Tabiiy geografik o`rni
H indiston Respublikasi Osiyoni janubida joylashgan davlat. Umumiy yer maydoni – 3287590 kv. km. Quruqligi maydoni – 2973190 kv.km, daryo va ko`llar maydoni – 314400 kv.km. Hududi asosan, ulkan uchburchak shaklida bo`lgan yarimorollarda joylashgan, u shimoldan janubga 3,2 ming km., g`arbdan sharqqa 2,9 ming km. masofaga cho`zilgan. Hindiston Pokiston, Tojikiston, Xitoy, Nepal, Butan, Myanma, Bangladesh davlatlari bilan chegaradosh. Hindistonni g`arbdan – Arab dengizi, sharqdan – Bengal qo`ltig`i, janubdan – Hind okeani yuvib turadi. Uni tarkibida 28 ta shtat va 7 ta birlashgan territoriyalar bor. Hozirgi Hindistonda 4 mingdan ortiq shaharlar bor. Ularning 300 dan ortig`i yirik shaharlardir. Millioner shaharlarning soni 23 ta. Bular orasida Mumbay (Bombay) va Kalkutta shaharlari aholisi 12,6 va 11,0 mln. ga to`g`ri keladi va ular jahonning eng ulkan shaharlari hisoblanadi. Poytaxti Dehli. Pul birligi – rupiya. Hindistonni katta qismini Dekan quyi tog`I, shimolda – Hindo-Gang tekisligi va dunyoning eng baland tog`i - Himolay (balandligi - 8126 m. Nangoparbat shr.) va Karako`rum egallaydi. Ob – havosi tropik shimolda – tropik musson.
Davlat tuzumi
Hindiston federativ respublika. Do`stonalikka kiradi. Davlat boshlig`i – president Klaom Abdul. Hamkasblari uni “200% hind” deb atashadi. U davlat tepasiga chiqqanidan so`ng, yurtini rivojlanish darajasini yuqori pog`onalarga chiqishiga juda katta hissa qo`shmoqda. Kalom Abdul 1931 – yil 15 – oktyabrda tamil oilasida dunyoga kelgan. U yoshligidan kitob o`qishga qiziqqan. U Texnologiya Universitetini bitirgan. Qonun chiqaruvchi organ – ikki palatali parlament.
Aholisi
E tnik tarkibi: Hindistonda bir necha yuz millat, xalq va qabilalar mavjud. Bu yerda millatlar qabilalar bo`lib yashashadi. Aholisi soni 1 mlrd kishi (2000 y.). Aholi soni Xitoydan keyin ikkinchi o`rinda turadi. Agar aholising hozirgi o`sish sur`atlari saqlanib qolsa, BMT hisobi bo`yicha , 2025 – yilda 1,4 mlrd. kishiga yetadi. Hindiston aholisining o`rtacha zichlik ko`rsatkichlari juda yuqori – 1 km2 maydonga 330 kishidan to`g`ri keladi. Shu sababli Hindistonda aholi o`sishining sekinlashishiga xizmat qiladigan demografik siyosatni olib borishga to`g`ri keldi. Hozir mamlakat aholisining 26% shaharlarda yashaydi. Hindiston ko`p millatli davlatdir; juda ko`p hindular, teluglar, maratxalar, bengallar, bixarlar, tamillar, gudjartlar, kannara va ho kazolar. Shahar aholisi 25.7 % (1993 y.). Asosiy tillari – hind va ingliz tillari; shtatlarda – milliy til. U yerda sig`inuvchilardan (%): induistlar 83, musulmonlar – 11, qolgan – xristianlar, sikxalar va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |