Bog'liq moliya kafedrasi odilov sardor qamaridinovich davlat budjeti d
III BOB. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BUDJETI BARQARORLIGINI TAMINLASHDA EGRI SOLIQLAR SALMOG’INI OSHIRISHNING USTUVOR YO’NALISHLARI
Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida egri soliqlarni undirish mexanizmini takomillashtirish yo‘nalishlari Bitiruv malakaviy ishimizning mazkur savolini biz ikki yo‘nalishda, ya’ni qo‘shilgan qiymat solig‘i va aksiz solig‘ini
takomillashtirish yo‘nalishlarini belgilash orqali yoritmoqdamiz.
Qo‘shilgan qiymat solig‘ini takomillashtirish. Mamlakatamizda inqirozga qarshi choralar dasturida qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblash mexanizmini takomillashtirishga alohida e’tibor qaratilgan. Mamlakatning eksport qiluvchi korxonalarini qo‘llab-quvvatlashda qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini qaytarish muddatini 30 kundan 20 kungacha qisqartirish korxonalarning moliyaviy resurslar bilan ta’minlanishini kuchaytiradi.
Import qilinayotgan tovarlar, ishlar va xizmatlarni qo‘shilgan qiymat solig‘iga tortishda har bir mamlakat ancha ehtiyotkorlik bilan yondashadi. Chunki import qilinayotgan tovar, ish va xizmatlarining ushbu soliqqa tortilishi tashqi savdo operatsiyalari bilan bog‘liq masaladir. Respublikamizda import qilingan tovarlar bo‘yicha hisobga o‘tkazilgan qo‘shilgan qiymat solig‘ini aniqlashda importchi tomonidan olib kirilayotgan tovar bojxona qiymatiga nisbatan hisoblab chiqarilgan qo‘shilgan qiymat solig‘i miqdori hisobga o‘tkaziladi. Lekin importchi tomonidan bayon qilingan bojxona qiymatiga nisbatan bojxona idoralari tomonidan hisoblanib aniqlangan bojxona qiymati o‘rtasida farq bo‘lishi mumkin. Bunday hollarda hisobga o‘tkazilgan qo‘shilgan qiymat solig‘i miqdori importchi tomonidan bayon qilingan bojxona qiymatidan kelib chiqib hisoblangan QQS miqdoridan kelib chiqib aniqlanadi, haqiqatda to‘langan QQS miqdori bilan hisobga o‘tkazilgan QQS o‘rtasidagi farq miqdori import qilinib olib kirilayotgan tovarlarning narxiga kiritiladi.
Bu holat birinchidan, hisobga o‘tkazilgan qo‘shilgan qiymat solig‘ini aniqlashdagi qonuniy talablarini buzilishini keltirib chiqarmoqda. Shunga asosan import tovarlari bo‘yicha hisobga o‘tkaziladigan qo‘shilgan qiymat solig‘i miqdorini aniqlashda bojxona idoralari tomonidan import qilinayotgan tovarlarni olib kirilishida haqiqatda to‘langan qo‘shilgan qiymat solig‘i asos qilib olinishi maqsadga muvofiqdir. Bu qonun osti me’yoriy hujjatlarining yakdilligini ta’minlaydi, shu bilan birga import tovarlarini asossiz oshib ketishiga yo‘l qo‘ymaydi. Shunga asosan import tovarlari bo‘yicha hisobga o‘tkaziladigan qo‘shilgan qiymat solig‘i miqdorini aniqlashda bojxona idoralari tomonidan import qilinayotgan tovarlarni olib kirilishida haqiqatda to‘langan qo‘shilgan qiymat solig‘i asos qilib olinishi maqsadga muvofiqdir. Bu qonun osti me’yoriy hujjatlarining yakdilligini ta’minlaydi, shu bilan birga import tovarlarini asossiz oshib ketishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Korxonalarda boqimanda qarzlarning vujudga kelishiga yuzaki qaraganda, ularning moliyaviy faoiyatiga katta ta’sir etmaydigandek tuyuladi. Mavjud debitor qarzlari undirilgandan so‘ng boqimanda qarzlar yopiladi, lekin korxona boqimanda qarzlarga ega bo‘lib turgan muddatda mol etkazib beruvchilar bilan hisob-kitob qilish imkoniga ega bo‘lmaydi, chunki amaldagi qonunchiliklarga asosan birinchi navbatda byudjet oldidagi qarzdorlik yopilishi zarur. Demak korxonaning ishlab chiqarish sikli sekinlashadi va bu moliyaviy faoliyatga salbiy ta’sir etadi.
Byudjetdagi mutanosiblikni kuchaytirish maqsadida, soliq siyosatini takomillashtirish bilan bir qatorda, korxonalarning moliyaviy intizomini mustahkamlash, to‘lov aylanmasini bir me’yorga keltirish, to‘lamaslikning debitorlik va kreditorlik qarzlarining salbiy oqibatlarini to‘gatish katta ahamiyatga ega, bu esa oqibatda boqimanda qarzlar miqdorini kamaytirishga olib keladi.
Shunga qaramay soliq turlari bo‘yicha qarzdorlikning yuqori darajada saqlanib qolishi QQSni hisoblanishi va undirilishida surunkali muammoning
mavjudligini va bu qarzdorlikni bartaraf etilishi bo‘yicha takliflarning ishlab chiqilishi zarurligini isbotlab turibdi.
Korxonalarda boqimanda qarzlarning vujudga kelishiga yuzaki qaraganda, ularning moliyaviy faoiyatiga katta ta’sir etmaydigandek tuyuladi. Mavjud debitor qarzlari undirilgandan so‘ng boqimanda qarzlar yopiladi, lekin korxona boqimanda qarzlarga ega bo‘lib turgan muddatda mol etkazib beruvchilar bilan hisob-kitob qilish imkoniga ega bo‘lmaydi, chunki amaldagi qonunchiliklarga asosan birinchi navbatda byudjet oldidagi qarzdorlik yopilishi zarur. Demak korxonaning ishlab chiqarish sikli sekinlashadi va bu moliyaviy faoliyatga salbiy ta’sir etadi.
Qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha boqimanda summalarning paydo bo‘lishi birinchi navbatda bajarilgan ishlar, ko‘rsatilgan xizmatlar hisobiga buyurtmachilar tomonidan pul mablag‘larini o‘z vaqtida kelib tushmasligi bilan bog‘liqdir. Respublikamizda aksariyat hollarda buyurtmachilar bo‘lib byudjet tashkilotlari maydonga chiqadi.
Ma’lumki hozirgi mahsulotlarni jo‘natish tartibiga muvofiq 15 foizli oldindan to‘lov amalga oshirilib keyin mahsulotlar yuboriladi. Lekin oldindan amalga oshirilgan to‘lovlar miqdori korxonaning soliq to‘lovlari bo‘yicha hisob- kitoblarni amalga oshirish uchun etarli darajada emas, chunki respublikamiz bo‘yicha soliq yuki byudjetdan tashqar ajratmalarsiz 20 foizni tashkil etadi.
Shundan kelib chiqib, mahsulotlar jo‘natishdagi oldindan to‘lov miqdorining kamida 30 foizga etkazilishi soliq to‘lovlari bo‘yicha boqimandalarni, shuningdek boqimandalar salmog‘idagi eng yuqori ko‘rsatkichni egallab turgan qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha boqimanda miqdorlarini kamayishiga olib keladi hamda korxonada sog‘lom moliyaviy muhitni yaralishiga asos bo‘lib xizmat qiladi.
Bugungi kunda jahon soliq amaliyotida ijtimoiy maqsadlar uchun tabaqalashtirilgan soliq stavkalaridan keng va samarali foydalanib kelinmoqda. QQS qo‘llaniladigan barcha rivojlangan davlatlarda 3 xil stavkalar, ya’ni eng yuqori (zeb-ziynat buyumlari, tamaki, alkogol); o‘rta (barcha tovar va xizmatlarga)
va pasaytirilgan stavka (birinchi darajali zaruriy xizmatlarga, oziq-ovqat mahsulotlariga, medikamentlar, uy-joy, transportga) qo‘llaniladi. Bir muncha murakkabliklarga qaramay, ular ancha muvaffaqiyatli qo‘llanilib kelinmoqda va katta ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lmoqda. Chunki pasaytirilgan stavkalar umumiy
stavkalardan bir qadar pastroq qilib belgilangan.
Rivojlangan davlatlarda qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha tabaqalashgan stavkalarning qo‘llanilishi uning regressivligini kamaytiradi. Ammo respublikamizda qo‘shilgan qiymat solig‘idan tabaqalashtirilgan stavkalar qo‘llanilmaydi. To‘g‘ri, respublikamiz soliq qonunchiligida qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha birinchi iste’mol mahsulotlari bo‘lgan besh turdagi tovarlarga imtiyoz sifatida 1998 yil 10 foizli, 1999 yil 15 foizli pasaytirilgan stavkalar qo‘llanilgan. Respublika soliqqa tortish amaliyotida qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha qo‘llanilgan pasaytirilgan stavkalarning ijtimoiy ahamiyati arzimas darajada bo‘lganligi, hisob-kitoblarda anglashilmovchiliklarga yo‘l qo‘yilganligi natijasida ular 2000 yildan bekor qilindi.
Respublikamizda amalga oshirilayotgan soliq islohotlarida soliq tizimida ijtimoiy maqsadlar uchun berilgan imtiyozlarni saqlab qolgan holda soliq stavkalaridan ham ijtimoiy maqsadlar uchun foydalanishni takomillashtirish maqsadga muvofiq. Jumladan, respublika soliq tizimida asosiy soliq hisoblangan qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha tabaqalashgan stavkalarni amaliyotga joriy etish va ijtimoiy muammolarni hal etish uchun foydalanish lozim. Mamlakatning ijtimoiy maqsadlaridan kelib chiqib qo‘shilgan qiymat solig‘idan nol darajali stavka bo‘yicha soliq solinadigan oborotlarni kengaytirish maqsadga muvofiq. Bizningcha, respublikada medikamentlar ishlab chiqaruvchi va aholiga meditsina xizmatlarini ko‘rsatuvchilarga ham nol darajali stavkani qo‘llash lozim.
Aksiz solig‘ini takomillashtirish. Aksiz solig‘ining fiskal ahamiyati boshqa soliqlarga qaraganda ancha yuqori ekanligi, mazkur soliq mexanizmini takomillashtirishga ehtiyotkorona bo‘lishni taqozo etadi. Shu bois,
respublikamiz soliq tizimini isloh qilishda aksiz solig‘ini takomillashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. So‘nggi yillar davomida aksiz solig‘i borasida amalga oshirilgan o‘zgarishlar shubhasiz, respublika soliq tizimini samarali tashkil etish uchun xizmat qilib kelmoqda. Bu borada aksiz solig‘i qo‘llaniladigan tovarlarning keskin kamaytirilishi bilan birga, so‘nggi yillarda aksiz solig‘i stavkalarining qat’iy miqdorlarini qo‘llanilishi va 2008 yildan e’tiboran aksiz solig‘ini hisoblash mexanizmiga kirtitilgan o‘zgarish mazkur soliqni ancha soddalashtirishga va erkinlashtirishga, eng asosiysi soliq yukini yashiringan qismini oshkora qilib belgilanganligi bilan ahamiyatlidir. 2008 yil 1 yanvardan aksiz solig‘i bo‘yicha respublikamizda ishlab chiqarilgan mebellar, billurdan tayyorlanadigan buyumlar, video va audio uskunalariga aksiz solig‘i bekor qilindi. Alkogol va tamaki mahsulotlari bo‘yicha aksiz solig‘i stavkalari birxillashtirildi.
Aksiz solig’idagi muammolardan biri shuki, ayrim tovarlar buyicha, ya’ni juda ham zarur bo‘lmagan va boylik belgisi hisoblangan zargarlik buyumlari, chinni servislari va boshqa ayrim tovarlar bo‘yicha soliq stavkasi juda past, lekin ishlab chiqarish va xo‘jalik maqsadlari uchun zarur bo‘lgan neft mahulotlarining soliq stavkasi nisbatan yuqori foizni tashkil etadi, bu esa albatta jamiyat miqyosida boshqa tovarlar narxining o‘sishiga olib keladi. Biroq shuni ham ta’kidlab o‘tish kerakki, ushbu soliq stavkasining neft mahsulotlariga nisbatan ko‘tarilishining ijobiy tomonlari ham mavjud. Jumladan, bu ishni amalga oshirish bilan boshqa soliq stavkalarining pasayishiga olib keladi. Mamlakatda hozirgi kunda ayrim xizmatlarga ham aksiz solig‘ini joriy qilish sharoiti yuzaga kelgan. Bunday xizmatlar ichida birinchi nomzodi sifatida uyali aloqa xizmatini aytish mumkin. Ushbu xizmat turiga aksiz solig‘i joriy etish aksizlarning asl mohiyatiga ham to‘g‘ri keladi.
Chunki, birinchidan, aksiz solig‘i inson sog‘lig‘i uchun zararli bo‘lgan mahsulotlarga nisbatan qo‘llaniladi. Uyali aloqa ham insonga nurlanish orqali zararli hisoblanadi. Ushbu xizmat bozoridagi hozirgi raqobat sharoitida uyali aloqa xizmatidan foydalanganlik uchun haq keskin pasayib borayotganligi
ushbu xizmatdan foydalanishni rag‘batlantirmoqda va ulardan foydalanuvchilarning soni ham ko‘payib bormoqda.
Mana shuning o‘zi aksizlarning ikkinchi xususiyatini namoyon qilishga zamin yaratmoqda, ya’ni uyali aloqa xizmatidan foydalanish ko‘lamining kengligi unga aksiz solig‘i joriy qilish uchun qulay sharoitdir, yoki fikrimizni talab va taklif qonuni asosida tushuntiradigan bo‘lsak, uyali aloqa xizmatiga bo‘lgan talab unga bo‘lgan taklifga nisbatan elastikroqdir.
Uchinchidan, uyali aloqa xizmatidan asosan aholining boy va o‘rta hol qatlami foydalanadi. Demak, shu nuqtai-nazardan unga aksiz solig‘ini joriy qilinishi soliqning ijtimoiy funksiyasini ham amalga oshishini ta’minlaydi.
To‘rtinchidan, uyali aloqa xizmati xaridorgir, bozori chaqqon tovar bo‘lganligidan, shuningdek ushbu xizmatning taklifi juda xarajattalab emasligidan unga aksiz solig‘ini joriy qilinish davlat byudjetining yana bir barqaror daromad manbaini shakllantirish imkoniyatini beradi. Shuningdek, uyali aloqaga aksiz solig‘ining joriy qilinishi o‘simlik yog‘iga qo‘llanilayotgan aksiz solig‘ini pasaytirish yoki butunlay olib tashlash imkoniyatini yaratadi. Bu esa, iste’molga soliqlar yukining adolatli taqsimlanishini ta’minlaydi. Bizningcha, respublikada tashqi iqtisodiy munosabatlarni tarif tizimi orqali tartibga solishni takomillashtirish uchun bojxona to‘lovlari stavkalarini, jumladan aksiz solig‘i stavkalarini qayta ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq. Amalda qo‘llanilayotgan stavkalarning ko‘pligi va ularning miqdorini yuqoriligi, ichki bozorda import tovarlarining bahosini o‘sishiga olib kelmoqda. Bu holat, mamlakatda valyuta kursining barqaror darajadasaqlanishiga qaramasdan, import tovarlari bahosining o‘sishiga sababbo‘lmoqda.
Egri soliqlar tizimida aniq masalalar shu soliq xususiyati va vazifalaridan kelib chiqkan holda hal etilishi kerak, balki bu soliq turiga unga xos bo‘lmagan boshqa vazifani qo‘llash bilan emas. Faqatgina shunda egri soliqlar tizimini bir qolipga keltirish mumkin. Shuning uchun aksiz solig‘i doirasida yangiliklar kiritish kerak, ya’ni stavkalarni belgilashda tovarlarning talab egiluvchanligiga e’tibor berish, qat’iy aksizosti tovarlar ro‘yxatini
belgilash kabilar. Boshka mamlakatlar bilan savdo aloqalariga ega ekanmiz, shu nuqtai nazardan ham aksizlarda yangilik qilish darkordir. Shular bilan bir qatorda mamlakat ichkarisida ishlab chiqarilayotgan tovarlar himoyasi uchun, masalan, video va audio apparaturalar, dorilar kabi tovarlarga nisbatan soliq va bojxona nazoratini o‘rnatish maqsadga muvofiq bo‘lar edi.
O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini rivojlantirishning hozirgi bosqichida xo’jalik subeklarining investitsion faoligini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Buning sababi shundaki, milliy iqtisodiyotni rivojlantirishning daslabki bosqichlarida asosiy e’tibor davlat budjeti mablag’lari va hukumatning kafolatlari asosida jalb qilingan xorijiy investitsiyalar va kreditlar hisobidan investitsion jarayonlarni moliyalashtirishga qaratildi. Davlat tomonidan investitsion jarayonlarni moliyalshtirish makroiqtisodiy barqarorliknin ta’minlashda muhim rol o’ynadi. Hozirgi kunda investitsion jarayonlarni moliyalashtirishda xo’jalik subektlarni mavqeni oshirishga qaratilmoqda. Bunda asosiy e’tibor korxonalar-ning o’z mablag’lari va tijorat banklari kreditlarining investitsion jarayonlarni moliyalashtirish manbalarining umumiy hajmidagi salmog’ini oshirishga qaratilmoqda.
Prezidentimiz I. A. Karimov mamlakatimizdagi investitsion jarayonlarni moliyalashtirishning zamonaviy holatini tahlil qilar ekan, jumladan shunday xulosaga keldilar: “Mamlakatimiz iqtisodiyotiga investitsiya kiritish hajmi yalpi ichki mahsulotga nisbatan 23 foizdan iborat bo‘ldi.O‘zlashtirilgan umumiy kapital qo‘yilmalar hajmining 3 milliard dollardan ortig‘ini xorijiy investitsiyalar tashkil etdi. Shuning 72 foizdan ziyodi yoki 2 milliard 200 million dollari to‘g‘ridan- to‘g‘ri xorijiy investitsiyalardir. O‘ylaymanki, hammamiz yaxshi ang-lab olganmiz: agar o‘zimiz harakat qilmasak, chetdan sarmoya va investitsiyalarning mamlakatimizga, o‘lkamizga kirib kelishi uchun qulay sharoit va imtiyozlar tashkil
etmasak, kerak bo‘lsa, ayni shu yo‘nalishda astoydil, butun vujudimiz bilan ishlamasak, bunday raqamlarni tushimizda ham ko‘rmasdik. Bu – aniq gap”.37 Bilvosita soliqlar korxonalar faoliyatiga neytral (xolis) pozitsiyadadir, degan nazariyadan kelib chiqib, respublikamizda ularni fiskal ahamiyatiga qarab katta e’tibor berilmoqda. Soliq solinadigan bazalarni aniqlashda, soliq summasini hisoblashda, byudjetga undirilishda, imtiyozlar berishda qator kamchiliklar mavjud:
Bular qatoriga qo’shilgan qiymat solig’ini (QQS) to’laydigan ayrim korxonalar faoliyati xususiyatlarini hisobga olmaslik ham kiradi. Ayrim korxonalarda faqat o’z faoliyati natijasida yaratilgan qo’shilgan qiymatgina soliqqa tortilmay, balki mahsulotni ishlab chiqarish uchun ketgan xom-ashyo bo’yicha ham QQS to’lash;
Olingan daromadni emas, kutilayotgan daromadni soliqqa tortish;
Birlamchi ehtiyojga ega bo’lgan oziq-ovqat mahsulotlarini soliqqa tortish va hokazo.
Masalan, bular tarkibida mahsulotni etkazib berish davrida QQSning hisoblanishi, hali kelib tushmagan mablag’lar uchun korxona xomashyo materiallarini QQS to’lamaydigan korxonalardan sotib olgan sharoitda, aylanma mablag’lar hisobidan QQSning to’lanishi natijasida ularning (aylanma mablag’larning) bir qismi cheklanishiga olib kelmokqa. Jo’natilgan tovarlar uchun mablag’lar o’z vaqtida kelib tushmasligi natijasida QQS bo’yicha boqimanda miqdorlari ko’payishi, boqimanda hisobidan penya hisoblab olinishi, korxonalarning moliyaviy faoliyatiga salbiy ta’sir ko’rsatmoqda.
Korxonalarni aylanma mablag’lari boshqa maqsadlarga yo’naltirilishi, ixtiyorida qoladigan sof-foydani kamayishi QQSni hisoblash usulini o’zgartirishni talab qilmoqda. U ishlab chiqarilgan mahsulot uchun QQSni to’lash majburiyatini
37 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning mamlakatimizni 2013-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2014-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi. Toshkent. 18.01.2014
jo’natilgan mahsulot uchun mablag’ kelib tushgan paytda amalga oshirilishni ko’zda tutadi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 567-sonli qarorida korxonalarning o’z aylanma mablag’laridan oqilona foydalanishni ta’minlash maqsadida QQS bo’yicha to’lovlar sonini va muddatini bir oyda 2 martadan bir martagacha kamaytirildi.
Soliqlar yalpi ichki mahsulot va uning tarkibiy qismi bo’lgan milliy daromadni qayta taqsimlashda ishtirok etib, yagona takror ishlab chiqarish jarayonining bir qismi, ishlab chiqarish munosabatlarining o’ziga xos shakli hisoblanadi. Bular soliqlarning ijtimoiy mazmunini shakllantiradi. Soliqlar jamiyatdagi taqsimlash munosabatlarining tarkibiy qismi sifatida ishlab chiqarish qonuniyatlarini o’zida ifoda etadi.
Korxonalarning investitsiya faoliyatini rag’batlantirishda qo’shilgan qiymat solig’i muhim rol o’ynaydi. Bunda qo’shilgan qiymat solig’iga tortilmaydigan oborot miqdorini belgilash, ayrim korxonalarga va ayrim opertasiyalarga nisbatan soliq imtiyozlarini belgilash asosiy o’rinni egallaydi. Xususan, qo’shilgan qiymat solig’i bo’yicha soliqqa tortilmaydigan oborot miqdorini belgilash kichik biznes korxonalariga faoliyatlarini rivojlantirish uchun kuchli turtki beradi. Buning natijasida ular tomonidan ishlab chiqarilgan tovarlarning raqobatbardoshligi oshadi. Bu esa, o’z navbatida, tovarlarni sotishdan olingan tushumlar summasini ko’payishiga olib keladi va pirovard natijada investitsion xarajatlarni moliyalashtirishning muhim manbai bo’lgan sof foydaning miqdori oshadi.
Aksiz solig’i investitsion jarayonlarga faol tarzda ta’sir ko’rsatuvchi asosiy soliq turlaridan biri hisoblanadi. Aksiz solig’i, birinchi navbatda, fiskal funksiyasini bajarishga yo’naltirilgan. Ayni vaqtda uning iqtisodiy funksiyasidan foydalanish uchun ham yetarli darajada imkonyatlar mavjud. Aksiz solig’i bo’yicha maxsus stavkalarni belgilash va soliqqa tortish obektini aniqlashda o’zgartirishlar kiritish yo’li bilan aksiz solig’iga tortiladigan tovarlar ishlab chiqaruvchi korxonalarning rentabelligiga ta’sir ko’rsatishi mumkin.
Mamlakatimizda xo’jalik subektlarining investitsion faolligini oshirishda soliqlar ta’sirini kuchaytirish maqsadida quyidagi tadbirlarni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir:
mahsulot tannarxiga kiritiladigan xarajat turlarining darajasini mo’tadil- lashtirish maqsadida bank kreditlari bo’yicha foiz to’lovlarini Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasidan kelib chiqqan holda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar tannarxiga kiritishni joriy qilish lozim;
xo’jalik sub’ektlarining investitsion faolligini oshirish maqsadida ularning soliq to’lovlari hajmida asosiy o’rinni egallaydigan soliqlarni oqilona darajaga keltirish lozim;
xo’jalik sub’ektlarining investitsion xarajatlarini moliyalashtirishning asosiy manbalaridan biri bo’lgan amortizatsiya ajratmalaridan foydalanish samaradorligini oshirish lozim.
Iqtisodiyotni moderniaztsiya qilish sharoitida davlat budjeti daromadlarini barqarorligini ta’minlashda soliq imtiyozlaridan keng foydalaniladi.
Ularning ushbu mavzuga oid qarashlari o’z navbatida soliq imtiyozlariga ham bevosita taalluqli bo’lgan. Bu fikr-mulohazalar nafaqat soliq imtiyozlariga yondashuvning har xil bo’lishini, balki uning tadbirlari tizimini izohlashda ham keskin farqlanadi. Jumladan, F. Akvinskiy soliqlar masalasida “talonchilikning ruxsat etilgan shakli”38 deb ta’rif bergan va soliq to’lovchilarga nisbatan yengillik berishni tarafdori bo’lgan. Olim va davlat arbobi L. Erxard esa, soliqlardan imtiyoz berish kerakligini ta’kidlagan holda, bu maqsadga erishi mushkul ekanligini tan oladi. “Barcha fuqarolarning, xo’jalik yurituvchi doiralarning soliq yukini pasaytirish haqidagi istaklarini adolatli deb tan olish mumkin”. Ammo bunda u maqsadga erishish vositalai haqida ham gapirib o’tadi: agar talab qilingan “xarajatlar barqarorligiga erishilganda edi, unumdorlik sur’atlari shunday shiddat bilan o’sar ediki, soliqlarni qanday pasaytirish yetarli ekanligini his qilish va hisoblash oson bo’lar edi”.
38 Пушкареваю. В. М. История финансовой мысли и политика налогов. М.: Инфра-М. 2008. с. 170
Mamlakatimiz taniqli iqtisodchi olimlaridan T. Malikov, O. Olimjonov, N. Haydarov, E. Akramov, Q. Yaxyoyev, O. Imonov, E. Gadoyev va boshqalar soliq itiyozlarini qo’llash hususida samarali ilmiy izlanishlar olib borganlar va mihim nazariy va amaliy ahamiyatga ega bo’lgan xulosalarni shakllantirganlar. Masalan, prof. T. Malikov soliq imtiyozlaridan foydalanish samaradorligini oshirishda soliq va imriyoz o’rtasidagi dialektik bog’liqlikni soliq imtiyozlarini joriy etish hisobiga olmaslik hamda ushbu bog’liqlikni ongli ravishda buzish davlatning moliyaviy ahvolini zaiflashuviga, budjet taqchilligini vujudga keltiruvchi asosiy sabablardan biri ekanligini ko’rsatdilar. Mazkur holatni yuzaga kelishi soliq bo’yicha imtiyozlar o’z vazifasini bajarmaganida, o’z maqsadiga erishmaganida, maqsadsiz, befoyda imtiyoz berilganligidan dalolat beradi.
Prof. N. Haydarov soliq imtiyozlaridan xorijiy investitsiyalarni jalb etish
ning muhim vositasi sifatida foydalanish masalasini ilmiy jihatdan tadqiq qilar ekan, xorijiy investitsiyali korxonalarga ularning ustav fondidagi xorijiy investorning ulushiga bog’liq ravishda soliq imtiyozlarini berish xorijiy investorlar- ning ham, mahalliy investorlarning ham, korxona ishlab chiqarish faoliyatining samaradorligini oshirishdan manfaatdorligini kuchaytiradi, degan xulosani shakllantirgan.
G’arb mamlakatlarida soliq imtiyozlari, birinchi navbatda, investitsiyalarni va ilmiy-texnika faoliyatini, shuningdek, ayrim tarmoqlar va mintaqalarni rivojlantirishni rag’batlantirish uchun joriy qilinadi. Butun mamlakat miqyosida, mintaqa doirasida va alohida faoliyat sohalarida investitsiya, ilmiy-texnika faoliyati hamda tadbirkorlikni rag’batlantirishga qaratilgan soliq imtiyozlari eng barqaror hisoblanadi. Soliq imtiyozlari, soliq krediti (foyda solig’idan chegirma ko’rinishida); foydaning soliqqa tortiladigan summasini kamaytirishdan tashlama; soliqdan butunlay ozod qilish yoki pasaytirilgan soliq stavkalarini belgilash; jadallashtirilgan amortizatsiyani qo’llash shakllarida beriladi.
Respublikada amalda bo’lgan soliq imtiyozlarini to’rt guruhga bo’lish mumkin:
soliq to’lahdan vaqtinchalik ozod qilish;
soliq tortiladigan bazani toraytirish;
soliq stavkasini kamaytirish;
soliq majburyatlarini bajarishni kechiktirish (soliq krediti).
Keltirilgan rag’batlar ayniqsa chet el investitsiyalaridan foydalanayotgan hamda eksport salohiyatini kengaytirayotgan xo’jalik sub’ektlariga keng qo’llaniladi. Jumladan, korxonalarning eksport salohiyatini kengaytirish maqsadida yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i stavkasi agar korxona ishlab chiqargan mahsulotini 15 foizdan 30 foizgacha bo’lgan qismini eksport qilsa 30 foizga, 30 foizdan yuqori qismini eksport qilsa unda 50 foizgacha kamaytitiladi39.
O’zbekiston Respublikasi soliq amaliyotida korxonalarimiz uchun imtiyozlar tizimi tahlilida daromad solig’i bo’yicha imtiyozlar, qo’shilgan qiymat solig’i bo’yicha imtiyozlar, aksiz solig’i bo’yicha imtiyozlar, mol-mulk solig’i bo’yicha imtiyozlarga to’xtalib o’tish kerak. Chunki davlat budjeti daromadlari-ning katta qismi ushbu soliqlar hissasiga to’g’ri keladi.
O’zbekiston Respublikasida QQS orqali korxonalarning eksport salohiyati yuksaltirishda faol tarzda foydalanilmoqda. Ya’ni eksportga 0 foizli stavka qo’llaniladi va bu orqali tadbirkorlik subektlarini eksport salohiyatini kengaytirib borilmoqda. Buning natijasida davlat budjetida QQSning ulushi 2005-yildagi 35.7 foiz o’rniga 2014-yilda 30.2 foizni tashkil etmoqda. Bu holatni ijobiy baxolash mumkin, chunki raqobatli bozor sharoitida milliy maxsulotlarimizni jahon bozoridagi o’rnini mustahkamlashga keng imkoniyatlar yaratadi.
Aksiz solig’i bo’yicha berilgan imtiyozlarni o’rganish shuni ko’rsatdiki, birinchidan, aksiz solig’ining funksiyasi to’liq saqlanib qolingan, chunki iqtisodiyotning asosiy tarmoqlariga mansub korxonalar tomonidan ishlab chiqariladigan aksizosti tovarlar bo’yicha cheklanagan miqdorda imtiyozlar joriy qilingan; ikkinchidan aksiz solig’i, asosan, ijtimoiy zararli, ikkinchi darajali iste’mol qilinadigan hamda shohona buyumlarga nisbatan yuqori belgilangan.
39 O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasining 2014-yilgi asosiy makroiqsodiy ko’rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to’g’risida”gi PQ-2099-sonli Qarori. 25.12.2013
Bundan xulosa shuki, aksiz solig’i to’liq fiskal funksiyani bajaradi hamda ijtimoiy zararli mahsulotlar iste’molini cheklashga xizmat qiladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida soliq siyosatining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Iqtisodiyotda ishlab chiqarish jarayonini pasayib ketishiga yo’l qo’ymaslik; ya’ni ishlab chiqarishni rag’batlantirishga yo’naltirilgan chora- tadbirlar ishlab chiqish. Buning uchun soliq siyosati sohasida soliq stavkalarini pasaytirish, yangi investitsiyalar uchun soliq imtiyozlarini berish, tezlashtirilgan amortizatsiyani qo’llash kabi tadbirlar amalga oshiriladi.
Soliq siyosatini takomillashtirish; soliqning iqtisodiyotga ta’sirini kuchaytirish:Soliq tizimining ishlab chiqarishni rivojlantirishga, moddiy- tabiiy moliyaviy va mehnat resurslaridan, to’plangan mol-mulkdan samarali foydalanishga rag’batlantiruvchi ta’sirini oshirish;Korxonalar zimmasidagi soliq yukini keskin kamaytirish, qo’shilgan qiymat va foyda solig’idan olinadigan soliq stavkasini kamaytirish va shu asosda ishlab chiqarishni jonlantirishga turtki berish;
Soliq siyosati belgilab bergan chora-tadbirlarni amaliyotga tadbiq etuvchi tegishli moliya mexanizmini ishlab chiqish va takomillashtirishdan iboratdir.