Himoyaga ruxsat etilsin ” Fakultet dekani f f. d. L. Raupova “ ” 2019 y


III BOB Magistrlik tadqiqot ishining amaliyotga tatbiqi



Download 194,2 Kb.
bet11/19
Sana28.02.2022
Hajmi194,2 Kb.
#474057
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19
Bog'liq
2 5373148213513554566

III BOB
Magistrlik tadqiqot ishining amaliyotga tatbiqi
3.1. O‘tkir Hoshimov ijodining o‘rganilishi yuzasidan dastur va darsliklar tahlili
2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida mamlakat ta’lim tizimini ham davr talablariga mos tarzda takomillashtirish masalasi nazarda tutilgan.
Shunga ko‘ra, 2017-yilning 6-aprelida Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Bunda umumta’lim fanlarini o‘qitishning zamonaviy metodologiyasini yaratish, ta’lim jarayoniga kompetetntlik nuqtayi nazaridan yondashgan holda umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining Davlat ta’lim standartlarini takomillashtirish, uzuluksizligini ta’minlash, o‘quv dasturlari va adabiyotlarining yangi avlodini yaratish hamda amaliyotga izchil joriy etish maqsad qilingan.
Ta’lim tizimiga o‘quv predmeti sifatida muayyan fanni kiritishdan maqsad mazkur fan bo‘yicha yillar, asrlar davomida ajdodlar tajribasidan o‘tgan, ijobiy natija beradigan bilimlar yangi avlod taomonidan egallanib, ular asosida hayotiy faoliyat uchun zarur bo‘lgan bilm, ko‘nukma va malakalarni shakllantirishdir. Shu boista’limning barcha pog‘onalari uchun qabul qilingan va tasdiqlangan DTS (davlat ta’lim standarti)da muayyan bosqichdagi o‘quvchi, talabalarning BKM qo‘yilgan talablar belgilab beriladi.
Joriy qilinayotgan umumiy o‘rta ta’lim davlat ta’lim standarti tayanch o‘quv rejasi, o‘quv dasturi, malaka talablari baholash tizimidan tashkil topgan tarkibiy qismlarni o‘z ichiga oladi. Masalan, tayanch o‘quv rejasi maktab ta’limida o‘qitiladigan fanlarining nomi, ajratilgan o‘quv soatlari va ularning sinflar kesimidagi taqsimoti belgilab berilgan me’yoriy hujjat bo‘lib, barcha dars jadvallari shu asosda ishlab chiqiladi.
Yangi namunadagi davlat ta’lim standartida bitiruvchilarni amaliyotga layoqatli qilib tarbiyalashni ko‘zda tutadigan quyidagi kompetensiyalarbelgilangan:
1. Kommunikativ kompetensiya.
2. Axborotlar bilan ishlashkompetensiyasi.
3. O‘z-o‘zini rivojlantirishkompetensiyasi.
4. Ijtimoiy faol fuqarolikkompetensiyasi.
5. Milliy va umummadaniykompetensiya.
6. Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardorlik va foydalana olish kabi kompetensiyalar shular jumlasidandir.
Shu ma’noda tayanch kompetensiyalar davlat ta’lim standartining asos nuqtalaridan biridir deyish mumkin.
Mamalaktimiz ta’lim tizimini takomillashtirish maqsadida qabul qilingan yangi davlat ta’lim standarti yosh avlodning mustahkam bilim egallashlari, olgan bilimlarini kundalik faoliyatda qo‘llashlarini ta’minlashga qaratilgan. Demak, bu borada dastur va darsliklar mazmuni DTS talablari asosida takomillashtirish galdagi vazifalardan sanaladi.
Albatta, 2017-yil 6-aprelda qabul qilingan uzluksiz adabiy ta’limo‘quv dasturlarini tahlil qiladigan bo‘lsak,muayyan darajadagi o‘zgarishlar kuzatiladi. Jumladan, dasturlar tarkibi 5-sinfda Abdurahmon Jomiy,A.S.Pushkin, Shukrullo, Aka-uka Grimmlar, Herman Hesse, Daniyel Defo, Hamza Hakimzoda Niyoziy, Anvar Obidjon, Hamza Imonberdiyev; 6-sinfda Haydar Xorazmiy, Nizomiy Ganjaviy, Mark Tven, Shota Rustaveli, Hamid Olimjon;8-sinfda M.Shayxzodaning“Mirzo Ulug‘bek” asari o‘rniga ‘“Jaloliddin Manguberdi”, Hamza Hakimzoda Niyoziy,Shukur Xolmirzayev; 9-sinfda Izzat Sulton, Rauf Parfi, O‘ljas Sulaymonov, Hofiz Sheroziyijodi bilan boyitilganini ko‘rish mumkin.
Imom Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriyning hadislari 5-sinfdan 9-sinf dasturiga o‘tkazilganini ham ijobiy baholash mumkin. Zero,mazkur mavzu o‘quvchilarda ma’lum darajada hayot haqidagi qarashlari shakllangan davrda berilgani bilan avvalgisidan farqlanadi.
O‘zbekistonda umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-9-sinflari “Adabiyot” darsliklarida adabiy materiallar xronologik tartibda emas, balki maxsus ruknlarga bo‘lingan holda taqdim etilgan. Bu adabiyotning tarixiy taraqqiyotini o‘rganishga emas, balki turli davrlarda yaratilgan badiiy matnlar yordamida o‘quvchilarning ruhiyati va ma’naviyatini shakllantirishga qaratilgan. Masalan, 5-sinf darsligidagi ruknlardan biri “Bolalikning beg‘ubor olami” deb nomlanadi. Unga milliy adabiyotga oid asarlar bilan birga jahon adabiyotidan namunalar ham berilgan. O‘tkir Hoshimov hayoti va ijodi aynan shu rukndan o‘rin olgan bo‘lib, ajratilgan 4 soat vaqt davomida quyidagilarni o‘rganish belgilangan:
“O‘tkir Hoshimovning hayoti va ijodi haqida qisqacha annotatsia.
“Dunyoning ishlari” qissasidan olingan boblarda ona, o‘g‘il va boshqa obrazlarning jonli tasvir etilgani. Qissaning “Alla”, “Iltijo” boblarida insonning Ona oldidagi farzandlik burchining, hech qachon to‘lab bo‘lmas qarzning ta’sirchan ifodalangani. Onani qo‘msash, uni sog‘inish, uning hech kim bilan almashtirib bo‘lmaydigan mehri oldida qarzdorlik tuyg‘usining ifodalanishi (2soat).
“Oq, oydin kechalar”, “Tush”, “Gilam paypoq” fasllarida Ona qalbidagi cheksiz mehr-muhabbattuyg‘usining samimiy ifodasi. Asarning badiiy xususiyatlari, 2 soat)”44.
“Adabiyot” darsliklari o‘rtamiyona o‘quvchilar uchun emas, balki eng yaxshi o‘qiydigan tarbiyalanuvchiga mo‘ljallangan bo‘lishi kerak. Yaxshi o‘qiydigan, badiiy so‘zga moyilligi bor o‘quvchi ham “Adabiyot” darsligidan o‘zi uchun qiziqarli materiallarni topa bilishi zarur.
Ta’lim-tarbiyaning asosida badiiy asarnng o‘quvchiga emotsianal ta’sir ko‘rsatishi, olingan bilimlar uning sezgilari orqali yodida qolishi, ruhiyatiga o‘zlashtirilishi yotadi. Har bir o‘quv fani dasturida o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar mazmuni hamda hajmi ifodalangan. Shunga ko‘ra, mamlakatimizda “Adabiyot” darsliklarini yaratishda quyidagilar inobatga olinadi:
– adabiyotning eng so‘nggi yutuqlarini nazarda turgan holda ilmiy-metodik jihatdan yuqori saviyada ochib bera oladigan;
– o‘quvchi va talabalarning mustaqil ishlashlari, o‘z fikr-mulohazalarini ravon, savodli bayon qila olishini ta’minlaydigan;
– o‘quv materiallarining o‘zlashtirilishini ta’minlaydigan, o‘quvchini mustaqil fikrlashga undaydigan;
– o‘quv matnlari va predmetlararo aloqani, bilimlar izchilligini ta’minlaydigan;
– dars jarayonida zamonaviy texnik vositalardan foydalanishni nazarda turdigan;
– o‘quv faniga oid asosiy ma’lumotlar, ilmiy tushunchalar, qoidalar o‘quvchilarning saviyasiga mos bo‘libgina qolmay, balki o‘quvchilarning bilim darajasidan oldinroqda yuradigan;
– badiiy adabiyotning turmush bilan, hayotiy tajribalari bilan aloqasini mustahkamlaydigan talablar qo‘yilgan45.
Bizningcha, dastur va darsliklarda berilgan mavzularo‘rtasidagi mutanosiblik sinflar kesimida qayta ko‘rib chiqilishi kerak. Zero, O‘tkir Hoshimov ijodiga ajratilgan 4 soat vaqt bilandarslikdagi parchalar hajmi u qadar mos emas.Bu soatdan yuqori bosqich, xususan, 10-sinfda hajm jihatidan salmoqdor bo‘lgan “Ikki eshik orasi” romanini o‘rganishda foydalanish samara beradi. Chunki romandan berilgan parchani o‘rganishga 2 soat vaqt belgilangan. Ta’kidlash joizki, romandan olinadigan materiallar hajmini ham ko‘paytirish maqsadga muvofiq.
Adib tarjimayi holi yuzasidan keltirilgan ma’lumotlar mazmunida darslik mualliflarining “Dunyoning ishlari” qissasidagi “Gilam paypoq”, “Alla”, “Iltijo”, “Qarz” hikoyalari tahlili berilgan bo‘lib46, bu o‘quvchilarga asar haqida shaxsiy fikr aytishlariga ma’lum darajada to‘sqinlik qiladi, ya’ni “qolip” vazifasini o‘taydi.
“Adabiyot” darsligidagi didaktik vositalar o‘quvchiini o‘z imkoniyati, individual xususiyatlaridan kelib chiqib birgalikda, ko‘pchilik bo‘lib bajaradigan va asosan, matnga tayangan holda erkin, ijodiy, mustaqil fikrlab javob berishga yo‘naltiradigan tarzda shakllantirilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Chunki kichik hayotiy tajribasi, o‘ylari asosida matnga tayanib javob berayotgan o‘smirda noto‘g‘ri javob berishdan cho‘chish, ikkilanish, tanbeh eshitish kabi holatlar bo‘lmaydi.
Tadqiqotchi M.To‘ychiyevaning fikricha, “O‘quvchining emotsional barqaror davrida adabiy ta’limdagi didaktik vositalarni o‘rganilayotgan badiiy asar qahramoni holatini his etish va hissiyotlardan kelib chiqib ifodalab berishga yo‘naltirish o‘smirlik davrining eng murakkab jihati hisoblanadi”47.
Bu esa “… o‘zi yoki o‘rtoqlari tushgan murakkab vaziyatga o‘rganilayotgan badiiy asar qahramonlari nuqtayi nazaridan baho berish va o‘zxatti-harakatlariga badiiy asar qahramonlaridan ma’naviy asos topishga urinish”48kabi xususiyatlarni shakllantiradi.
Darslikning “Savol va topshiriqlar” bo‘limida “1. O‘tkir Hoshimov haqida nimalarni bilasiz? Gapirib bering”, “3. Alla” bobidagi” ona allasining barcha uchun tushunarli, ya’ni umumbashariy hodisa ekanligi haqidagi gaplarni sharhlab bering” yoki “8. Yozuvchining “Oq marmar, qoramarmar…” bobida bayon etgan fikrlarini sharhlashga urining”49tarzda qo‘yilishi o‘quvchini zeriktiradi. Buning o‘rniga chuqur mushohadaga chorlovchi savollarni sodda va ta’sirchan yo‘sinda ifodalash maqsadga muvofiq.
6-sinfdaO‘tkir Hoshimovning “Urushning so‘nggi qurboni” hikoyasi (23-24-mavzu) o‘rganilishi rejalashtirilgan va bunga dasturda 2 soat vaqt ajratilgan. Bu borada dasturda quyidagilar nazarada turilganini ko‘rish mumkin:
“O‘tkir Hoshimovning hayoti va ijodi haqida qisqacha ma’lumot.
Asarda qiyinchilik inson ma’naviyatini sinovdan o‘tkazish vositasi ekanining ko‘rsatilganligi. Hikoyada urush yillarining haqqoniy tasvirlanganligi. Yo‘qchilik bolani onadan, og‘ani inidan sovutganligining asarda ta’sirchan ifodalanganligi. Asl odam har qanday sharoitda ham ma’naviy pokligicha qolishi. Hikoyadagi Shoikrom, Shone’mat, Xadicha hamda Umri xola obrazlariga xos xususiyatlarning yorqin aks etganligi.
Mazkur sinfda darslikda berilgan matnni o‘rganish bilan vaqt bir-birini oqlasa-da, ayrim kamchiliklar ko‘zga tashlanishini ta’kidlash zarur. Jumladan, “Savol va topshiriqlar” mazmuni quyi sinfdagidek takror va bir xildagi “so‘zlab bering”, “tushuntiring”, “izohlang” kabi shaklda qo‘yilishi bilan ta’sirchanligini yo‘qotgan. Fikrimiz isboti sifatida quyidagi misollarni ko‘rsatamiz:
1. O‘tkir Hoshimov haqida nimalarni bilasiz” Gapirib bering”, “Urushning so‘nggi qurboni” hikoyasini sinchiklab o‘qing. Asarning asosiy mamzunini so‘zlab bering”50 va h.k.
Buning sababini har ikki sinf darsligiga aynanbir guruhdagi ijodkorlarning muallifligi, ularning mutaxassisligi adabiyot o‘qitish metodikasi sohasiga tegishli emasligi hamda darslik yaratishga oid yondashuvlarida deb tushunish mumkin.Shu o‘rinda darslik yaratishga umumta’lim maktablaridagi tajribali va ijodkor o‘qituvchilarni jalb qilish maqsadga muvofiq deb bilamiz. Shundagina nazariya va amaliyot uyg‘unligiga erishish mumkin.
Kuzatishlardan har o‘quv yilida umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘qituvchilaridan darsliklardagi muammolar xususida so‘rovnoma o‘tkazilishi yaxshi ma’lum. Lekin bildirilgan takliflar negadir e’tiborga olinmaydi. Agar fikr-mulohazalar, g‘oyalar amalga tatbiq etilsa, ma’lum ma’noda samaradorlik ortishi mumkin.
10-sinf “Adabiyot” dasturida yozuvchi ijodiga ajratilgan 2 soatda quyidagilar o‘rganilishi belgilangan:
“Adib hayoti va ijodi. “Mashaqqatli safar”da adib biografiyasiga oid ma’lumotlar.
“Ikki eshik orasi” romanida urush va uning fojialari, urush odamlarining qismati muammosi. Asarning ifoda uslubi, tili va kompozitsiyasi.
Bizningcha, asar janri, unda ko‘tarilgan muammolar salmog‘i romanni o‘rganishga ajratilgan soatlarni ko‘paytirishni taqozo etadi.Darslikda asar haqida qismining berilishi u qadar o‘zini oqlamaydi. Bu xildagi yondashuvdaasar sujeti qisqartirilgan variantda taqdim etilgani kuzatiladi.
10-sinf darsligidagi savol-topshiriqlarbu yoshdagi o‘quvchilar uchunsodda, jo‘n va shunchaki darslikning shu qismini to‘ldirish uchun tuzilgandek, nazarimizda. Masalan:
1. O‘tkir Hoshimovning o‘zi haqida yozgan “Mashaqqatli safar” nomli avtobiografik hikoyasining to‘liq matnini topib o‘qing.
To‘g‘ri, bu savol mohiyatida yuqorida ta’kidlaganimizdek, o‘quvchilarda axborotlar bilan ishlash kompetensiyasini rivojlantirish talabi ko‘zda tutilganini inkor etib bo‘lmaydi. Lekin romanni to‘liq o‘qib chiqish haqidagi topshiriqni (4-topshiriq) asarni o‘rganishdan oldin qiziqarliroq shakl va mazmunda tavsiya qilish o‘rinliroq bo‘lardi.
2. Adib “Mashaqqatli safar” nomli tarjimayi holida ota-onasini qanday xotirlaydi?
3. Yozuvchining bolalik va talabalik yillari haqida nimalarni bilasiz?
4. “Ikki eshik orasi” romanini to‘liq o‘qib chiqing va taqdimot qiling.
5. Asardagi Qora amma kim va unga xos bo‘lgan sifatlarni matnga tayangan holda izohlang.
6. Orif oqsoqol, Husan Duma, muallim obrazlariga tavsif bering.
7. Robiya o‘z hikoyasini bolaligi va “yangi qarindoshlari” haqida nimalarni eslaydi?
8. Robiyaning bolaligi bilan o‘z bolaligingizni qiyoslab, munosabat bildiring.
9. Asardagi sizni hayajonga solgan o‘rinlarni belgilang va ularga munosabat bildiring.
10. “Mening bolalik xotiralarim” mavzusida ijodiy matn yozing.
Bu o‘rinda asar mohiyatini ochib berishga qaratilgan savollar deyarli uchramasligi ko‘rinadi. “3. Yozuvchining bolalik va talabalik yillari haqida nimalarni bilasiz?”51 savoli o‘quvchiga 5-6-sinflardagi kabi quruq ma’lumotlarni takrorlashga majbur ettirishi tabiiy.
Akademik litsey dasturida ham adibning “Ikki eshik orasi” romani o‘rganilishi rejalashtirilgan bo‘lib, o‘quv dasturida 2 soat vaqt ajratilgan. Bu bosqichda avvalgilaridan ham sayoz yondashuvlar ko‘zga tashlanadi. Fikrimizcha, bu bosqichlarda darslikda mustaqil o‘qish uchun asarlar berilishi zarur.
Albatta, savol-topshiriqlardan foydalanish ixtiyoriy, cheklanmagan, bu o‘qituvchining mavzuga ijodiy yondashishiga bog‘liq deyish ham mumkin. Lekin Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlanib, ijodda o‘z o‘rnini topgan yuqori salohiyatli mutaxassis mualliflarning yondashuvlariniko‘pchilik dasturulamal deb qabul qilishi yoki dasturdagi ma’lumotlarga asoslanish haqidagi qarashlar mavjudligidan ko‘z yumib bo‘lmaydi. Bu esa, dastur va darsliklar mazmunini takomillashtirish, ular o‘rtasidagi integratsiyani belgilash va bugungi globallashuv davridagi qiziquvchan, tafakkurida mustaqilik va ijodiylikka moyil yoshlarimiz ehtiyojini ta’minlash va taqdiriga befarq bo‘lmaslikni taqozo etadi.
Adabiy ta’limning maqsad va vazifalaridan kelib chiqib “Adabiyot” darsliklarini takomillashtirishda o‘quvchilarning yosh psixologiyasi, pedagogik psixologiya va ijtimoiy muhit yangiliklarini hisobga olish; darsliklarning asosiy didaktik ashyolari bo‘lmish savol-topshiriqlarni mustaqil fikrlashga, mavzuni hayot bilan aloqadorlikda o‘rganish masalasi ko‘zda tutilgan holda tuzishni taklif etish mumkin.
Xulosa shuki, “Adabiyot” dasturi va darsliklarida O‘tkir Hoshimov ijodining berilishi ta’limda uzviylik va uzluksizlikni ta’minlash kabi pedagogik, o‘quvchilarni shaxs sifatida shakllantirish, erkin muloqotga asoslangan ehtiyojlarini qondirish kabi psixologik xususiyatlarini rivojlantirishga yordam beradi.



Download 194,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish