2019 moliya yili uchun Yaponiya davlat byudjeti harajatlari tarkibi39
Shuni aytish lozimki, Yaponiyada davlat iqtisodiy siyosatining samaradorligi yuqorilashiga sabab bosh vazir Shinzo Abe tashabbusi bilan amalga oshirilgan abenomika siyosati katta ta’sir ko‘rsatdi. Uning tarkibida bo‘lgan uch o‘qdan biri egiluvchan fiskal siyosatining ahamiyati ham aynan davlatning iqtisodiy barqarorligini ta`minlashdagi o‘rnini ko‘rsatib berdi. Bugungi kunda, mutaxassislar va yetakchi ekspertlar Yapon moliyaviy muassasalari kapitalining likvidlik darajasini ham aytishimiz mumkin, moliya tizimining iqtisodiy-konyunkturaviy o‘zgarishlarga tez moslasha olish darajasini va barqarorligini ham yuqori baholashadi. Bu chet el valyuta-pul munosabatlarida yuzaga keladigan xavf-xatarlarning oldini olishga ham imkon yaratadi, deb hisoblash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |