FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI.
Kirish.
Ishning umumiy tafsifi.
'' Ta’lim dunyoni o‘zgartirishga qodir bo‘lgan eng kuchli quroldir”.
Nelson Mandela
Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi. "Jahon ta’liminingeng yaxshi namunalarini milliy ta’limga keng targ‘ib etish va ommalashtirish yosh avlodni va yoshlarni ma'naviy tarbiyalashning asosi bo‘lishi kerak", deb ta‘kidlagan ediO‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov.1
Darhaqiqat,bugungi kunda milliy ta’limni xalqaro standartlar asosida rivojlantirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Davlatimiz zamonaviy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish,jahoniy tafakkur darajasidagi mutaxassislar, pedagoklarni tayyorlash uchun keng qamrovli islohotlarni amalga oshirmoqda. Zotan, bugungi kunda jahon miqyosidagi integratsiya va globallashuv jarayonlari boshqa sohalar qatoridata’limga ham o‘z ta‘sirini ko‘rsatmoqda. O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimovning 2016-yil. 13-maydagi "Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va va adabiyoti universitetini tashkil etish to‘g‘risida" gi farmonida milliy ta’limni rivojlantirish yuzasidan bir qancha vazifalarbelgilab berildi.2
Keyinchalik farmonda belgilangan vazifalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning milliy ta’lim sifatini tubdan yangilashga qaratilgan qator farmon va qarorlarida, “Mamlakatimizni 2017–2021-yillarda yanada rivojlantirishning besh ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi” da yanada rivojlantirildi. Oliy o‘quv yurtlarining sifati va samaradorligini oshirish, ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rag‘batlantirish, ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni amalga oshirish bilan bog‘liq qator vazifalarta’lim to‘g‘risida qabul qilingan qonunlarning asosini tashkil etdi.''
Magistrlik dissertatsiyasi uchun tanlangan mavzu mazmun va mohiyat jihatidan bugungi milliy ta’limdagi muammolar yechimiga qaratilganligi, umum o‘rta ta’lim maktablarida adabiyot darslarini yangi metodlar va usullarda o‘tilishiga rag‘bat berishi nuqtai nazaridan muhim ahamiyat kasb etadi. Bundan tashqari, adabiy ta’limdagi interfaol usullarning nazariy asoslarini yaratish va ularni ta’lim tizimi amaliyotida qo‘llash va eng samaralilarini ommalshtirish bugungi kunning eng dolzarb masalalari qatoridandur.
Maktab – ta’lim tarbiya joyi, shuning uchun bizning kelajagimiz bo‘lmish yosh avlodni tarbiyalash har bir ta’limning maqsadi bo‘lishi kerak''3. Zero adabiy ta’lim muammolariga qaratilgan yechimlarning apropatsiyadan o‘tkazish, ilmiy jamoatchilikning fikr va qarashlari asosida mavjud tadqiqotlarni yanada rivojlantirish va shu asosda milliy ta’limni Evropaning eng rivojlangan mamlkatlar ta’limi darajasiga olib chiqish ta’lim siyosatida belgilab qo‘yilgan eng muhim va dolzarb masalalardan hisoblanadi. Ayni o‘rinda qayd qilish lozimki, XXI asr, texnologiyalar davrida o‘zbek metodikasi, o‘qitish uslublari, o‘quv jarayonlari, o‘quv rejalari isloh qilinib xorijiy tajriba asosida modernizatsiya qilinmoqda. Xususan, yaqin 3 yil mobaynida chet el metodikasi va o‘qitish uslublari, innovatsion yondashuvlar va ularni o‘rganish O‘zbekistondagi ta’lim tizimining eng asosiy yo‘nalishiga aylanib ulgurganligini mamnuniyat bilan qayd etish lozim.
Magistrlik dissertatsiyaning maqsadiva vazifasi. Dissertatsiyaning bosh maqsadi - jahon ta’lim standartlarida mavjud o‘qitishning eng samarali usullarini tahlil qilish, milliy mentalitet va dunyoqarashni hisobga olgan holda zamonaviy ta’lim yondashuvlarini qiyosiy tahlilda o‘rganish, XX asr o‘zbek adabiyoti, xususan,O‘tkir Hoshimov romanlaridagi badiiy- ijtimoiy muammolarni interfaol usullardao‘qitishning muayyan tizimini yaratish, interfaol metodlarning tur va shakllarini qiyosiy aspektdao‘rganishdan iborat bo‘lsa, tadqiqotning vazifasi interfaol usullar tarkibidagi eng samarali yondashuvlarni amaliyotga tatbiq etish orqali ularni ommalashtirishni o‘z ichiga oladi.
Magistrlik dissertatsiyasi maqsadidan kelib chiqib tadqiqotda yana quyidagilar ham vazifa qilib belgilab olindi.
milliy ta’lim rivojiga hissa qo‘shadigan, xorijta’lim tizimida mavjud interfaol usullarning mazmunini, qiyosiy tahlilini o‘rganish;
interfaol usullarning o‘qitish sifatiga ta‘siri masalalarini O‘tkir Hoshimov romanlari misolida tahlil qilish;
ta’lim sohasida ta’lim sifatiga ijobiy ta‘sir qiladigan yangi yondashuvlarning mohiyatini aniqlash;
umum o‘rta ta’lim maktablarida O‘tkir Hoshimov asarlarini o‘qitish va o‘rgatishning ilg‘or namunalarini tushuntirish tushuntirish;
adabiy ta’lim sifatini rivojlantirishga qaratilgan omillarni yozuvchi asarlari misolida aniqlash;
mamlakatdagi adabiyta’lim sifati ko‘rsatkichlarida xalqaro standartlarning ahamiyatini aniqlash;
ta’lim sohasida innovatsion boshqaruvning mazmuni va xususiyatlarini o‘rganish;
Magistrlik dissertatsiyasida milliy ta’lim tahliliga oid adabiyotlar va huquqiy hujjatlar ham qisqacha tahlil qilindi. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida ta’lim olish huquqi va ta’lim uchun barcha zarur shart sharoitlarni yaratish normalari ta’lim tizimining muhim huquqiy asoslari, shuningdek, Respublika ta’lim to‘g‘risidagi qonunning alohida qoidalari ham tahlilga tortildi. Shuningdek, ishda O‘zbekistondagi etakchi o‘quv dasturi va ularning ta’lim jarayonlaridagi ahamiyati ham tahlil qilindi.
Dissertatsianing nazariy va amaliy ahamiyati. Ishning nazariy ahamiyatiO‘tkir Hoshimov asarlaridagi badiiy-ijtimoiy muammolarni interfaol usullarda o‘qitishning nazariy asoslarini tahlil qilish, interfaol metodlarning asosiy yo‘nalishlarini nazariy apsekta o‘rganish va interfaol usullarning strategikbosqichlarini ishlab chiqish bilan bog‘liqdir. Dissertatsiyaning amaliy ahamiyati ta’lim va o‘qitishning innovatsion yondashuvlariga, milliy ta’lim sifatini oshirishda xalqaro standartlarning ahamiyatini o‘rganishda, O‘zbekistonda ta’lim, jumladan, adabiy ta’lim sifatini oshirishda interfaol usullarning ahamiyatini ko‘rsatish va buni yozuvchi romanlari misolida tasdqiqlashda inikosini topadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |