Yuqorida keltirilgan prinsiplarga qoʻshimcha tarzda ba’zi qarz mablagʻlari shakllari beriladigan mablagʻ va unga mos foiz toʻlovlarining ta’minlanganligi asosida ham koʻrib chiqiladi. Bunga bank kreditlarini misol sifatida keltirishimiz mumkin. Umumiy holda qarz mablagʻlari hisobiga moliyalashtirish jalb qilish shaklidan qat’iy nazar quyidagi afzalliklarga ega:77 - qat’iy belgilangan qiymat va muddat pul oqimlarini rejalashtirishda aniqlikni ta’minlashga xizmat qiladi; - foydalanganlik uchun toʻlov miqdori firma daromadiga bogʻliq emas, ya’ni mulkdorlar buyrugʻi asosida daromadning oʻsish holatlarida qoʻshimcha daromadni saqlash imkonini beradi;
Do'stlaringiz bilan baham: |