Hisob-kitoblar auditi


Bank kreditlari va bankdan tashqari olingan qarzlar bo‘yicha hisob-kitoblar auditi



Download 69,5 Kb.
bet3/4
Sana18.07.2022
Hajmi69,5 Kb.
#818670
1   2   3   4
Bog'liq
IJTIMOIY SUG‘URTA VA TA’MINOTGA DOIR

11. Bank kreditlari va bankdan tashqari olingan qarzlar bo‘yicha hisob-kitoblar auditi
Bank kreditlari va qarzlar hisobini auditorlik tekshiruvidan o‘tkazish-dan maqsad korxonaning olingan kreditlar va boshqa qarz mablag‘larini aks ettiruvchi hisobot ko‘rsatkichlarining ishonchliligi to‘g‘risida yetarli dalil-isbotlarga ega bo‘lishdan iborat.
Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagilar tekshirilishi kerak:



  1. kreditlar va qarzlarning haqqoniyligi hamda hujjatlashtirilganligini;

  2. kreditlar va qarzlar olinishining asoslanganligini aniqlash (qarz mablag‘larining olingan manbalari);

  3. qarz mablag‘lardan maqsadli foydalanish va ularni to‘liq hamda o‘z vaqtida qaytarish (qarz mablag‘lari qaysi maqsadlar uchun ishlatilgan, kreditlar va qarzlar bo‘yicha qarzdorlik qanday qaytarilmoqda, muddati uzaytirilgan qarzdorlik mavjudligi);

  4. qaytarilmagan kreditlar va qarzlarning qoldiqlari hamda ular bo‘yicha foizlar to‘lanishini baholash (kreditlar bo‘yicha foizlarni hisobga olish, mulklarni baholash va moliyaviy natijalarni shakllantirishga foiz-larning ta’siri va h.k.);

  5. kreditlar va qarzlar bo‘yicha sintetik hamda analitik hisobning yuri-tilishini tekshirish (kreditlar va qarzlarni hisobga oladigan schyotlarning qo‘l-lanilishi, qarz mablag‘larini olish va qaytarish muomalalarini aks ettirish, mo-liyaviy natijalarni shakllantirish tamoyillariga rioya qilinishi).

Auditorlik dalil – isbotlarga ega bo‘lish uchun turli usullar (hujjatlarni tekshirish, muomalalarni ko‘rib chiqish, o‘z mablag‘lari bilan qarz mab-lag‘larning nisbatini aniqlash maqsadida analitik amallarni bajarish) va ax-borot manbalaridan foydalaniladi.


Auditor korxonaning moliyaviy hisoboti bo‘yicha kredit layoqatini ham qisqacha tahlil qilishi zarur.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonaning kredit layoqatini tahlil qi-lish uchun mamlakatimiz iqtisodchi olimlari I.Abdukarimov, E.Akromov, E.Ergeshov, M.Pardayev, N. Xasanov va S. Najmiddinovlarning asarlari-dan foydalanish tavsiya etiladi.
Bank kreditlari va qarzlarni auditorlik tekshiruvidan o‘tkazishda quyi-dagi ma’lumot manbalaridan foydalaniladi:



  1. bank kreditlari va qarz olish masalalarini, buxgalteriya hisobini va soliqqa tortish muomalalarini tartibga soladigan me’yoriy hujjatlar;

  2. bank kreditlari va qarzlar bo‘yicha muomalalarni rasmiylashtirish va hisobda aks ettirishga doir shartnomalar va dastlabki hujjatlar. Bularga: kredit shartnomalari va qarz shartnomalari, kreditlar bo‘yicha foiz stavkalarining o‘zgarishi to‘g‘risida kredit shartnomalariga qo‘shimcha qilinadigan bitimlar, kreditni qaytarish muddatlari, kredit shartnomalari-ning boshqa shartlari, korxona shaxsiy schyotlarining kredit va qarzlar harakatiga doir bank ko‘chirmalari, kredit shartnomasiga muvofiq qaytari-ladigan kredit va foiz summalarining akseptsiz (roziliksiz) hisobdan o‘chi-rilishini tasdiqlaydigan memorial-orderlar kiradi.

Yuqorida ko‘rsatilgan muomalalarni hisobda aks ettirishga doir sin-tetik va analitik hisob registrlari hamda buxgalteriya hisobotlari puxta tek-shiruvdan o‘tkaziladi. Mazkur sohani tekshirish uchun zarur axborotlar moliyaviy hisobotning quyidagi shakllarida aks ettiriladi: buxgalteriya ba-lansida (I-shakl) (balans passividagi II-«Majburiyatlar» bo‘limining «Uzoq muddatli bank kreditlari» (570 satr), «Uzoq muddatli qarzlar» (580 satr), «Qisqa muddatli qarzlar (740 satr) moddalari); Moliyaviy natijalar to‘g‘-risidagi hisobot»(2-shakl)da («Foiz ko‘rinishidagi xarajatlar» (180 star), «Valuta kursai farqidan daromadlar» (150 satr), «Foiz shaklidagi xarajat-lar» (180 satr) modjdalari; «Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot»da (4-shakl) («Olingan va to‘langan foizlar» (110 satr), «Uzoq va qisqa muddatli kre-ditlar va qarzlar bo‘yicha pul tushumlari va to‘lovlari» (150 satr);
«Investitsion faoliyatning sof pul kirimi va chiqimi» (100 satrq 060 satr ± 070 satr ± 080 satr ± 090 satr) (agar ushbu maqsadlar uchun kredit-lar va qarzlar jalb qilingan bo‘lsa).
Bularni tekshirish uchun auditorga korxonada qo‘llanilayotgan bux-galteriya hisobi shakliga xos quyidagi sintetik va analitik hisob registrlari taqdim qilinadi:
agar jurnal-order shakli qo‘llanilsa, 4 va 12 jurnal-orderlar;

  1. agar hisob ishlari kompyuterlashtirilgan bo‘lsa, 6810, 6840, 7810, 7820, 7830, 7840 - schyotlar bo‘yicha kompyuter shakllari, analitik vedomostlar va Bosh daftar.

Tekshiruvning ushbu sohasiga kirishishdan oldin auditor kredit va qarz shartnomalari o‘rtasidagi asosiy farqlarni bilishi lozim.
№ 21 - BHMS ga muvofiq kredit va qarzlardan foydalanganlik uchun to‘lanadigan foiz to‘lovlari moliyaviy faoliyatga doir chiqimlar tarkibida hisobga olinishi, ya’ni moliyaviy natijalarga - 9610 «Foiz ko‘rinishidagi xarajatlar» schyotining debetiga olib borilishi, soliqqa tortish maqsadida esa foyda solig‘i bo‘yicha qonunchilik talablariga muvofiq hisobga olinishi lozim.
Uzoq muddatli aktivlarni sotib olish uchun olingan kreditlar va qarzlar bo‘yicha foizlarni to‘lashga doir xarajatlar «Xarajatlar tarkibi …. to‘g‘-risidagi Nizom»ga va №5 -«Asosiy vositalar» nomli BHMSga muvofiq obyektning dastlabki qiymatiga qo‘shilishi, ular hisobga qabul qilingani-dan so‘ng to‘langan foizlar esa, umumiy tartibda 9610- schyot debetiga o‘tkazilib hisobdan o‘chiriladi.

Foizlarni hisobga olishning shunga o‘xshash tartibi ishlab chiqarish zaxiralari sotib olish uchun olingan qarz mablag‘lari bo‘yicha ham qo‘l-laniladi. № 4 -«Tovar-moddiy zaxiralar» nomli BHMSga muvofiq korxo-nalar kredit uchun to‘lovlarga doir xarajatlarni, agar bular sotib olish bilan bog‘liq bo‘lsa, moddiy ishlab chiqarish zaxiralarining haqiqiy tannarxiga qo‘shiladi. Bu tartibga sotib olingan tovar moddiy zaxiralarni omborga kirim qilinishiga qadar rioya qilinadi, undan so‘ng esa foizlar odatdagi tar-tibda hisobga olinadi.


Kredit va qarzlarni hisobga olishning tashkil etilishini tekshirishda auditor olingan kreditlar bo‘yicha qoldiqlar qanday baholanayotganligini ham aniqlashi zarur.

Download 69,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish