[7]
O‘quvchiga yanada tushunarliroq bo‘lishi uchun mualliflar tomonidan mazkur o‘n ikki shart va to‘qqiz muhaddisning hadis olishda ushbu shartlarga amal qilish darajasining qiyosiy tahlili jadval ko‘rinishida tayyorlandi. Shuni alohida ta'kidlash lozim, bu jadvalda ulamolarning nisbiy qarashlari jamlanib, yagona bir ko‘rinishga keltirilgan xolos[8]. Boshqa tadqiqot va dalillar sababli jadvalda keltirilgan muhaddislarning hadis qabul qilishdagi sahihlik shartlariga amal qilish holatlari o‘zgarishi mumkin.
Tadqiqotlarimiz natijasi hadis to‘plamlari sahih deb tan olingan to‘qqiz muhaddisdan faqat Imom Buxoriy mana shu o‘n ikki shartga qat'iy amal qilganligini ko‘rsatadi. Ya'ni, hadis sanadi va matni mana shu shartlarga to‘liq javob bersa u hadis Imom Buxoriy nazdida sahih hadis hisoblangan. Imom Muslim sahihlikning ushbu shartlarini o‘n bittasiga qat'iy amal qilgan, ya'ni sahihlikning o‘n bir shartiga javob bergan hadis sanadi va matni u kishining nazdida sahih sanalgan. Masalan; Bir shaharga shayx (hadis rivoyat qiluvchi ustoz)lardan birortasi kelib dars tashkil qilib biror hadis aytsayu, tinglaganlardan biri u hadisni shu shaharda istiqomat qiluvchi, ammo o‘sha darsda bo‘lmagan bir do‘stiga aytsa, u hadisni eshitgan darsda hozir bo‘lmagan uchinchi shaxs o‘sha hadisni shayxdan rivoyat qilsa bu hadis jadvalga ko‘ra Imom Buxoriyda bu hadis sanadi muttasil (sanadi bog‘langan) sanalmaydi, imom Muslim va boshqa ayrim muhaddislar nazdida bu hadisning sanadi muttasil deb qaraladi[9].
Imom Abu Dovud nazdlarida ushbu shartlarning to‘qqiztasi qaysi bir hadisda topilsa o‘sha hadis sahih deb sanalgan.
Imom Termiziy nazdlarida esa hadis sahih bo‘lishi uchun o‘nta shart topilishi lozim bo‘lgan[10] va shu sababli ham ayrim hadis ulamolari imom Termiziyning «Sunan» hadis to‘plamini imom Abu Dovudning «Sunan»idan ustun qo‘yishadi.
Alohida ta'kidlab o‘tish lozim bo‘lgan so‘zlarimizdan biri, bu imom Molik va imom Ahmad rohmatullohi alayhlarning hadis qabul qilishdagi shartlari boshqa muhaddislarnikidan kamligidir. Ammo bu ularning hadis to‘plamlariga kiritgan hadislari sahihlik darajasidan past ekanligini anglatmaydi, chunki buning bir necha ijobiy sabablari mavjud. Shulardan; eng avvalo ushbu muhaddislarning shartlari haqida bizdagi ma'lumotlarning ozligi va borlari ham ehtimoliy ekanligidir. Shu jumladan, ular yashagan davrning Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam zamonlariga yaqinligi, hadis yetib kelishda muhaddis bilan Nabiysollallohu alayhi va sallam o‘rtasida roviylar ozligi va yana bir qancha sabablar borki, hatto u sabablar bilan mazkur muhaddislarning hadis to‘plamlaridagi keltirgan hadislari sanadi oliy sanadga ko‘tarilishi ham mumkin.
Imom Buxoriy hadislarni sahih deb qabul qilishda mana shu o‘n ikki shartga qat'iy amal qilgan va shu sababli ham butun dunyo olimlari tomonidan ul zotning hadis to‘plamlari mutlaq sahih hadislar deb e'tirof etilgan. Hatto ba'zi ulamolarImom Buxoriyning hadislarni qabul qilishdagi sahihlik shartlarini o‘n beshtaga yetkazishgan. Ushbu tadqiqotlarimiz natijalariga asoslanib Imom Buxoriyning «al-Jomiʼ as-sahih» hadis to‘plamidagi hadislarining sahihlik darajasi boshqa muhaddislarning sahih hadislaridan ustun ekanligini aytishimiz mumkin bo‘ladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.
Xolid Mansur Abdulloh ad-Daris. Mavqifu al-iamayni al-Buxoriy va Muslim min ashroti-l-liqyaa va-s-simo‘. –B 272.
Mahmud Tohhan. Taysiyru mustolahu-l-hadis. Maktabatu-l-ma'orif. Riyoz 2010. –B44.
Al-Kattoniy. Ar-Risolatu al-mustatrifa. 1-juz.
Hofiz al-Iroqiy. At-Taqyidu va-l-iyzoh. 1-juz.
Abu Fazl Muhammad ibn Tohir. Shurutu-l-aimmati-s-sitta va yalihi shurutu aimmati-l-
Do'stlaringiz bilan baham: |