ROST MAQOMI «Rost» maqomi - qadimiy maqomlardan biri bo‘lib, 12 maqomning biri hisoblangan. Rost maqomi borasida turli afsonalar ham mavjud bo‘lib, Odam ato va Momo Havodan qolgan deb ham yuritiladi. «Rost» iborasi «mos keladigan, to‘g‘ri tushadigan» ma’nolarini bildiradi. Bu maqomning ladiga ko‘p kuy va ashulalar mos kelgani uchun Rost deb nomlangan. Rost maqomi ham cholg‘u va ashula bo‘limlaridan iborat bo‘lib, mushkulot qismi Tasnifi Rost, Garduni Rost, Muhammasi Rost, Muhammasi Ushshoq, Muhammas Panjigoh, Saqiliy vazmin, Saqiliy Rag-rag deb nomlanadi. Rostning ashula yo‘llari birinchi va ikkinchi SHo‘‘balardan tarkib topgan bo‘lib, birinchi guruh Sarahbori Rost, Talqini Ushshoq, Nasri Ushshoq, Navro‘zi Sabo SHo‘‘balari va Ufari Ushshoq qismidan iborat. Rost maqomining ashula bo‘limi bosh mavzui bo‘lgan Sarahbori Rost o‘zining kuy tuzilishi jihatdan betakror ashula yo‘llaridan bo‘lib, juda murakkab qiyofaga ega. Rost maqomining ikkinchi SHo‘‘basi «Talqini Ushshoq» deb nomlanadi. Bu maqomda Ushshoqnoma bilan mashhur bir necha SHo‘‘ba va qismlar mavjud. Birinchi guruh SHo‘‘balarida Nasri ushshoq va Ufori Ushshoq ashula yo‘llari mavjud. Ularning barchasi bir-biri bilan hamohang bo‘lib, kuy tuzilishi va tarkibiy qismlari ham bir xildir. Ushshoq iborasi arabcha «Oshiqlar» ma’nosini anglatadi. Ushshoqning cholg‘u va ashula yo‘llari ishqiy, lirik ohang kasb etishini o‘zi ushbu ma’noga monandligini ko‘rsatadi. O‘tmish musiqiy manbalarida Navro‘zi Arab, Navro‘zi Xoro, Navro‘zi Bayot, Navro‘zi Ajam, Navro‘zi Sabo singari navro‘z bayramiga nisbatan berilgan SHo‘‘balar mavjud bo‘lganligi aytiladi. Bahor manzaralarini lirikasini tasvirlaydigan ushbu ijrolar 12 maqomda rohaviy maqomini SHo‘‘basi sanalgan. SHashmaqomda esa Rost maqomi tarkibiga kiritilgan.
Rost maqomining birinchi guruh SHo‘‘balari juda mashhur ashula yo‘llari sanaladi. Ular asosida Savt ijrolari, ularning shohobchalari, Ushshoqning qator variantlari, Gulyori SHahnoz va uning shahobchalari, surnayda chalinadigan qator musiqa asarlari yuzaga kelganligi bilan alohida ahamiyat kasb etadi. Rost maqomining birinchi guruh SHo‘‘balari Sarahbori Rostdan boshlanib, uning 4 ta taronasi aytiladi. Turkum esa Talqini Ushshoqqa ulanib ketadi. Taronasining ijrosidan so‘ng Talqini Ushshoqqa ulanib ketadi. So‘ngra ikkita taronasi, Navro‘zi Sabo uning talqinchasiga o‘tiladi. Birinchi guruh SHo‘‘balari Ufori Ushshoq va oxirgi siporishi bilan yakunlanadi. Rost maqomining ikkinchi guruh SHo‘‘balariga Savti Ushshoq, Savti kalon, Savti Sabo kiradi va Rostning birinchi guruh SHo‘‘balari asosida yaratilgan bo‘lib, ularning variantlari sanaladi. Bulardan Savti Ushshoq SHo‘‘basi alohida mazmunga ega bo‘lib, yangicha sayqal bilan jilolanadi va boy mazmundor ashula yo‘llariga egadir. Savti Ushshoqning kuy ohanglari asosida xalq bastakorlari juda ko‘p kuy va ashulalar yaratganlar. Xalqimiz orasida mashhur bo‘lgan «Guluzorim», «Farg‘onacha tanovar», «Tong otguncha», Xorazm dostonlarida aytiladigan «Naylayin» ashulasi «Izlayman» va boshqa Farg‘onacha qo‘shiq va yallalar bunga misol bo‘la oladi. Bundan tashqari, Muxtor Ashrafiyning «Dilorom» operasidagi Dilorom ariyasi, Doni Zokirovning «Ko‘rmadim» romansi, Dadaali Soatqulovning Muqimiy g‘azaliga yozgan «Navbahor» romansi, To‘xtasin Jalilov ijodiga mansub bir necha ashula yo‘llari, G‘anijon Toshmatovning «Istadim» qo‘shig‘iga o‘xshagan mashhur ijrolar Savti Ushshoq hamohangligi natijasida yaratilgan bo‘lib, musiqiy madaniyatimizning durdonalariga aylanib ketgan.
Rost maqomining mashhur SHo‘‘balaridan biri «Savti kalon» sanaladi. «Kalon» so‘zi bastakor taxallusidir. «Savti kalon» besh qismli ashula yo‘li bo‘lib, uning shahobchalari Talqincha, Qashqarcha, Soqiynoma va Ufordir. Ular asosida ko‘plab kuy va ashulalar yaratilgan bo‘lib, Qalandar 1- II (raqqosasidan) “Farhod va SHirin” dramasidagi SHirin ariyasi shular jumlasidandir. Ushbu SHo‘‘badagi Soqinomayi Savti kalon ashulasi mashhur ijrolardandir. Rost maqomi yo‘llariga mos kuy va ashulalar xalqimiz musiqiy merosidan munosib o‘rin olgan bo‘lib, san’atkorlarimiz tomonidan sevib ijro etilib kelinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |