Davlat byudjeti daromadlari tarkibida mol-mulk
solig’ining dinamikasi4
mln. so’mda
Ko’rsatkishlar
|
2010 yil 201
|
1 yil
|
2012 yil
|
Summa %
|
Su
|
mma % Su
|
mm
|
a
|
%
|
Davlat byudjetining jami soliqli daromadlari
|
13116396,9
|
100
|
16178563,5
|
100
|
20614100,0
|
100
|
Mol-mulk solig’i
|
354128,5
|
2,7
|
490536,2
|
3,0
|
642000,0
|
3,1
|
Jadvaldan ko’rinib turibdiki, umumiy tushumga nisbatan mol-mulk solig’ining salmog’i 2010 yilda 2,7 % ni tashkil etgan bo’lsa, 2011 yilda 3,0 % ni ko’rsatib turibdi. Bu ko’rsatkich esa 2012 yilga kelib 3,1 % ni tashkil qilgan.
Byudjet daromadlarida mol-mulk solig’ining salmog’ini tahlil qilganimizda ushbu soliqning har yili absolyut summada o’sib borayotganligini kuzatish mumkin. Bu holatga mol-mulklar inventarizatsiya baholarining indeksatsiya qilinayotgani, soliq stavkalarining tabaqalashtirilganligi va qo’shimcha soliqqa tortiladigan mol-mulk ob’ektlarining hisobga olinayotganligi sabab bo’lmoqda.
O’zbekiston Respublikasining soliq siyosati va uning asosiy yo’nalishlari
Mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar negizini xo’jalik yurituvchi sub’ektlarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash, moliya-xo’jalik faoliyatini soliqlar orqali rag’batlantirish, imtiyozli kreditlar bilan ta’minlash, ularning xo’jalik tizimiga turli nazorat qiluvchi organlar aralashuvini qisqartirish kabi muhim tadbir qamrab olgan.
Soliq siyosati va mamlakatimizdagi soliq organlari tizimining samarali isloh qilinishi iqtisodiyotimizning bozor iziga ko’chirishda muvaffaqiyatga erishishning asosiy omillaridan biri ekanligini hozirgi paytda deyarli hamma tan olayapti. Bugungi kunda soliqlar muammosi bizning mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar amaliyotidagi eng murakkab muammolardan biri bo’lib qolmoqda. Juda keskin tanqidga ushrayotgan, juda qaynoq munozalarga sabab bo’layotgan isloh qilish bo’yisha tahlil ob’ekti va qarama-qarshi g’oyalarga ega bo’layotgan soliqlar muammosidan bo’lak islohotlarning boshqa bir yo’nalishi yo’qdir. Boshqa bir tomondan esa, soliq tizimi bozor munosabatlarining eng muhim elementlaridan bo’lib, mamlakatdagi iqtisodiy o’zgarishlarning muvaffaqiyati ko’p jihatdan unga bog’liqdir. Shuning ushun ham hozirgi vaqtda mavjud soliq tizimini keskin qayta o’zgartirish to’g’risidagi berilayotgan takliflarga juda ehtiyotkorlik bilan yondoshish zarurligini taqozo etmoqda. Bunday hollarda faqat bir daqiqalik samarani hisobga olmasdan, balki bu takliflarni mamlakat iqtisodiyoti va moliyasini barcha tomonlariga qay darajada ta’sir etishi, albatta inobatga olinmog’i lozim.
Mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar negizini xo’jalik yurituvchi sub’ektlarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash, moliya-xo’jalik faoliyatini soliqlar orqali rag’batlantirish, imtiyozli kreditlar bilan ta’minlash, ularning xo’jalik tizimiga turli nazorat qiluvshi organlar aralashuvini qisqartirish kabi muhim tadbir qamrab olgan.
Iqtisodiyotni tartiblashning asosiy dastaklaridan biri sifatida soliqlar tan olinganligi barchamizga ma’lum, shu sababli respublikamiz hukumati tomonidan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida ishlab chiqilgan keng qamrovli dasturda asosiy e’tibor xo’jalik yurituvshi sub’ektlarni soliq imtiyozlari orqali rag’batlantirishga qaratilgan.
Soliq imtiyozlari asosida xo’jalik yurituvshi sub’ektlar moliyaviy ahvoli barqarorlashadi, ishki aylanma mablag’larga muqobil ravishda qo’shimcha resurslar hosil qilinib, ularni xo’jalik faoliyatiga qaytadan reinvestitsiya qilish imkoniyatlari yuzaga keladi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 30 dekabrdagi “O’zbekiston Respublikasining 2012 yilga asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to’g’risida”gi PQ-1675-sonli hamda 2012 yil 25 dekabrdagi “O’zbekiston Respublikasining 2013 yilga asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to’g’risida”gi PQ-1887-sonli qarorlari orqali soliq sub’ektlari zimmasidagi soliq yukini kamaytirish bilan birga, ayrim soliq turlari bo’yisha hisob-kitoblar takomillashdi va soddalashtirildi.
Mazkur qarorlarga muvofiq, soliq siyosatini takomillashtirishga qaratilgan bir qator tadbirlar amalga oshirildi, jumladan:
yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i bo’yicha belgilangan 9 foizlik asosiy stavka 2013 yilda o’zgartirishsiz qoldirilgan;
to’liq amortizatsiya qilingan asosiy vositalarni realizatsiya qilishdan yoki tugatishdan olingan foyda soliq solishdan ozod qilindi.
Jismoniy shaxslarning daromadlarini soliqqa tortishda quyi shkala eng kam ish haqining 6 baravaridan 5 baravariga, soliq stavkasi 11 foizdan 9 foizga
hamda o’rta shkala stavkasi 17 foizdan 16 foizga tushirildi, yuqori stavka esa 22 foiz miqdorida saqlab qolindi.
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i stavkasining quyi shkalasi 9 foizdan 8 foizga, ya’ni jismoniy shaxslarningn eng kam oylik ish haqining 5 baravarigacha bo’lgan daromadlari 1 foizlik punktga kamaytirildi.
Shu bilan birga, soliqqa tortiladigan shkalalar soliq solinadigan daromad guruhlari bo’yicha yil boshiga – 2013 yil 1 yanvar holatiga (79590 so’m) belgilangan eng kam oylik ish haqi asosida aniqlanadi hamda yil mobaynida eng kam oylik ish haqi o’zgargan taqdirda ham qayta hisob qilinmaydi.
2012 yildan boshlab, uy-joyning 1 m2 ushun (umumiy maydondan kelib chiqib) ijara to’lovining eng kam miqdorini uning joylashgan joyiga qarab belgilangan tabaqalashgan miqdorlari o’zgarishsiz qoldirildi. (Toshkent shahrida
3,0 ming so’m; Nukus shahri va viloyatga bo’ysunadigan shaharlarda – 2,0 ming so’m; Boshqa aholi punktlari – 1,0 ming so’m).
Soliq stavkasining pasaytirilishi natijasida 79,4 mlrd. so’mga kamayishi ko’zda tutilgan tushumlar ish haqi miqdorlarini oshishi va soliqqa tortiladigan bazani kengaytirilishi hisobidan qoplanadi.
Shu bilan bir qatorda soliqqa tortiladigan bazani kengaytirish, ishchilar soni va ish haqi fondining kamaytirib ko’rsatilishini oldini olish chorasi sifatida quyidagilar joriy etildi:
iqtisodiyotning ayrim sohalari, ya’ni qurilish, chakana savdo va umumiy ovqatlanish sub’ektlari ushun belgilangan mehnat sarfidan kelib chiqib hisoblangan eng kam ishchilar soni va ish haqi fondi me’yori belgilandi;
belgilangan ushbu me’yorlarga amal qilmaslik holatlari aniqlanganda soliq xizmati organlariga korxonaning mablag’lari hisobidan soliqlar va boshqa mablag’larni to’liq hisoblash huquqi berildi;
xodimlar sonini yashirganlik (mehnat shartnomasini tuzmasdan faoliyatni amalga oshirganlik) uchun ma’muriy javobgarlik shoralari joriy etildi. Bunda xodimlar sonini yashirish:
fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravaridan besh baravarigacha,
mansabdor shaxslarga esa - besh baravaridan o’n baravarigacha miqdorda jarima solinishi belgilandi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo’llanilganidan
keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo’lsa:
-fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan o’n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa - o’n baravaridan o’n besh baravarigacha miqdorda jarima solinishi belgilandi.
Xodimlar soni va daromadlarining yashirilishini bartaraf etilishi soliqqa tortiladigan bazaning kengayishiga olib keladi hamda ish beruvchining mehnat qonunchiligiga amal qilishda javobgarligini oshiradi. Mazkur tadbirlar qo’shimcha 123,8 mlrd. so’m, shu jumladan 34,4 mlrd. so’m byudjetga, 89,4 mlrd. so’m pensiya jamg’armasiga tushishini ta’minlaydi.
Mikrofirma va kishik korxonalar ushun yagona soliq to’lovi bo’yicha iqtisodiyotning barcha tormoqlari korxonalariga soliq stavkasi o’tgan yilgi 7 foizdan 6 foizga tushirildi. Soliq yukining kamayishi evaziga byudjetga yiliga 57,8 mlrd. so’m mablag’ kam tushishi kutilmoqda. Shu bilan birga soliq stavkasining kamayishi natijasida, mikrofirma va kishik korxonalar uchun soliq yuki pasayishi evaziga ularni yanada rivojlantirish sur’atlarini oshirishga va bu o’z navbatida soliq solish bazasining kengayishiga olib keladi. Buning hisobiga yagona soliq to’lovi bo’yicha yo’qotishi to’liq qoplanib, byudjetga qo’shimcha 9,8 mlrd. so’m mablag’ tushishi ko’zda tutilgan.
Yuridik va jismoniy shaxslardan tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari va yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanuvchilardan olinadigan qat’iy belgilangan soliq stavkalari o’zgartirishsiz qoldirildi. Shu bilan birgalikda “viloyatlardagi shaharlar” toifasiga aniqlik kiritilib, bu “Nukus shahri va viloyatga buysunuvchi shaharlar” tahririda bayon etildi.
2013 yilda qat’iy belgilangan soliq stavkasi yil boshiga – 2013 yil 1 yanvar holatiga (79590 so’m) belgilangan eng kam oylik ish haqi asosida aniqlanadi hamda yil mobaynida eng kam oylik ish haqi o’zgargan taqdirda ham qayta hisob qilinmaydi.
Xususan, 2012 yilda eng kam ish haqi 2 marotaba o’zgarganda qat’iy soliq summasi proportsional ravishda oshgan.
Masalan, Navoiy shahrida nooziq-ovqat tovarlari bilan savdo faoliyatini (bir oyga eng kam ish haqining 6,5 barobari) amalga oshiruvshi tadbirkor 2012 yil iyul oyida 409 ming so’m soliq to’lagan bo’lsa, avgust oyida 470,3 ming so’m va dekabr oyida esa 517,3 ming so’m qat’iy soliq to’lagan, joriy yildan esa yil davomida tadbirkor eng kam oylik ish haqi o’zgarishidan qat’i nazar 517,3 ming so’m soliq to’laydi.
2012 yildan boshlab, o’rnatilgan tartibda jismoniy shaxslar tomonidan yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro’yxatidan o’tmasdan faoliyat ko’rsatish holatlari aniqlangan taqdirda davlat soliq xizmati organlariga tegishli faoliyat turi bo’yicha bir yil uchun hisoblangan qat’iy belgilangan soliqni undirish huquqi saqlanib qolindi. Agarda davlat ro’yxatidan o’tmasdan faoliyat ko’rsatish holatlari aniqlangan kundan boshlab yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro’yxatidan o’tgan jismoniy shaxslar bundan mustasno.
Bunday jismoniy shaxslarga O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo’mitasi tomonidan o’rnatilgan tartibda bir yil uchun hisoblangan qat’iy belgilangan soliqni to’lash mazkur soliq bo’yicha kelgusi to’lovlar hisobiga amalga oshirish huquqi beriladi.
Qo’shilgan qiymat solig’i bo’yicha stavka 20 foiz miqdorida saqlab qolinishi bilan bir qatorda, paxta tolasiga respublikaning ichki iste’molchilari realizatsiya qilish oborotiga nol darajali stavka bo’yicha qo’shilgan qiymat solig’i solish belgilandi.
Aksiz solig’i bo’yicha alkogol ichimliklar, pivo, spirt va tamaki mahsulotlari uchun aksiz solig’i stavkalari o’rtasha 22 foizga indeksatsiya qilindi. Ushbu indeksatsiya natijasida byudjetga qo’shimcha 65,4 mlrd. so’m mablag’ kelib tushishi ta’minlanadi;
Djeneral motors O’zbekiston” YoAJ tomonidan ishlab chiqariladigan avtomobillarga hisoblanadigan aksiz solig’ining byudjetga ko’chirib beriladigan qismi 30 foizdan 40 foizga oshirildi. Buning natijasida byudjetga qo’shimcha
53,0 mlrd. so’m soliq tushishi ta’minlanadi.
O’zbekiston Respublikasiga olib kelinadigan aksiz solig’iga tortiladigan tovarlarga aksiz solig’i stavkalari 2012 yil darajasida saqlab qolindi.
Suv resurslaridan foydalanganlik ushun soliq bo’yicha 2012 yilda amalda
bo’lgan stavkalar o’rtacha 1,2 martaga indeksatsiya qilindi.
Yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig’i bo’yicha stavkalar 2012 yil darajasida saqlab qolindi.
2011 yilning 1 yanvaridan boshlab, eskirgan asbob-uskunalar o’z vaqtida almashtirilishini rag’batlantirish maqsadida xo’jalik yurituvshi subektlar uchun (mikrofirma va kishik korxonalardan tashqari) foydali ish muddati tamom bo’lgan to’liq eskirgan asbob-uskunalardan foydalanganlik ushun dastlabki qiymatning 0.25 foizi miqdorida to’lov joriy etildi.
Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkasi 2012 yilda amal qilgan 0,9 foiz o’rniga 2013 yilda 1,04 foiz qilib belgilandi. Shu bilan birga shaharda joylashgan turar joylar, kvartiralarning umumiy maydonidan kelib chiqib quyidagi soliq stavkalari belgilandi:
200 kv. metrdan 500 kv. metrgacha bo’lgan hajmga – 1,25 foiz;
500 kv. metrdan yuqori bo’lgan hajmga –1,55 foiz.
jismoniy shaxslar mol-mulkini baholash bo’yicha organlar belgilagan inventarizatsiya qiymati bo’lmasa, soliq undirish uchun Toshkent shahri va viloyat markazlarida 18480,0 ming so’m, boshqa shaharlar va qishloq joylarda - 8030,0 ming so’m miqdorida mol-mulkning shartli qiymati qabul qilinadi;
soliq solinadigan mol-mulkka egalik qiladigan pensionerlar uchun mol- mulk solig’i bo’yicha soliq solinmaydigan umumiy maydonning 60 kv. m hajmida belgilanadi;
jismoniy shaxslar tomonidan turar joy fondi ob’ektlari noturar joy fond toifasiga o’tkazilganda yoki ular tomonidan noturar joy fond ob’ektlari (binolar, binodagi xonalar) mulk sifatida xarid qilinganda jismoniy shaxslar mol-mulkiga solinadigan soliq yuridik shaxslar ushun belgilangan stavka bo’yisha to’lanadi.
Yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig’i, yagona yer solig’i bo’yisha 2011 yilda amalda bo’lgan stavkalar o’rtacha 1,2 baravariga indeksatsiya qilindi.
Resurs soliqlari stavkalarining indeksatsiya qilinishi natijasida byudjetga
qo’shimcha 67,4 mlrd. so’m mablag’ tushishi ko’zda tutilgan.
Jismoniy shaxslardan transport vositalariga benzin, dizel yoqilg’isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliqning amaldagi stavkalari 2013 yilga quyidagicha belgilandi:
Benzin, dizel yoqilg’isi uchun 1 litrga stavka -240 so’m;
Suyultirilgan gaz uchun 1 litrga stavka -165 so’m;
Siqilgan gaz uchun metr kubda stavka -200 so’m.
Soliq stavkalarining oshirilishi evaziga byudjetga qo’shimcha 104,0 mlrd.
so’m mablag’ tushadi.
Byudjetdan tashqari jamg’armalarga majburiy to’lovlar bo’yicha:
respublika yo’l jamg’armasiga majburiy ajratma stavkasi 1,5 foizdan 1,4 foizga pasaytirildi;
pensiya jamg’armasiga majburiy ajratma stavkasi 1,5 foizdan 1,6 foizga oshirildi.
ta’lim muassasalarini rekonstruktsiya qilish bo’yicha jamg’armaga 0,5 foiz miqdorida majburiy ajratma belgilandi.
Ijtimoiy sug’urtaga majburiy badallar va ajratmalar bo’yicha:
yagona ijtimoiy to’lov stavkasi 25 foiz miqdorida saqlab qolindi;
fuqarolarning sug’urta badallari stavkasi 5,5 foizdan 6,0 foizga oshirildi. Keyingi yillarda tadbirkorlik sohasida qo’lga kiritgan yutuqlarimiz, avvalo,
mamlakatimiz iqtisodiyotini tubdan tarkibiy o’zgartirish va diversifikatsiya qilish, qisqa muddatda biz uchun mutlaqo yangi, iqtisodiyot tarmoqlarni barpo etish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash dasturlarini amalga oshirish, zamonaviy bozor infratuzilmasini shakllantirish borasida o’z vaqtida boshlangan, chuqur o’ylangan va uzoq istiqbolga mo’ljallangan ishlarimizning natijasi deb hisoblaymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |