Xulosa 61
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 65
Ilovalar 68
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Ma’lumki, Global jahon iqtisodiyotida hali beri saqlanib qolayotgan jiddiy muammolarga qaramasdan, 2013 yilda O‘zbekiston o‘z iqtisodiyotini barqaror sur’atlar bilan rivojlantirishni davom ettirdi, aholi turmush darajasini izchil yuksaltirishni ta’minladi, dunyo bozoridagi o‘z pozitsiyasini mustahkamladi.
Bu davrda 2012 yilga qaraganda: "Mamlakatimiz yalpi ichki mahsuloti 8 foizga o‘sdi, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 8,8 foizga, qishloq xo‘jaligi – 6,8 foizga, chakana savdo aylanmasi – 14,8 foizga oshdi. Inflyatsiya darajasi prognoz ko‘rsatkichidan past bo‘ldi va 6,8 foizni tashkil etdi"1. Bundan ko‘rinib turibdiki, makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiyotning mutanosibligi ta’minlandi.
Mamlakatimizda auditorlik faoliyatining rivojlanishi ancha murakkab va qiyin, ko‘plab jihatlari bo‘yicha esa sust hamda ziddiyatli kechmoqda. Bunday holatning sabablari auditorlik firmalarida buxgalteriya hisobining nazariy masalalari, huquqiy-me’yoriy hamda tizimli tartibga solishning boshqa imkoniyatlari yetarli darajada amaliyotda ishlatilmayapti. Hozirgi kunda xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar moliya-xo‘jalik faoliyatining moliyaviy hisobotlarda aks ettirilgan natijalarni baholash masalalariga yangicha, zamonaviy yondashuv uslublari juda ham zarur. Bu mavjud nazariy, tashkiliy - huquqiy asoslari va amaliy muammolar bo‘yicha auditorlik faoliyatining sifatini oshirish, hamda Respublikamizda tashqi va ichki audit tekshiruvlarini zamonaviy darajada tashkil qilish va uni rivojantirish borasida chuqur tadqiqotlar o‘tqazishni taqozo etmoqda. Bir tomondan, auditorlik faoliyatining xalqaro tajribalariga tizimli yondashish, ularni chuqur tahlil qilish, boshqa tomondan bozor iqtisodiyotining jahon ham jamiyatida e’tirof etilgan o‘zbek modelining xususiyatlari to‘g‘risidagi bilimlarimizdan maksimal foydalangan holda, iqtisodiyotni erkinlashtirish
"2014-yil yuqori o‘sish sur’atlari bilan rivojlanish, barcha mavjud imkoniyatlarni safarbar etish, o‘zini oqlagan islohotlar strategiyasini izchil davom ettirish yili bo‘ladi" nomli O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning mamlakatimizni 2013-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2014-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi. 22-yanvar 2014-yil. T.: "O‘zbekiston".
sharoitida moliyaviy hisobot axborotlaridan foydalanuvchilar uchun nazoratning maxsus tashkiliy shakli – auditni istiqbolli rivojlantirish zarurligi ayon bo‘lmoqda. Bular o‘z navbatida mavzuning dolzarbligini belgilaydi.
Xozirgi paytda auditorlik kasbi, dunyoda eng obro‘li va eng daromadli kasblardan biriga aylandi. Shuning uchun hisob-kitob sohasida ma’lum bilim va tajribaga ega bo‘lgan va hatto ega bo‘lmagan mutaxassislar ham shu faoliyat yo‘nalishida o‘z kuchlarini sinab kurishga harakat qilmoqdalar. Lekin shu bilan birgalikda bu faoliyat yo‘nalishi o‘ta nozik va tavakkalchilik darajasi yuqori bo‘lgan ishlardan biri hisoblanadi. Chunki sifatsiz tarzda ko‘rsatilgan auditorlik xizmati shu ishni amalga oshirgan kimsaga juda sezilarli ma’naviy va moddiy zarar etkazishi va hatto ozodlikdan mahrum qilish jazosigacha olib borishi mumkin. Yuqorida keltirib o‘tilgan fikrlar auditorlik kasbiga malakaviy talablar va auditorlik faoliyatini litsenziyalashni takomillashtirish mavzusining dolzarbligi va ahamiyatli ekanligini hamda bitiruv malakaviy ishi ob’ekti sifatida to‘g‘ri tanlanganligini e’tirof etish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |