Soliqqa tortiladigan daromadlar21
Dehqonlarning daromadlari;
Maosh(ish haqi);
Ishdan bo‘shaganlik nafaqasi;
Omonatlar bo‘yicha foizlar;
Ko‘chmas mulkdan daromadlar;
Dividentlar;
Tadbirkorlik faoliyatidan daromadlar;
Tasodifiy ish haqi;
Nafaqalar;
10)Sarmoya daromadlaridan.
Mulk solig`i- bu soliq turi jismoniy va yuridik shaxslarning mulk qiymatiga qarab belgilaniladi. Yaponiya moliya vazirligi ma`lumotlariga ko‘ra 2019-yil dekabr holatiga ko‘ra 1.4% ni tashkil etgan. Bunga ko‘ra, mulk egalari o‘zlarining mulk qiymatining 1.4% ni soliqqa to‘laydilar. Mulkni baholash 3 yilda bir marta amalga oshiriladi. Soliqqa solinadigan ob`yektlar bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: yerlar, barcha ko‘chmas mulk ob`yektlari, bank depozitlari bo‘yicha soliqlar22. Mulkni sotish va sotib olish, ya`ni mulk egasi o‘zgargan vaqtda ham soliq majburiyati bajariladi, ya`ni to‘lanadi.
Meros solig`i- meros solig`i Yaponiya hukumati uchun milliy solig`lar sirasiga kiradi va boyliklarni qayta taqsimlash hisobiga undiriladi. Meros va hadya kabi boyliklarning ob`yekti bo‘lib bozor qiymati hisoblanadi va bu holatda, qarindoshlik darajasiga qarab progressive shaklda 10%-50% stavkalarida undiriladi. Soliqqa tortish meros otkazilishi bilan 10 oy ichida amalga oshiriladi23.
Iste`mol solig`i-Yaponiyada iste`mol solig`i egri soliqlar asosiy o‘rinni egallaydi. 2009-yil hisobida budjet daromadlarini kamaytirish maqsadida 8% qilib belgilangandi, o‘tgan yil hisobi bo‘yicha esa (2019) 10%ga ko‘tarilgan. Bu holat ushbu soliqning budjetdagi ulushini 7.4%dan 16.5% gacha oshirdi.
Bilvosita soliqlar (egri soliqlar) – tamaki mahsulotlari, spirtli ichimliklar, benzin, neft, gaz uchun aktsiz soliqlari; restoranlarda ovqatlanish, mehmonxonalarda yashash xizmatlari uchun aktsizlar kiradi. Egri soliqlar tarkibiga bojxona bojlari ham kiradi.
QQS(qo‘shilgan qiymat solig`i) va aksiz solig`i- qo‘shilgan qiymat solig`i egri ya`ni bilvosita soliqlar ichida o‘z o‘rniga ega bo‘lib, 2019-yil soliq hisobi bo‘yicha 10%ga ko‘tarilgan. QQSdan umumiy sotish hajmi 30 mln yuandan kam korxonalar va eksport operatsiyalari bilan shug`ullanuvchi korxonalar ozod etilgan24. Shuningdek, byudjetda aksiz soliqlarining ham o‘rni mavjud bo‘lib, bunda tamaki mahsulotlari va spirtli ichimliklar uchun, neft va gaz uchun, qimmatbaho buyumlar uchun, sayohat uchun, issiq manbaalarda cho‘milish uchun, restoranlarda ovqatlanish uchun, mehmonxonalarda yashash uchun aksiz soliqlarini kiritish mumkin.
Mahalliy budjetlar- davlat moliyaviy resurslarining deyarli yarmini mahallliy budjetlar tashkil etadi. Mahalliy budjetlarning jami daromadlarida soliqli daromadlar deyarli 40% ini,umumdavlat soliqlaridan ajratmalar 20% ini, davlat dotatsiyalarni ko‘rsatish mumkin.
Yaponiyada maqsadsiz pul o‘tkazmalari deyarli umuman mavjud emas, ular orasida faqatgina umummilliylikka asoslangan tadbirlarni o‘tkazishga bo‘lgan ajratmalar bundan mustasnodir. Mahalliy budjetlar defitsitsiz amalga oshiriladi va mahalliy budjetlar tizimida munitsipal korxonalar uchun maxsus schotlar mavjud.
Mahalliy budjetlar 2ga bo‘linadi25:
1) Prefektura budjetlari;
2) Munitsipal budjetlar;
Yaponiyada mahalliy budjetlar 47 ta prefektura budjetlari va 3 mingdan ortiq shahar va boshqa aholi punktlari budjetlari, ya`ni munitsipalitetlar budjetlaridan iborat.
Prefektura undiriluvchi soliqlar sirasiga prefekturada yashash uchun soliq, ommaviy tomosha tadbirlarini o‘tkazish uchun soliq, ko‘chmas mulk solig`i, avtotransport vositalari uchun soliq, tabiiy resurslardan foydalanganlik uchun soliqlar shular sirasiga kiradi.
Munitsipal byudjetga undiriladigan soliqlarga yashash uchun soliq, shaharlarni obodonlashtirish uchun soliq, mol-mulk solig`i va yer egaligi uchun soliqlar kiradi.
Jismoniy va yuridik shaxslardan olinadigan daromad solig`i asosan mahalliy budjetga tushadi. Konsalidatsiyalashgan budjetdagi jami daromad soliqlarining 35%ini tashkil etadi. Shuningdek, mahalliy budjetga mol-mulk solig`i ham, istemol solig`i ham kelib tushadi. Va ular mahalliy budjetning mol-mulk daromad soliqlarining 40%ini, iste`mol daromadlar soliqlarining esa 27%ini tashkil etadi. Jismoniy shaxslar 5%,10%,15% stavkada prefektura daromad solig`larini to‘laydilar va 2%-4% stavkalar o‘rtasida rayon yoki shahar daromad soliqlarini to‘laydilar26. Shu bilan birga mahalliy daromad soliqlari tarkibiga tamaki mahsulotlari, benzin, barlar va restoranlar, elektr va gaz iste`moliga solinadigan soliqlarni ko‘rsatishimiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |