I bob bo’yicha xulosa
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, mamlakatimiz budjeti daromadlarida egri soliqlarning salmog’ini oshirish va ayniqsa, qo’shilgan qiymat va aksiz soliqlarini budjet daromadlaridagi barqarorligini taminlash lozim. Bundan tashqari, qo’shilgan qiymat solig’ini undirishda soliqni oldindan undirish holatlarini yo’q qilish lozim. Buni shunday izohlash mumkinki, qo’shilgan qiymat solig’ida soliqning budjetga to’lanishi ishlab chiqarilgan mahsulot sotilishidan oldingi
davrga to’g’ri kelmoqda. Bu o’z navbatida, korxonaning moliyaviy holatiga tasir ko’rsatib, korxonaning investitsion faoliyatini qisqartiradi. Yani, soddaroq qilib aytadigan bo’lsak, mavjud bo’lmagan daromad uchun soliq olinadi. Bu o’z-o’zidan milliy ishlab chiqarishga salbiy tasir ko’rsatadi va kelajakda korxonalar tomonidan davlat budjetiga to’lanadigan soliqlarning qisqarishiga va natijada, budjet daromadlarining kamayishiga olib keladi.
II BOB. DAVLAT BUDJETI DAROMADLARINI SHAKLLANTIRISHDA EGRI SOLIQLARNING AMALDAGI HOLATI TAHLILI
Davlat budjetida egri soliqlar tarkibi va o’zgarish dinamikasi tahlili
Tarixan soliqlar har qanday davlat budjeti shakllantirishning asosiy manbalaridan biri bo’lib hisoblanadi. Soliq tushumlari hisobidan davlat qurilish va jamiyatni ta’minlash uchun zarur bo’lgan pul mablag’lari jalb qilinadi. O’zining mohiyatiga ko’ra soliqlar davlat budjetining yuqori daromadli manbalaridan biri hisoblanadi. Buning boisi shundaki, birinchidan, soliqlar davlat budjeti tomonidan qaytarib berilmaslik sharti bilan undiriladi; ikkinchidan, ular budjetning davlat xarajat qilmaydigan qismi hisoblanadi15.
O’zbekiston Respublikasida bozor munosabatlarini shakllantirish mamlakat prezidenti I. A. Karimov tomonidan ishlab chiqilgan besh asosiy tamoyilga asosan amalga oshirildi. Mazkur tamoyillardan biri davlatning bozor munosabatlariga o’tish sharoitida bosh islohotchilik rolini bajarish hisoblanadi. Bu esa, iqtisodiyotga davlat aralashuvining faolligini belgilab beradi. Shubhasiz, bu jarayonda asosiy o’rinni birinchi boshqaruv vositasi sifatida soliqlar egallaydi. Prezidentimiz I. A. Karimov soliqlarning iqtisodiyotni boshqarishdagi ahamiyatiga to’xtalib, jumladan shunday deganlar: “Bozor munosabatlariga o’tish sharoitida soliqlar iqtisodiy siyosatni amalga oshirishda eng muhim boshqaruvchi omil bo’lib qoladi”.16
Yuqoridagi bayon etilgan holatlarning natijasi o’laroq, O’zbekiston Respublikasi davlat budjetining daromadlari tarkibida soliqlarning yuqori salmoqni egallashi yuzaga kelgan. Bu tabiiy holat hisoblandi. Chunki ilk davlatlar paydo
15 A. Jo’raev. Davlat budjeti daromadlarini shakllantirishning samarali yo’llari. Monografiya. T.: “Fan” 2004 54-bet
16 Karimov. I. A. O’zbekiston buyuk kelajak sari. T.: O’zbekiston, 1998. 358-bet
bo’lgandan beri soliqlar davlat budjetining asosi bo’lib xizmat qilib kelmoqda. Shu bilan birgalikda, soliqlar davlatning iqtisodiy tayanchi hisoblanadi.
Davlat budjeti daromadlari tarkibida soliqli daromadlar darajasining yuqori yoki past bo’lishi hukumatning soliq siyosatiga ko’p jihatdan bog’liq bo’lib, uni tavsiflovchi asosiy ko’rsatkichlardan biri soliq tushumlarining YAIMdagi sal- mog’ining o’zgarishi hisoblandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |