Uchburchakliklar. Uchburchaklik chizg'ichlar yog'ochdan, selluloiddan, plastmassadan tayyorlanadi. Chizmachilik darslari uchun 45°x45ox90° va 30ox60ox90° burchakli ikkita uchburchaklik bo’lishi kerak. Uchburchaklikning to‘g‘ri (90°) burchagi aniq yasalganligini tekshirish uchun, uning bir tomonini chizg'ichning to‘g‘ri qirrasiga qo‘yib (1-holat 1.1.1-chizma, a), vertikal kateti bo'yicha chiziq chiziladi. Keyin chizg‘ichning vaziyatini o‘zgartirmasdan, uchburchaklikni aylantirib qo'yiladi (2-holat 1.1.1-chizma, b). Shunda uchburchaklikning kateti oldingi chizilgan chiziqqa ustma-ust tushsa (1.1.1- chizma, b), 90° li burchak aniq yasalgan boMadi. Agar ustma-ust tushmasa, 90° li burchak xato yasalgan hisoblanadi (1.1.1-chizma, c). Uchburchaklikning 90° li burchagini qum qog'ozga ishqalansa to‘g ‘irlash lozim bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |