Bitiruv malakaviy ishi mavzusining nazariy-amaliy ahamiyati.
Bitiruv malakaviy ishining nazariy ahamiyati shundaki, ish natijalaridan jismoniy shaxslarni soliqqa tortishni tadqiq etishga qaratilgan ilmiy ishlarda foydalanish mumkin. Bitiruv malakaviy ishi natijalarining amaliy ahamiyati shundaki, ishning xulosalari va amaliy takliflaridan jismoniy shaxslarni soliqqa tortishni takomillashtirish, o’quv uslubiy majmualarni yangilashda foydalanish mumkin.
Bitiruv malakaviy ishining tarkibi. Bitiruv malakaviy ishi kirish, uch bob, xulosa va takliflar hamda foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan tashkil topgan.
Bitiruv malakaviy ishning kirish qismida mavzuning dolzarbligi asoslab berilgan.
Bitiruv malakaviy ishning birinchi bobida O’zbekiston Respublikasining soliq siyosati va uning asosiy yo’nalishlari, davlat byudjeti daromadlari shakllanishida jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlarning o’rni va ahamiyati atroflicha o’rganib chiqilgan.
Ishning ikkinchi bobida jismoniy shaxslardan undiriladigan asosiy soliq turlaridan daromad solig’i tadqiq qilinib, uning hisoblanish uslubiyatlari yoritib berilgan. Bundan tashqari jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig’i va er solig’ini undirish jarayonlari amaliy ko’rsatkichlar asosida batafsil yoritib berilgan.
Bitiruv malakaviy ishning uchinchi bobida jismoniy shaxslarning daromadlaridan olinadigan soliqni maqbullashtirish masalalari va jismoniy shaxslardan undiriladigan mol-mul va er soliqlarini undirish bo’yicha amaliyotda vujudga kelayotgan muammolar o’rganilgan va ularni bartaraf etadigan bir qator asosli yo’nalishlar keltirib berilgan.
Mavzuni nazariy va amaliy ko’rsatkichlar asosida o’rganish orqali bitiruv malakaviy ishi yuzasidan tavsiyalar va takliflar keltirilgan.
I BOB. JISMONIY SHAXSLARDAN UNDIRILADIGAN SOLIQLARNING BYUDJET DAROMADLARIDAGI SALMOG’I VA SOLIQ SIYOSATINING ASOSIY YO’NALISHLARI
Byudjet daromadlarini shakllantirishda jismoniy shaxslar undiriladigan soliqlarning salmog’i
Mamlakatimiz davlat byudjeti tizimida respublika byudjeti asosiy o’rinni egallaydi. Respublika byudjeti umumdavlat resurslarining bir qismini bevosita davlat hokimiyatining ijro etuvchi va farmoyish beruvchi oliy organi – O’zbekiston Respublikasi hukumatida markazlashuvni ta’minlaydi.
Markazlashgan resurslar umumdavlat ahamiyatiga molik bo’lgan, umuman olganda jamiyat manfaatlarini ifodalaydigan tadbirlarni (xalq xo’jaligi ahamiyatidagi qurilishlarni, eng muhim ijtimoiy tadbirlarni, mudofaa, boshqaruv, tashqi iqtisodiy aloqalari, davlatning moddiy va moliyaviy zahiralarini) mablag’ bilan ta’minlashga ishlatiladi.
O’zbekiston Respublikasi davlat byudjet tizimining muhim tarkibiy qismini mahalliy byudjetlar tashkil etadi. Ular davlat hokimiyatining har bir mahalliy organi o’z faoliyatini amalga oshirishi ushun uning ixtiyorida moliyaviy baza yaratadi. Mahalliy byudjetlar tizimi mahalliy talab ehtiyojlarni to’laroq hisobga olish hamda davlat tomonidan markazlashgan tartibda amalga oshiriladigan tadbirlar bilan muvofiqlashtirib borish imkonini beradi. Mahalliy hokimiyat organlari mahalliy byudjet daromadlarining ko’payishi va resurslarning tejamkorlik bilan sarflanish tadbirlarini amalga oshiradi. Joylarda iqtisodiy va ijtimoiy yuksalish sur’atlari mahalliy xo’jalik salohiyatini safarbar qilish, mablag’larni tejab ishlatish bilan bevosita bog’liqdir. Bu esa o’z navbatida O’zbekiston Respublikasi davlat byudjetining muvaffaqiyatli bajarilishini ta’minlaydi. Mahalliy byudjetlar hisobidan uy-joy kommunal xo’jaligi va obodonlashtirish, maorif va sog’liqni saqlash muassasalari (maktablar,
kasalxonalar, maktabgasha tarbiya muassasalari va boshqalar), ijtimoiy ta’minot
sohasidagi tadbirlar mablag’ bilan ta’minlanadi.
Soliqlarning umumdavlat (respublika) va mahalliy soliqlarga bo’linishi hukumat idoralarining respublika hukumati va mahalliy hukumatlarga bo’linishi xususiyatidan hamda soliq tushumlarining yo’nalishidan kelib chiqadi. Har bir hokimiyat idoralari o’zlarining bajaradigan muhim vazifalaridan kelib chiqib, o’z byudjetiga va uni ta’minlaydigan manbalarga ega bo’lishi kerak. Respublika hukumati umumdavlat ko’lamida juda katta vazifalarni: mudofaa, xavfsizlikni saqlash, tartib intizom o’rnatish, bozor infratuzilmasini yaratish, mehnatkashlarning ijtimoiy himoyasini tashkil etish va boshqa bir qator yumushlarni bajaradi. Shuning ushun uning byudjeti ham, soliqlari ham salmoqli bo’lishi shart. Umumdavlat soliqlari har yili qonuniy tartibda belgilanadigan normativlar bo’yisha tegishli byudjetlar o’rtasida taqsimlanadi.
Mahalliy soliqlar - mahalliy hukumatlar bajaradigan vazifalarga qarab belgilanib, ularga doimiy va to’liq biriktirib berilgan. Mahalliy hukumatlar asosan mehnatkashlarga yaqin bo’lganligidan ular ijtimoiy masalalarni: maktab, sog’liqni saqlash, madaniyat, maorif, shaharlar va qishloqlar obodonchiligi kabi vazifalarni bajaradi. Lekin bu soliqlar va yig’imlar ularning byudjet xarajatlarining 30-40 foizini qoplaydi.
Mahalliy byudjetlar daromadlarini ko’paytirish eng dolzarb masalalardan biridir. Faqat o’z daromad manbaiga to’liq ega bo’lgan mahalliy hukumatlar o’z faoliyatlarini to’liq amalga oshirishlari mumkin. Aks holda har xil moliyaviy kamchiliklarga yo’l qo’yish ehtimoli bor.
Mahalliy byudjetlarning soliq va yig’imlari kam bo’lganligidan bu byudjetlarning daromad va xarajatlarini barqarorlashtirish (balanslashtirish) ancha murakkabdir.
Mulkchilik shaklidan qat’iy nazar O’zbekiston Respublikasi hududidagi yuridik va jismoniy shaxslar mahalliy soliqlar va yig’imlarni to’lovchilar bo’lib hisoblanadilar.
Soliq to’lovchi jismoniy shaxslarning byudjetda tutgan salmog’i hozirda 25 foizni tashkil etmoqda. Jismoniy shaxslar umumdavlat va mahalliy soliqlarni to’laydilar. Bu soliqlarni xisoblab chiqarish va to’lash tartiblari O’zR Soliq kodeksi bilan tartibga solinadi.
Hozirgi kunda mamlakatimizda, jismoniy shaxslar o’z daromadlaridan, mol-mulkidan va egallab turgan yerlaridan turli xil soliqlar hamda yig’imlar to’laydilar.
Jismoniy shaxsning huquq layoqati-bu fuqarolik huquqlari, burchlariga ega bo’lishi tushuniladi. Yuridik me’yorlarga muvofiq bu layoqat 18 - yoshda, ya’ni fuqaro balog’at yoshiga yetganda yuzaga keladi (F.K. - 22 modda).
Soliqlar va yig’imlar yordamida davlat ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish, tadbirkorlikning ustivor turlarini rag’batlantirish orqali eng zarur ijtimoiy muammolarni hal qilish dolzarb masalaga aylanib qoldi.
Jismoniy shaxslardan undiriladigan soliqlar ikki turga:
umumdavlat soliqlari;
mahalliy soliqlarga bo’linadi.
Jismoniy shaxslar umumdavlat soliqlaridan quyidagilarni to’laydilar:
jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i;
qo’shilgan qiymat solig’i:
aksiz solig’i (asosan chetdan olib kirilgan aksiz osti tovarlari ushun);
yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqlar;
suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq.
Jismoniy shaxslar mahalliy soliqlardan quyidagilarni to’laydilar:
yer solig’i;
mol-mulk solig’i;
jismoniy shaxslar transport vositalariga benzin, dizel yonilg’isi va suyultirilgan gaz ishlatganlik ushun soliq;
Jismoniy shaxslar tomonidan respublika byudjetiga undiriladigan umumdavlat soliqlari.
Jismoniy shaxslar tomonidan olinadigan daromad solig’i.
Jismoniy shaxslarning ish haqi, mukofotlari va boshqa daromadlari progressiv (tabaqalashtirilgan) stavkalarda soliqqa tortiladi.
Jismoniy shaxslar tomonidan olinadigan daromadlar tarkibiga:
-mehnatga haq to’lash tarzidagi daromadlar;
-mulkiy daromadlar;
-moddiy naf tarzidagi daromadlar;
boshqa daromadlar kiradi.
jadval
Davlat byudjeti daromadlari tarkibida jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’ining dinamikasi2
mln. so’mda
Do'stlaringiz bilan baham: |