Tabiiy resurslari
Hindiston tabiiy resurslari bo`yicha dunyodagi eng boy mamlakatlardan biri hisoblanadi. Bu yerda ko`mir – Sindiri, Durgapur, Vidjayavada, Neyveli, Nagpur, Korba (jahon qazilma boyliklarining 4/1 qismi) shaharlarida; temir rudalari – Rourkela shahri yaqinida, Marmagan, Mangaluru, Bxilai, Bayladila shaharlari yaqinida; marganes rudalari – Balagxat, Rourkela shaharlari; tilla, neft va gaz - Digboy, Bombay – Xay, Ahmadobod, Ankleshvar; alyuminiy rudalari – Amarkantak, Kalpakkam, Jabalpur, Sangraul, Mitxapur; polimetall rudalari – Udaypur; xrom rudalari – Mangaluru, Kalkutta shahri yaqinida; osh tuzi – Mitxapur shahri yaqinida, Vadodara shahri yaqinida; slyuda – Jaypur va Udaypur shaharlari orasida, Chittaranjar; olmos – Panna; uran rudalari – Bixar shtatida, Jamshedpur shahri yaqinida; fosforitlar – Udaypur; grafit – Balangir; mis rudalari – Jamshedpur, Kxetri; magnezit – Xardvar, Kalpakkam va Kayamputtur shaharlari orasida.
Hindistonda IES lar – Dehli, Bokaro, Ranchi, Ahmadobod, Trivandram, Neyveli, Madras, Vidjayavada,Trombey, Vadodara shahri yaqinida, Satpura, Nagpur, Ganga daryosi yonida, Xaura, Sindri shaharlarida joylashgan. GES lar – Dexar, Bxakra, Nangal, Bokaro, Narmada daryosi yaqinida, Xirakud, Vishakxapatnam, Kayamputtur, Alvae, Kochin, Koyna. AES lar – Ranapratapsagar, Tarapur shaharlarida joylashgan.
Sanoati
Hindistonda jami ishda band aholining atigi 1/5 qismi sanoatda ishlaydi. Hindistonda an`anaviy yengil va oziq – oqat sanoati mamlakatidan tobora zamonaviy og`ir sanoat tarmoqlari mamlakatga aylanib bormoqda. Hindistonning g`arbida asosiy e`tabor yengil sanoatga qaratiladi, uning asosi shaxsiy biznes. G`arbda 1950 – yildan boshlab og`ir va ishlab chiqaruvchi sanoat rivojlana boshlagan (matallurgiya va ko`mir qazish). Bu soxa keyinchalik raqobatni ko`taraolmay o`z rivojlanishida to`xtab qolgan. Milliy sanoatning bunday holatga tushib qolganligining sababi 1950 – yildan boshlab sanoatda izolyatsion va faqat o`z kuchiga ishonadigan siyosatdur. Bu siyosatning oqibati Hindistonning umumiy va texnologik qoloqligdadir.
Hindistonning yrngil sanoati kasbchilikda idish tovoq, kiyimlarni ishlab chiqarish bilan ko`rsatilgan. Mustamlakachilik davridayoq Hindistonda to`qimachilik sanoati yuqori darajada rivojlangan edi.
Hozirgi kunda Hindistonda yengil, mashinasozlik va metallni qayta ishlash, kimyo, oziq – ovqat, neftni qayta ishlash, rangli matallurdiya, qora metallurgiya sanoatlari rivojlangan. Iqtisodiyotning asosini esa metallurgiya, mashinasozlik va kimyo sanoatlari egallamoqda.
Hindistonda Rixand – Singrauli yoqilg`i – energetika majmuasi, Bixilai, Bokaro, Visakxapatnam qora metallurgiya kombinatlari, Chittaranjan, Ranchi,Xardvar og`ir mashinasozlik zavodlari, Barauni va Sindr neftni qayta ishlash zavodlari joylashgan. Bunday yirik korxonalar, ayniqsa, “Hindiston Ruri” deb ataladigan Damodar vodiysi bo`ylab keng tarqalgan.
Hindistonda yengil sanoat – Amritoar, Dehli, Jaypur, Kanpur, Lanxnau, Agra, Kalkutta, Visakxapatanam, Ollohobod, Ahmadobod, Trombey, Xaydarobod, Xaura, Kayamputtur, Maduray, Tuttukuddi, Solapur, Indaur, Vadodara shaharlarida rivojlangan.
Mashinasozlik va metallni qayta ishlash sanoati – Amritoar, Dehli, Jaypur, Kanpur, Lanxnau, Agra, Ahmadobod, Kalkutta, Xaura, Ollohobod, Ahmadobod, Trombey, Xardvar, Bombay, Puna, Xaydarobod, Chittaranjar, Ranchi, Jamshedpur, Varanasi, Baxopal, Indaur, Vadodara – shaharlarida rivojlangan.
Oziq – ovqat sanoati – Darjiling, Gorakxpur, Kalkutta, Mangaluru – shaharlarida rivojlangan.
Rangli metallurgiya – Sangraul, Korba, Xirakud, Alvae, Udaypur, Xauro - shaharlarida rivojlangan.
Kimyo sanoati – Nangal, Dehli, Kanpur, Varanasi, Sindri, Xauro, Kalkutto, Visakxapatanam, Vidjayavada, Xaydarobod, Neyveli, Kayamputtur, Banglaor, Tuttujuddi, Kochin, Alvae, Mangaluru, Bombay, Trombey, Mitxapur, Vadadara, Koma, Ahmadobod shaharlarida rivojlangan.
Neftni qayta ishlash - Trombey, Mathura, Digboy, Guvaxati, Kochin, Visakxapatanam shaharlarida rivojlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |