatganligi to‘g‘risida guvohnomaning ushbu hujjatlarni bergan muassasa tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlangan yoki
notarial tasdiqlangan ko‘chirma nusxasi;
malaka sertifikatining amal qilishini uzaytirish uchun eng kam oylik ish haqining bir baravari miqdorida yig‘im to‘langanligi to‘g‘risida guvohlik beruvchi bank to‘lov hujjati.
Auditor malaka sertifikatining amal qilish muddatini uzaytirish ko‘rsatilgan talablarga rioya qilingan va auditor malaka sertifikatining egasi malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan taqdirdagina amalga oshiriladi. Auditor malaka sertifikatining amal qilish muddati auditor malaka sertifikati blankida ko‘rsatilgan amal qilish muddati tugagan sanadan uzaytiriladi. Malaka imtihonini topshirolmagan auditor malaka sertifikatining egasi malaka imtihonini takroran, biroq auditor malaka sertifikatining amal qilish muddatidan kechiktirmay malaka sertifikatining amal qilish muddatini uzaytirish uchun yig‘im to‘lashi sharti bilan topshirishga haqlidir.
Auditor malaka sertifikatining amal qilish muddati 5 yilga uzaytirilishi mumkin. Auditor malaka sertifikatining amal qilish muddatini uzaytirish belgilangan tartibda, ilgari berilgan auditor malaka sertifikati blankiga maxsus belgi qo‘yish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Malaka sertifikati blankining uning amal qilish muddatini uzaytirishga tegishli bo‘lgan rekvizitlari to‘ldirilgan taqdirda auditor malaka sertifikatining egasiga oldin berilgan raqam bilan yangi auditor malaka sertifikati beriladi. Oldin berilgan auditor malaka sertifikatining blanki yo‘q qilinadi. Familiyasi (ismi, otasining ismi) yoki pasport ma’lumotlari o‘zgargan taqdirda auditor malaka sertifikatining egasi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga auditor malaka sertifikatini qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida darhol ariza topshirishi, unga qayta rasmiylashtiriladigan auditor malaka sertifikatini va tegishli o‘zgartishlarni tasdiqlaydigan hujjatlarning asl nusxalarini ilova qilishi shart. Auditor malaka sertifikatini qayta rasmiylashtirish auditor malaka sertifikatining egasi tegishli arizani topshirgan kundan boshlab 5 kun mobaynida amalga oshiriladi, bunda auditor malaka sertifikatining yangi blanki ilgari berilgan raqam va ilgari belgilangan amal qilish muddati bilan beriladi, ilgari berilgan auditor malaka sertifikatining blanki yo‘q qilinadi. Auditor
malaka sertifikatini qayta rasmiylashtirganlik uchun eng kam oylik ish haqining 25 foizi miqdorida yig‘im undiriladi. Yo‘qolgan yoki yaroqsiz holga kelgan auditor malaka sertifikatining o‘rniga auditor malaka sertifikati egasining arizasiga ko‘ra dublikat berilishi mumkin. Auditor malaka sertifikatining egasi matbuotda auditor malaka sertifikatining yo‘qolgani haqida e’lon berishi va e’lon tasdig‘ini O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etishi shart. Auditor malaka sertifikatining dublikati o‘sha raqam bilan va ilgari belgilangan amal qilish muddatda beriladi, auditor malaka sertifikatining yangi blankida albatta "Dublikat" deb yozib qo‘yiladi. Yaroqsiz holga kelgan auditor malaka sertifikati O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga qaytarilishi va yo‘q qilinishi kerak. Dublikat berilgani uchun eng kam oylik ish haqining 50 foizi miqdorida yig‘im undiriladi.
Auditor malaka sertifikatining amal qilishini tugatish uchun quyidagilar asos bo‘lib hisoblanadi:
auditorning arizasi;
auditorlik tekshiruvi davomida auditor olingan ma’lumotlarni auditorlik tekshiruvi buyurtmachisining ruxsatisiz uchinchi shaxslarga berishi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan xollar bundan mustasno;
auditorlik faoliyatini amalga oshirayotganda qonun hujjatlari talablarini muntazam yoki bir marta qo‘pol ravishda buzganlik;
auditorlik tekshiruvi o‘tkazishda aniqlangan, xo‘jalik yurituvchi sub’ektning buxgalteriya hisobi yuritish, shuningdek moliyaviy hisobotni tuzish bo‘yicha belgilab qo‘yilgan talablarni buzish faktlarining auditor tomonidan yashirganlik;
auditorlik faoliyatida uch yil davomida ishtirok etmaslik;
auditorning malaka sertifikati boshqa shaxsga topshirilgan bo‘lib, mazkur shaxs ushbu hujjatni auditorlik faoliyatida ishtirok etish uchun o‘z nomidan foydalanish maqsadida ishlatganlik faktining aniqlanganligi;
sudning muayyan lavozimlarni egallash yoki moliya-xo‘jalik munosabatlari sohasida muayyan faoliyat bilan shug‘ullanish huquqidan maxrum qilish tariqasidagi jazoni nazarda tutuvchi hukmining qonuniy kuchga kirganligi;
fuqaroni belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topish to‘g‘risidagi sud qarori.
Bunda auditor malaka sertifikatining amal qilishini tugatish uchun asos bo‘lib hisoblangan auditorlik faoliyatini amalga oshirayotganda qonun hujjatlari talablarini bir marta qo‘pol ravishda buzish deb quyidagi holatlar tan olinadi (6- chizma):
Do'stlaringiz bilan baham: |