a). Bank kreditlari bo‘yicha hisob-kitoblar auditi.
Bank kreditlarini jalb qilish iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishning qo‘shimcha manbalaridan hisob-lanadi.
Korxonalar bilan bank o‘rtasidagi kredit munosabatlari tomonlarning o‘zaro majburiyatlari va mas’uliyatlarini belgilaydigan, kredit shartnoma-lariga asosan tartibga solinadi.
Tekshiruv chog‘ida auditor kredit shartnomalarining haqiqatda mav-judligini, ularning O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi va boshqa tegishli me’yoriy hujjatlarning talablariga javob berishini aniqlaydi.
O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik Kodeksiga muvofiq kredit shartnomalari kredit munosabatlarini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan banklar yoki boshqa kredit tashkilotlari bilan tuziladi.
Auditor shartnomalarni tahlil qilib, ularda quyidagi masalalar o‘z aksini topganligini aniqlaydi:
kredit berishning maqsadi;
kredit muddatlari;
kreditni berish va qaytarish tartibi hamda shartlari;
majburiyatlarni ta’minlash shartlari;
foiz stavkalari, foizlarni to‘lash tartibi va muddatlari;
kreditni berish va qaytarish bo‘yicha tomonlarning majburiyatlari, huquqlari va mas’uliyatlari;
bankka taqdim qilinadigan hujjatlar ro‘yxati va taqdim qilish mud-datlari;
boshqa shartlar.
Auditor kreditlarning maqsadga muvofiq sarflanishini va ssuda qarz-larini qaytarish tartibini (pul mablag‘lari ko‘rinishida, veksel berish yo‘li bilan, o‘zaro qarz surishish orqali) aniqlashi kerak. Kreditlarni qaytarish-ning to‘liqligi va o‘z vaqtidaligini auditor bank ko‘chirmalari bo‘yicha tekshiradi.
7810-«Uzoq muddatli bank kreditlari» schyoti bo‘yicha uzoq muddatli kreditlarning qaytarilishigacha 12 oy to‘lmasdan, hisobot tuzishda qaytarilmagan qoldiq qisqa muddatli qarz tarkibida ko‘rsatiladi.
Auditor kreditlar bo‘yicha muddati o‘tib ketgan qarzlar mavjudligini tekshiradi, o‘z vaqtida qaytarilmaslik sabablarini va ularni qaytarish uchun qanday choralar ko‘rilayotganligini aniqlaydi. Bunda bank ssudalari bo‘-yicha muddati o‘tib ketgan qarzlar mavjud bo‘lganida kreditlar uchun foiz stavkalarining qanday ko‘tarilib borganini aniqlashi zarur. Chunki bu kor-xona daromadlariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. 6810-«Qisqa muddatli bank kreditlari» yoki 7810-«Uzoq muddatli bank kreditlari» schyotlari bo‘yicha 5110-«Hisob-kitob schyoti», 5210-«Mamlakat ichidagi valuta schyotlari» bilan bog‘langan debet yozuvlarini tahlil qilib, auditor olingan kredit-larning o‘z vaqtida qaytarilishini tekshiradi.
Amaliyotda auditor ayrim kreditlarning muddati, bir yoki bir necha marta o‘zaytirilganligini uchratishi mumkin. Bunday hollarda auditor kreditlarni o‘z vaqtida qaytarish imkoniyati haqida va ko‘rilgan zararlar-ning hajmi to‘g‘risida fikr bildirishi lozim.
Auditor kreditlarning qaytarilishi ta’minlanganligi masalalariga ham e’tibor qaratishi zarur. Kafillik, kafolat xati, qimmatli qog‘ozlar, tovarlar va boshqa mulklarni garovga qo‘yish kredit ta’minotining asosiy turlaridir. Shulardan garov to‘g‘risidagi shartnomalar keng tarqalgan. Bunda quyida-gilarni tekshirish zarur: garov to‘g‘risidagi shartnomaning haqqoniyligi, uning yuzaki tuzilmaganligi, unda garovga qo‘yilgan mulklarning qancha-lik aniq ko‘rsatilganligi va hokazo.
Do'stlaringiz bilan baham: |