«Himoyaga tavsiya etaman» Mintaqaviy markazi direktori


O‘quv mashg‘ulotlarida debat quyidagi tartibda uyushtiriladi



Download 3,44 Mb.
bet24/73
Sana31.12.2021
Hajmi3,44 Mb.
#214704
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   73
Bog'liq
битирув малака иши (2)

O‘quv mashg‘ulotlarida debat quyidagi tartibda uyushtiriladi:


KLASTER” GRAFIK ORGANAYZERI

“Klaster” (g‘uncha, to‘plam, bo‘g‘lam) grafik organayzeri puxta o‘ylangan strategiya bo‘lib, uni o‘quvchi (talaba)lar bilan yakka tartibda, guruh asosida tashkil etiladigan mashg‘ulotlarda qo‘llash mumkin. Klasterlar ilgari surilgan g‘oyalarni umumlashtirish, ular o‘rtasidagi aloqalarni topish imkoniyatini yaratadi. Grafik organayzer shartlari:

Grafik organayzer yordamida o‘quvchi (talaba)lar topshiriq bo‘yicha fikrlarini klaster (mayda, alohida qismlar) tarzida quyidagicha ifodalaydi:



NILUFAR GULI” TEXNOLOGIYASI

Texnologiya didaktik muammolarni yechishning samarali vositalaridan bo‘lib, nilufar guli ko‘rinishiga ega. Asos, unga birikkan to‘qqizta “gulbarg” (kvadrat, to‘rtburchak yoki aylanalar)larni o‘z ichiga oladigan bu metod yordamida asosiy muammo va uning mazmunini yoritishga imkon beradigan xususiy masalalar hal etiladi.

SWOT-TAHLIL” STRATEGIYASI

Strategiya muammoning asosiy to‘rt jihatini yoritishga xizmat qiladi. O‘quvchilar mavzuning mazmuniga mos muammolarni atroflicha o‘rganish orqali mohiyatini yoritadi, ularni keltirib chiqaruvchi omillarni izlab, hal qilish imkoniyatlarini topadi.

U yordamida muammoning quyidagi to‘rt jihati tahlil qilinadi:

Mashg‘ulotlarda strategiyani qo‘llash tartibi quyidagicha:

Izoh: strategiyani qo‘llash muayyan qiyinchiliklarni keltirib chiqarish ehtimoli mavjud. Bunday hollarda o‘qituvchi strategiyaning asosiy mohiyati yoki biror bosqichini o‘quvchining yoshiga moslab, unga tushunarli so‘zlar bilan ifodalashi (o‘zgartirishi) mumkin. O‘qituvchi tomonidan o‘quvchi (talaba)larga strategiyaning mohiyati, afzalliklari haqida yetarlicha ma’lumot berilishi ular tomonidan hal etiladigan muammo mohiyatining to‘la tushunilishini ta’minlash va kutilgan natijaga erishishga yordam beradi.

SINKVEYN” STRATEGIYASI

J.Still, K.Meredis, Ch.Temil tomonidan ishlab chiqilgan “O‘qish va yozish asosida tanqidiy fikrlashni rivojlantirish dasturi”da har bir o‘quvchi (talaba) va o‘quvchi (talaba)lar guruhlarining fikrlash faolligini oshirish, ularda tanqidiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish uchun “Sinkveyn” strategiyasini qo‘llash samarali ekanligi aytiladi. Bu o‘rinda strategiyaning mohiyati bilan tanishib o‘tish maqsadga muvofiqdir.




Sinkveyn tuzish murakkab jarayon bo‘lib, uni samarali tashkil etish uchun muayyan qoidalarga amal qilish talab etiladi. Odatda, sinkveyn tuzish besh bosqichli harakatlarni tashkil etish orqali amalga oshiriladi. Misol uchun:




Sinkveynlar quyidagi holatlarda samarali sanaladi:


Insert usuli



So‘nggi yillarda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga kiruvchi mamlakatlarning xususan, Rossiya pedagog olimlari V.P. Bespalko, N.F.Talizina, T.N.Ballo, L.V.Zankov, T.Ya.Galperin, S.K.Ismagulova hamda qozog‘istonlik olimlar M.J.Aristanov, J.S.Haydarov, o‘zbekistonlik olimlar L.L.Farberman, A.A.Abduqodirov, R.X.Jo‘raev, J.G‘.Yo‘ldoshev, S.A.Usmonov, O‘.Q.Tolipov, K.Ishmatov, N.S.Saidahmedov, M.Ochilov, A.P.Parpiev, M.Usmonboeva, M.Hoshimova, F.SH.Rasulova, B.Ziyomuhammadov, S.Bozorova, A.V.Golish, A.Ochilov, I.Mamajonov va boshqalar o‘z ilmiy tadqiqotlarida o‘quv jarayoniga pedagogik texnologiya tushunchasining mohiyatini va ahamiyatini ochib berishga harakat qildilar hamda o‘quv jarayoniga Zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha samarali ilmiy izlanishlar olib borishmoqda. Aytish joizki, axborot texnologiyalarining ta’lim tizimidagi axamiyati be’qiyos, tobora uning yangi ko‘rinishlari taklif etilmoqda. Ta’lim tizimiga ushbu texnologiyalarning kirib kelishi tarixiga nazar tashlasak.

Xorijiy mamlakatlarda masofaviy o‘qitish dasturlari asosida faoliyat yurituvchi mashhur universitetlar vujudga keldi. Jumladan, University of South Africa 1946. Fern Universitat in Hagen (Germaniya, 1974). Milliy texnologiya universiteti AQSh 1984 (injener mutaxassisligi bo‘yicha dasturlar asosida masofaviy mashg‘ulotlar olib boriladi)), Xagen ochiq universiteti (Germaniya), INTEC kollej Keyp­taun (YuAR), Ispaniya masofaviy o‘qitish milliy universiteti, Britaniya ochiq universitetining ochiq biznes maktabi, Avstraliya hududiy axborot tarmog‘i va hokazolar. Masofadan o‘qitish ta’limining ommaviylashuvida Internet (“on-line”)ning roli, telekommunikatsiyalarning o‘rni, barcha insonlarning Internetga barobar ochiq tashrifi uchun yo‘lak WWW (Web) texnologiyasini yaratgan olim Tim Berners Lining xizmati beqiyosdir. Hozirgi kunda masofaviy ta’lim AQShda mukammal shakllangan bo‘lib, uning vujudga kelishi 1970-yillar oxiriga borib taqaladi. Dunyoda interaktiv ta’lim olishning ko‘plab bazalari vujudga kelyapti. Jumladan, Britaniya ochiq universitetiga qarashli masofaviy ta’lim umumjahon markazining ma’lumotlar bazasini misol qilib keltirish mumkin. Distant uslubida Xalqaro Kengash faoliyat ko‘rsatyapti, “D - Learning” - masofaviy ta’lim olayotgan tinglovchilarning soni tobora ortib boryapti. O‘tgan asrning 80-yillari oxirida shaxsiy kompyuter imkoniyatlarining oshishi o‘qitish tizimini soddalashtirish va avtomatlashtirish bilan bog‘liq yangi imkoniyatlarni vujudga keltirdi. Kompyuter o‘rgatuvchi dasturlar har xil o‘yinlar shaklida paydo bo‘ldi.

Masofaviy o‘qish ta’lim berishda ikki asosiy yondashishni izohlab beradi - bular kengaytirish va transformatsiya modellaridir. Kengaytirish modelida o‘qitish texnologiyasi hozirgi an’anaviy usuldan deyarli farq qilmaydi. Transformatsiya modeli o‘qituvchi va tinglovchi hamkorligi uchun axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalarini o‘zida mujassam qiladi.

B ugun masofaviy ta’limning yana bir turi “webinar” (1998 yilda bu termin muloqatga kiritildi) texnologiya vujudga keldi. Vebinar texnologiya o‘qitishni web -texnologiya asosida interaktiv holda tashkil etishni nazarda tutadi. Bu texnologiya nafaqat tinglovchilarga axborotni etkazadi balki, ular bilan muloqatga kirishish (og‘zaki, yozma) imkonini yaratadi, ya’ni seminar ko‘rinishida fikrlarni almashish, o‘z fikrini bayon etish mumkin. Boshqacha qilib aytganda internet tarmog‘i asosida tashkil etiluvchi ta’lim ham subyekt-subyekt paradigmasiga o‘tmoqda.


Download 3,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish