birinchidan, xorijiy investitsiyalar ishlab chiqarishga zamonaviy texnika va texnologiyalarni joriy etib, eksportga mo’ljalangan mahsulotlarni ishlab chiqarishni rivojlantiradi;
ikkinchidan, import o’mini bosuvchi tovar ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish va buning uchun xorijiy investitsiyalarni iqtisodiyotning ustuvor sohalariga yo’naltirish va pirovardida aholining me’yordagi turmush darajasini ta’minlash imkonini yaratadi;
uchinchidan, kichik biznesni rivojlantirish va qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini jadalashtirish orqali o’sib borayotgan aholini ish joylari bilan ta’minlaydi;
to’rtinchidan, korxonalarning eskirgan ishlab chiqarish quvvatlarini, moddiy-texnik bazasini yangilaydi va texnik qayta qurollantiradi;
beshinchidan, tabiiy resurslarni qayta ishlovchi korxonalarni barpo etishga ko’maklashadi va h.k.
Milliy iqtisodiyotda investitsiya loyihalarini moliyalashtirish manbalari qiymatini baholashni muvafaqiyatli amalga oshirish yuqori texnik saviyadagi tayyor mahsulotlar ulushi oshirilishiga imkon beradi. Bu esa quyidagi jihatlarga bog’liq bo’ladi: xorijiy davlatlardagi korxonalar bilan O’zbekistondagi eksport qiluvchi korxonalar o’rtasida kooperatsiya aloqalarining shakllanishiga ko’maklashishi; yuqori texnologiya va ilmtalab qiluvchi mahsulotlar ishlab chiqarilishi soha va soha ichi tizimi yaxshilanishiga xizmat qiladi; eksportning intellektual mulk ob’ektlari litsenziyalarini hamda nou-xau shaklida texnik- tijorat sirlarini sotish, injiniring va lizing sohalarida xizmatlar ko’rsatish kabi turlarini rivojlantirish yo’li bilan respublikamizda erishilgan ilmiy-texnik yutuqlarning jahon xo’jaligi aylanmasiga kirib borishini tezlashtirish; ilmiy ishlanmalarga, xususan, amaliy fan va texnologiyalar transferti sohasidagi ilmiy ishlanmalarga bozor yo’nalishini beruvchi shart- sharoit yaratuvchi innovatsiyalarni qo’llab-quvvatlashning samarali tizimini ishlab chiqish; innovatsiya jarayonini davlat tomonidan va tijorat usulida qo’llab- quvvatlashning eng maqbul uyg’unlashuvi asosiy yo’llarini belgilab olish hamda ilmiy-texnik ishlanmalarni tijorat ahamiyatiga molik natijalar darajasigacha etkazish; o’zbek olimlari va mutaxassislarning chet eldagi etakchi institutlar, tashkilotlar va firmalar bilan hamkorligini kengaytirish va chuqurlashtirish;
yuqori darajali marketing tadqiqotlari o’tkazish. Tijorat va texnologiya menejmenti sohasidagi yutuqlarni o’rganish, xorijiy bozorlarning kon’yunkturasi, sig’imi hamda raqobatchilarning narx siyosati, kooperatsiya, qo’shma korxonalar tashkil etish bo’yicha hamkorlar o’idirish yuzasidan tahliliy ma’lumotlarni o’rganish.
Do'stlaringiz bilan baham: |