Himoyaga ruhsat etiladi” O‘quv va ishlab chiqarish amaliyoti bo‘yicha direktor o‘rinbosari


-§. Tanlov o‘tkazishda xarid komissiyasi faoliyatini tartibga solish



Download 125,31 Kb.
bet21/42
Sana21.05.2022
Hajmi125,31 Kb.
#606224
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   42
Bog'liq
Abdulhamidov Sherzodbek diplom ishi

2-§. Tanlov o‘tkazishda xarid komissiyasi faoliyatini tartibga solish
49. Buyurtmachi tanlovni o‘tkazish uchun toq sonli a’zolardan (kamida beshta kishidan) iborat xarid komissiyasini (bundan buyon matnda tanlov komissiyasi deb yuritiladi) tuzadi.
50. Tanlov komissiyasi a’zolarining tarkibi va soni olinadigan tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) xususiyatlarini hisobga olgan holda o‘zgarishi mumkin.
51. Xarid qilish xo‘jalik faoliyati doirasida o‘tkazilganda xarid komissiyasi buyurtmachining vakillari orasidan, zarur bo‘lgan taqdirda ovoz berish huquqiga ega ekspertlar jalb etilgan holda shakllantiriladi.
52. Xarid qilish loyiha faoliyati doirasida o‘tkazilganda tanlov komissiyasi vazifalarini belgilangan tartibda tashkil etiladigan loyihani amalga oshiruvchi guruh bajaradi, u xarid qilish tartib-taomillarini o‘tkazish natijalari to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
53. Qiymati bazaviy hisoblash miqdorining besh ming baravaridan ortiq miqdordagi davlat xaridlari o‘tkazilganda tanlov komissiyasi tarkibiga buyurtmachining vakillaridan tashqari O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zinjiniring” respublika loyihalashtirish institutining vakillari kiritiladi.
(53-band O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2020-yil 24-fevraldagi 7-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3016-3, 13.04.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.04.2020-y., 10/20/3016-3/0460-son)
54. Tanlov komissiyasi buyurtmachining tegishli qarori bilan tuziladi va tarqatib yuboriladi.
55. Tanlov o‘tkazish bo‘yicha xarid komissiyasining tezkor faoliyatini uning mas’ul kotibi tashkil etadi.
3-§. Tanlov hujjatlarini ishlab chiqish va tanlov o‘tkazilishi haqida e’lon berish
56. Buyurtmachi tomonidan tanlov o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror qabul qilinganidan so‘ng buyurtmachining mutaxassislari yoki tanlovni tashkillashtirish va o‘tkazish uchun mas’ul shaxs tomonidan tanlov hujjatlarining, shartnoma va tanlov o‘tkazish haqidagi e’lonning matni ishlab chiqiladi.
57. Tanlov o‘tkazilishi to‘g‘risidagi e’londa quyidagi axborot bo‘lishi kerak:
tovarning (ishning, xizmatning) batafsil tavsifi va narxi;
tanlov o‘tkaziladigan joy manzili;
tanlov ishtirokchilariga qo‘yiladigan talablar;
buyurtmachining ishtirokchilar bilan aloqada bo‘lish uchun bog‘lovchi shaxslar sifatida belgilangan bir yoki bir nechta mansabdor shaxsining yoki boshqa xodimlarining F.I.O., lavozimi va manzili;
tanlov hujjatlari qoidalarini izohlash uchun so‘rov berish shakli;
takliflarni berish muddati tugaydigan sana va vaqt;
tanlov takliflarini rasmiylashtirishga doir talablar.
Oldingi tahrirga qarang.
Tanlov o‘tkazish to‘g‘risidagi e’londa qonunchilik hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa axborot ham bo‘lishi mumkin.
(57-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
58. Tanlov hujjatlarida quyidagilar bo‘lishi kerak:
tanlov o‘tkazilishi to‘g‘risidagi e’londa ko‘rsatilgan axborot;
shartnoma bahosini va ijrochilar bilan hisob-kitoblarni shakllantirish uchun foydalaniladigan valyuta hamda to‘lov tartibi haqidagi axborot;
tanlovda ishtirok etish uchun taklif qaysi tilda tayyorlanishi kerakligi bo‘yicha talab;
tanlov ishtirokchilariga tanlov hujjatlari qoidalariga doir tushuntirishlarni taqdim etish tartibi, taqdim etish muddati boshlanadigan va tugaydigan sana;
agar tovarning (ishning, xizmatning) muqobil variantlariga yo‘l qo‘yilsa, lotni almashtirish bo‘yicha muqobil takliflarni baholash tartibining tavsifi;
texnik topshiriq;
Qonunga muvofiq ishtirokchilarning takliflarini baholash mezonlari va ko‘rib chiqish tartibi.
59. Tanlov hujjatlariga ularning ajralmas qismi bo‘lgan shartnoma loyihasi ilova qilinadi.
60. Buyurtmachi tanlov hujjatlarini ko‘rib chiqish uchun tanlov o‘tkazish bo‘yicha xarid komissiyasiga kiritadi.
61. Tanlov komissiyasi o‘z majlislarida tanlov hujjatlarini Qonun talablariga muvofiqligini ko‘rib chiqadi va quyidagilarni:
takliflar qabul qilinadigan muddatlarini;
takliflarni ochish tartib-taomillarini;
takliflarni baholash mezonlarini;
taklif kiritish tartibini, hajmini va uni ta’minlash shaklini belgilaydi.
62. Tanlov hujjatlari tanlov komissiyasi tomonidan kelishilgandan so‘ng tanlovni o‘tkazish haqida qaror qabul qilinadi.
63. Tanlov hujjatlarida kamchiliklar aniqlangan taqdirda, aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilganidan so‘ng, tanlov komissiyasi tomonidan tanlov hujjatlari qayta ko‘rib chiqiladi.
64. Buyurtmachi tanlov komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqilgan tanlov hujjatlarini o‘zining imzosi va muhri bilan tasdiqlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
65. Tasdiqlangan tanlov hujjatlari, shartnoma loyihasi, shuningdek tanlov o‘tkazish haqidagi e’lon tanlov ishtirokchilarining takliflarini qabul qilish muddati tugashidan kamida o‘n kun avval buyurtmachi tomonidan portalga joylashtiriladi.
(65-band O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2019-yil 11-martdagi 36-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3016-1, 22.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.04.2019-y., 10/19/3016-1/2984-son)
66. Tanlov o‘tkazish haqidagi e’lon qo‘shimcha ravishda buyurtmachining rasmiy veb-saytida yoki o‘zining yuqori turuvchi organi rasmiy veb-saytida, shuningdek ommaviy axborot vositalariga joylashtirilishi mumkin.
67. Zarur hollarda buyurtmachi tanlov hujjatlariga o‘zgartirish kiritish haqida qaror qabul qilishi mumkin.
68. Buyurtmachi tanlov hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida tanlovda ishtirok etish uchun takliflar berish muddati tugaydigan sanadan kamida uch kun oldin qaror qabul qilishga haqli.
69. Tanlov hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish davomida tovarni (ishni, xizmatni) yoki uning xususiyatlarini o‘zgartirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
70. Tanlovda takliflar berish tugaydigan muddat tanlov hujjatlariga o‘zgartishlar kiritilgan sanadan e’tiboran kamida o‘n kunga uzaytirilishi kerak.
71. Shu bilan bir vaqtda, agar e’londa ko‘rsatilgan axborot o‘zgartirilgan bo‘lsa, tanlov o‘tkazish to‘g‘risidagi e’longa o‘zgartishlar kiritiladi.
72. Zarur hollarda buyurtmachi tanlov komissiyasi qarori asosida takliflarni berish muddatini uzaytirishga, shuningdek ishtirokchilarga ularning takliflarini amal qilish muddatini muayyan davrga uzaytirish to‘g‘risidagi taklif bilan murojaat qilishi mumkin.
73. Tanlov hujjatlarida buyurtmachi har bir tovarni (ishni, xizmatni) xarid qilishda alohida lot sifatida e’lon qilishi mumkin. Bunday holda buyurtmachi tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yetkazib berish uchun tanlovning har xil loti bo‘yicha bir nechta ishtirokchisi bilan shartnomalar tuzishi mumkin, bunda har bir lot uchun faqat bitta g‘olib aniqlanishi mumkin.

Download 125,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish