Birinchidan, tadbirkorlikni rivojlanishida tadbirkorlik mehnat unumdorligi bog‘liqlik omillaridan, yildan yilga ijobiy natijalarga erishish, ishlab chiqarish uzluksizligi yoki davomiyligini saqlash, kabi ko‘rsatkichlarga e‘tibor berilishi zarur. Ikkinchi omil ko‘proq kichik biznes sub‘ektlariga taaluqlidir. CHunki amaliyotda bunday tadbirkorlik sub‘ektlarining yangi tashkil etilishi va faoliyatini to‘xtatishi ko‘p uchraydi. Ikkinchidan, tadbirkorlikning o‘ziga xos xususiyatidan kelib chiqib tadbirkorning boy ma‘naviy qiyofaga ega bo‘lishini, bilim–malakasini oshirishni o‘z faoliyatiga yangicha qarashi va ishini oqilona tashkil etishini zaruriy maqsadga aylantirish. Uchinchidan, har bir tadbirkor o‘z faoliyatini samarali tashkil etishda mehnat bozorining talabi asosida innovatorlik, va bunyodkorlik kabi xususiyatlarga ega bo‘lishini ta‘minlash. To‟rtinchidan, tadbirkorlik faoliyatini istiqbolda rivojlantirishda ularga nisbatan rag‘batlantirishni amalga oshirishda tadbirkorni mahsulot (ish, xizmat) sifatining va xajmini yaxshilanishi va ilg‘or texnika va texnologiyadan foydalanish darajasini oshirishi ko‘rsatkichlariga e‘tibor qaratish maqsadga muvofiq. Bundan tashqari tadbirkorlarning aholining ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini yaxshilashda, aholi bandligini oshirishda yangi ish o‘rinlari barpo etishning samarali yo‘llarini qo‘llaganligini qo‘llab quvvatlash lozim.
Yuqoridagilar bilan bir qatorda tadbirkorlikni yaqin istiqbolda moddiy-texnik ta‘minoti bo‘yicha kelgusidagi amalga oshiriladigan ishlar quyidagilardan iborat bo‘lishi lozim:
birja, auktsion va yarmarkalar savdo doirasini kengaytirish;
zamonaviy texnika va texnologiyalar lizingini kengaytirish. Bunga erishish uchun quyidagi tadbirlar amalga oshirish nazarda tutiladi:
- respublikada ishlab chiqarilayotgan mini uskunalar, texnologiyalar
katologini tuzish;
61
viloyat misolida xom-ashyo, moddiy-texnika, mehnat va boshqa
resurslarning mavjudligi to‘g‘risidagi ma‘lumotlar bazasini takomillashtirish;
har bir tadbirkorlik sub‘ektlarining xom-ashyo va ishlab chiqarish imkoniyatlarini hisobga olgan holda ehtiyojini shakllantirish tizimini takomillashtirish;
mamlakatda oziq-ovqat, chakana va ulgurji savdo yarmarkalarining keng
ko‘lamda faoliyat ko‘rsatishini ta‘minlash.
Buning uchun, albatta, tadbirkorlarni axborot-maslahat markazlari bilan ta‘minlash orqali qo‘llab-quvvatlash zarur
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki tadbirkorlik faoliyatini o‘sishi bilan mamlakat iqtisodiyotini tayanch tarmoqlarini rivojlantirish vazifasini bevosita hal qilishga erishladi va tadbirkorlik aholi bandligini ta‘minlaydigan va uning asosiy daromad manbai bo‘lgan muhim bo‘g‘inga aylanadi. Iqtisodiyotni izchil rivojlantirishning eng muhim omili o‘lgan tadbirkorlik, jamiyatimiz ijtimoiy va siyosiy barqarorligining kafolati, mamlakatimizni taraqqiyot yo‘lidan olg‘a yetaklaydigan faol harakatlanuvchi kuchi sifatida amal qiladi.
Namangan viloyatida tadbirkorlikni istiqbolda rivojlantirish bo‘yicha belgilangan maqsad va vazifalarni amalga oshirishda quyidagi holatlarni hisobga olish maqsadga muvofiqdir:
viloyatda tadbirkorlikni rivojlantirishning hududiy dasturini mintaqa xususiyatiga mos ravishda ishlab chiqish;
hududiy-sohaviy xususiyatiga ko‘ra ishlab chiqarish tizimini tashkil etish;
ma‘muriyatchilikni keskin cheklash;
yirik korxonalar bilan kichik korxonalar integratsiyasiga erishish;
korxonalarning ishlab chiqarish guruhlarini ya‘ni klasterlarni tashkil etish;
tadbirkorlikda innovatsion faollikni oshirish va takomillashtirish orqali sifat ko‘rsatkichiga erishish.
62
Xulosa
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli ―O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida‖gi Farmoniga12 muvofiq qabul qilingan 2017 — 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha HARAKATLAR STRATEGIYasini «Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish» deb nomlangan uchinchi yo‘nalishi 3.4.-bandida Iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag‘batlantirishga qaratilgan institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish belgilab qo‘yilgan. Buning uchun xususiy mulk huquqi va kafolatlarini ishonchli himoya qilishni ta‘minlash, xususiy tadbirkorlik va kichik biznes rivoji yo‘lidagi barcha to‘siq va cheklovlarni bartaraf etish, unga to‘liq erkinlik berish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni keng rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish, investitsiya muhitini takomillashtirish, mamlakat iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga xorijiy, eng avvalo, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni faol jalb qilish, tadbirkorlik sub‘ektlarining muhandislik tarmoqlariga ulanishi bo‘yicha tartib-taomil va mexanizmlarni takomillashtirish va soddalashtirish kabi vazifalar belgilab qo‘yilgan. Shuningdek, mazkur uchinchi yo‘nalishadа viloyat, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, ularning mavjud salohiyatidan samarali va optimal foydalanish ko‘rsatib o‘tilgan.
Mamlakatimiz tomonidan amalga oshirish lozim bo‘lgan mazkur vazifalar hamda o‘rganishlardan kelib chiqib mintaqalar tadirkorlik muxitlarini yaxshilash va tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirish bo‘yicha yangicha yondashuvlarni amalga oshirish lozim.
Viloyatda hudud iqtisodiyotini mustahkamlanishi, mavjud ichki salohiyatdan foydalanish imkoniyatlarini kuchaytirish, hudud aholisi daromad darajasini
http://lex.uz/pages/getpage.aspx?lact_id=3107036
63
oshirish va shu orqali aholining turmush darajasini ko‘tarishga oid amaliy tadbirlarni rivojlantirishda tadbirkorlik faoliyati asosiy omil sanaladi.
O‘rganishlar shuni ko‘rsatdiki aholining ish bilan bandlik darajasini oshirishda, mintaqa mahalliy bozorini ichki resurslar hisobiga to‘yintirish hamda hududning eksport salohiyatini oshirishda tadbirkorlik asosiy o‘rin tutuadi.
Albatta, bu boradagi asosiy mas‘ulyat yirik ishlab chiqarish tuzilmalari hissasini va ahamiyatini inkor qilmagan holda ko‘p jihatdan kichik va xususiy tadbirkorlik zimmasiga tushayotganligini alohida ta‘kidlab o‘tish joiz.
Ayniqsa bu borada Namangan viloyati singari iqtisodiyotida qishloq xo‘jaligi sezilarli darajada ustunlikka ega bo‘lgan hududiy birliklar rivojlanishida kichik va xususiy tadbirkorlik muhim mavqega ega sanaladi.
SHu nuqtai nazardan Namangan viloyatida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish doimo diqqat e‘tiborda bo‘lmog‘i maqsadga muvofiq.
64
Foydalanilgan adabiyotlar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ―O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida‖gi PF-4947-sonli Farmoni. 2017 yil 7 fevral. http://lex.uz.
O‘zbekiston Respublikasining «Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag‘batlantirish to‘g‘risida»gi Qonuni. T.: «Xalq so‘zi» gazetasi, 1995 y, 21 dekabr
O‘zbekiston Respublikasining «Tadbirkorlik to‘g‘risida»gi Qonuni // O‘zbekiston qishloq xo‘jaligidagi isloxotlarni chuqurlashtirishga oid qonun, hukumat qarorlari va me‘yoriy xujjatlar to‘plami. I-tom. -T.: O‘qituvchi. 1998. 416 b.
O‘zbekiston Respublikasining «O‘zbekiston Respublikasida tadbirkorlik va tadbirkorlik faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonuni. -T.:
«O‘zbekiston», 1999 y.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli ―O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida‖gi Farmoni
Мирзиѐев Ш.М. Танқидий тахлил, қатъий тартиб-интизом ва шахсий жавобгарлик ҳар бир раҳбар фаолиятининг кундалик қоидаси бўлиши керак. Ўзбекистон Республикаси Президентининг нутқи. Халқ сўзи газетаси 2017 йил 16 январ, № 11.
Мирзиѐев Ш.М. Эркин ва фаровон, демократик Ўзбекистон давлатини биргаликда барпо этамиз. Ўзбекистон Республикаси Президентининг лавозимига киришиш тантанали маросимига бағишланган Олий
Мажлиспалаталаринингқўшмамажлисидагинутқи.
http://uza.uz/oz/politics/erkin-va-farovon-demokratik-zbekiston-davlatini-mard-va-olizh-14-12-2016
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиѐевнинг Олий Мажлисга Мурожаатномаси. http://president.uz/uz/lists/view/1371
65
Karimov I.A. 2015yil 26 noyabr kuni xalq deputatlari Namangan viloyati
Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida so‘zlagan nutqi. ―O‘zbekiston ovozi‖ gazetasi. 2015 yil 28 noyabr.
Абатуров В. Малый и средний бизнес в Корее. // Частная собственность. №24 (212), 1999. 168 с.
Абдуллаев О. Наманган вилояти. Наманган, 1994 й. 148 б.
Абдуллаев О. Фарғона водийси: ижтимоий-иқтисодий ривожланиш
жараѐнлари. -Наманган.: Меҳнат, 1991.-215 б.
Абдуллаев О., Исмоилов Р. Кичик ва ўрта бизнесни бошқариш. – Наманган, 2001. -115 б.
Абдуллаев Ё., Каримов Ф. Кичик бизнес ва тадбиркорлик асослари: 100
савол ва жавоб. Т.: «Меҳнат», 2000. 186 б.
15. Зяблюк Н.Г. Государство и малый бизнес США. Социально-политический аспект. М.: Наука, 1987. 242 с.
Мирзаева Ш.М. ва бошқ. Ўзбекистонда ишбилармонлик ва тадбиркорликнинг ривожланиши. Тошкент. 1999 й. 156 б.
Курс предпринимательства. /Учебник для вузов. –М.: «Финансы», ЮНИТИ, 2001
Лебедова С.Ю. Регулирование и поддержка малого и средного
предпринимательства в ЕС и России. Манбаа: http://www.dis.ru/mang/arxiv/2001/1/6.html
Никологорский Д.Ю. О методах государственной поддержки малого и средного бизнеса. Журнал ―Проблемы теории и практики управления‖. № 11, ноябрь, 2006 г.
Рубе В.А. Малый бизнес: История, теория, практика. – М., МГУ, 2000.
с.78.
Российское обозрение малых и средних предприятий 2001. – М., 2002. Ресурсный центр малого предпринимательства http://www.lib.rcsme.ru
Солиев А ва бошқалар. Минтақавий иқтисодиѐт. Т.: Университет, 2003
й, 366 б.
66
Солиев А, Назаров М, Қурбонов Ш.―Ўзбекистон ҳудудлари ижтимоий-иқтисодий ривожланиши‖. Т.: 2011, 300 б.
Солиев А. Иқтисодий география: назария, методика ва амалиѐти
[Матн]: танлаган асалар / А.Солиев; маъсул муҳаррир: О.Б.Ота-
Мирзаев. – Тошкент: Камалак. 2013. -184 б.
Солиев А. Ўзбекистон географияси. Тошкент, 2014 й, 404 б.
Тореев В.Б., Вороновская О.Е. Эффективность программ поддержки малого предпринимательства. – М., Журнал «Экономическая наука современной России», № 3, 2002 г. Стр. 73-87.
Ўзбекистон иқтисодий ахборотномаси. /илмий таҳлилий журнал, -Т.: 2005 йил, № 3-4.
Егамбердиев э., Хўжақулов Х. Кичик бизнес ва тадбиркорлик. –Т.: ТМИ, 2003. 246 б.
Ғуломов С.С. Тадбиркорлик ва кичик бизнес. –Т.: ТДАУ, 1998. 214 б.
Do'stlaringiz bilan baham: |