Himoyaga ruxsat mut va t kafedra mudiri



Download 1,53 Mb.
bet24/27
Sana22.07.2022
Hajmi1,53 Mb.
#836621
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Bog'liq
Axtamov O\'lmas BMI 2022

Tizimlilik prinsipi - shundan iboratki, har qanday hodisa, harakat va obyekt tizimlilik konsepsiyasi bilan quriladi. Sistema so‘zi grekcha so‘zdan olingan bo‘lib, butun, qismlar va birikmalardan tuzilgan demakdir. Tizim deganda elementlar majmuasi tushuniladi, ular orasidagi o‘zaro ta’sirlar adekvatik ravishda bir xil natijaga olib keladi. Bunday sistemani aniq tizim deb ataymiz. Agar elementlarning o‘zaro ta’siri har xil natijalarga olib kelsa, buni noaniq tizim deyiladi. Tizimning noaniqlik darajasi qancha yuqori bo‘lsa, shunga ko‘ra har xil natijalar paydo bo‘ladi. Tizimdagi noaniqlik uning elementlarini va ular orasidagi o‘zaro ta’sir xarakterini to‘liq hisobga olmaslikdan tug‘iladi. Tizimning elementlariga moddiy obyektlar hamda ular orasidagi munosabat va aloqalar kiradi.
Destruksiya prinsipi lotincha bo‘lib, buzuvchi degan ma’noni beradi. Uning mohiyati shundan iboratki, bunda xavfli natijaga olib keluvchi tizim undagi bitta yoki bir necha elementlarni bartaraf qilish bilan buziladi. Destruksiya prinsipi tashkilan ko‘rib o‘tilgan tizimlilik prinsipiga bog‘lik va qisman universal ahamiyatga egadir.
Xavfsizlikni tahlil qilganda oldin tizimlilik prinsipi ishlatiladi, keyin destruksiya prinsipini hisobga olib, tizimning ayrim elementlarini bartaraf qilishga yo‘naltirilgan tadbirlar ishlab chiqiladi (istalgan maqsadga olib keluvchi).
Informatsiya prinsipi lotincha so‘z bo‘lib, xabardor qilish, bir narsa haqida qilinadi. Bu ishlovchilarni zararli omillar ta’siridan xalos qiladi, lekin omillarning o‘zi yo‘q qilinmaydi. Uning mohiyati bir ma’lumotni xizmatchiga yetkazish va uni egallab olish ko‘zda tutilgan xavfsizlik darajasini ta’minlaydi. Buni amalga oshirish usullari: o‘qitish, instruksiyalar, o‘tkazish, xavfsizlik rang va belgilarini qo‘yish, ogohlantiruvchi yozuvlar va jihozlarni markirovka qilish va hokazo kabilar kiradi.
Klassifikatsiya prinsipi - bu xavf bilan bog‘liq belgilariga qarab obyektlarni sinf va kategoriyalarga bo‘lishdan iborat.
Kompensatsiya prinsipi lotincha -to‘lash degan so‘zini anglatib, ishlovchilarga psixologik va psixofiziologik jarayonlarning buzilgan muvozanatini tiklash uchun beriladigan har turdagi yengilliklar tushuniladi.
Metod - maqsadga erishish usulidir. Hozirgi ko‘rayotgan holatimizda maqsad xavfsizlikni ta’minlashdir.
Metodlar prinsiplarni konstruktiv va texnikaviy jihatidan haqiqiy borliqda gavdalantirish bilan amalga oshiriladi.
Xavfsizlikni ta’minlash usullarini bilgan holda inson bilan ishlab chiqarish muhiti tavsiflari orasidagi o‘zaro ta’sirlarni kelishtirish mumkin, ya’ni ma’lum xavfsizlik darajasiga erishish mumkin.
Xavfsizlik usullarini o‘rganishdan oldin, biz quyidagi yangi tushunchalarni kiritamiz. Ko‘rilayotgan faoliyat jarayonida insonning turgan joyi gomosfera deyiladi.

4.2. Axborot-kommunikatsiya korxonalarida mehnat muxofazasi bo‘yicha ishlarni tashkil qilish va ularning bajarilishi ustidan nazorat


Vazirlar Mahkamasining “Mehnatni muhofaza qilish ishlarini tashkil etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi. Bunda quyidagilar ko‘rishimiz mumkin:

  • Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha ishlarni tashkil etish to‘g‘risidagi namunaviy nizom;

  • Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha o‘qishlarni tashkil qilish va bilimlarni sinash to‘g‘risidagi namunaviy nizom;

  • Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yo‘riqnomalarni ishlab chiqish to‘g‘risidagi nizom;

  • Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha vakil to‘g‘risidagi nizom tasdiqlanadi.

Davlat va xo‘jalik boshqaruv organlari ikki oy muddatda mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha ishlarni tashkil etish to‘g‘risidagi tarmoq nizomlarini ishlab chiqadi va kelishish uchun O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga kiritilishini ta’minlaydi.
Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha ishlarni tashkil etish to‘g‘risidagi namunaviy nizomga ko‘ra, mehnatni muhofaza qilish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:

  • xodimning hayoti va sog‘lig‘i ustuvorligini ta’minlash;

  • mehnatni muhofaza qilish sohasidagi davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;

  • davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining mehnatni muhofaza qilish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish;

  • barcha korxonalar uchun mehnatni muhofaza qilish sohasidagi talablarni belgilash;

  • mehnatni muhofaza qilishga oid talablarga rioya etilishi ustidan davlat nazorati va tekshiruvini amalga oshirish;

  • xodimlarni himoya qiluvchi xavfsiz texnika, texnologiya va vositalarning ishlab chiqilishi va joriy etilishini rag‘batlantirish;

  • fan va texnika yutuqlaridan hamda mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha ilg‘or milliy va xorijiy tajribadan foydalanish;

  • ishlab chiqarishdagi baxsiz hodisalardan jabrlangan yoki kasb kasalligiga chalingan xodimlarni ijtimoiy himoya qilish;

  • xalqaro hamkorlikni amalga oshirish.

Mehnatni muhofaza qilishni davlat tomonidan boshqarish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, mehnatni muhofaza qilish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, shuningdek mehnatni muhofaza qilish sohasida qonun hujjatlariga muvofiq ayrim vakolatlarga ega bo‘lgan boshqa davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazorati va tekshiruvini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan nizomga muvofiq vakolatli organning mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha (bosh) davlat texnik inspektorlari hamda mehnat sharoitlari bo‘yicha (bosh) davlat ekspertlari tomonidan amalga oshiriladi.
Xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlariga taalluqli bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarga hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish kasaba uyushmalarining inspeksiyalari tomonidan amalga oshiriladi.
Korxonada xodimlarning mehnatni muhofaza qilishga hamda ishlarni xavfsiz olib borishga doir me’yorlar, qoidalar va yo‘riqnomalarga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish kasaba uyushmasi qo‘mitasining yoki xodimlarning boshqa vakillik organlarining hisobot-saylov majlisida (konferensiyasida) saylanadigan mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha vakil tomonidan amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan korxonalar va fuqarolar tomonidan xalqaro shartnomalar va kelishuvlar asosida ishlar bajarilganda, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksi, qonunchilik va boshqa me’yoriy hujjatlar, shuningdek texnik standartlarga muvofiq ko‘zda tutilgan mehnat muhofazasi talablari qo‘llaniladi.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
Korxonaning har qanday darajadagi boshqaruvida mehnat muhofazasi va xavfsizligi bo‘yicha qonunchilik va boshqa me’yoriy hujjatlarga amal qilinishiga mas’ul shaxs korxona rahbari hisoblanadi.

4.3. Axborot-kommunikatsiya korxonalarida murakkab xodisalar, tushunchalar va ob’ektlarni sinflashtirish va tizimlashtirish



Download 1,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish