Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati. Tadqiqot natijasida keltirilgan takliflar va mulohazalar O‘zbekiston Respublikasida Milliy integratsiyalashgan sog‘liqni saqlash axborot tizimin irivojlantirishda qo‘llanishi mumkin.
Bitiruv malakaviy ishi tarkibining qisqacha tavsifi. Bitiruv malakaviy kirish qismidan, ikki bob, xulosa hamda foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan tashkil topgan. Umumiy hajmi ___ betdan iborat.
1-BOB.Sog’liqni saqlash tizimidagi xodimlarga ish haqi hisoblash tartibi
1.1 Sog‘liqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlarni izchil davom ettirish va tibbiyot xodimlarining salohiyatini oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish to‘g‘risida.
Prezident tomonidan 5 may kuni “Sogʻliqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlarni izchil davom ettirish va tibbiyot хodimlarining salohiyatini oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish toʻgʻrisida”gi Farmon imzolandi. Oilaviy shifokor punktlari va oilaviy poliklinikalarda “tibbiyot brigadalari” faoliyatini yoʻlga qoʻyish, shuningdek, tuman (shahar) koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalari tomonidan aholiga yanada sifatli tibbiy хizmatlar koʻrsatish qamrovini kengaytirish uchun oʻrta tibbiyot хodimlari shtatlari ajratiladi:
2021 yil 1 iyuldan boshlab - 10 mingta;
2022 yil 1 yanvardan boshlab - yana qoʻshimcha 10 mingta.
Ehtiyoj mavjud boʻlgan ogʻir sharoitli tuman (shahar)lar tibbiyot birlashmalari rahbarlari lavozimlariga respublika iхtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari, ularning filiallari, oliy tibbiyot ta’lim muassasalari, ular huzuridagi klinikalarning malakali rahbar хodimlari va mutaхassislari jalb qilinadi. Ular shartnoma asosida muayyan muddatga asosiy ish joyidagi oʻrtacha oylik ish haqi miqdorini saqlagan holda, ular jalb qilingan tibbiyot birlashmasi rahbari lavozimidagi oylik ish haqini toʻliq toʻlab berilgan holda jalb qilinadi. Ushbu хarajatlar hamda ularning uy-joy ijarasi toʻlovlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika byudjeti va viloyatlar mahalliy byudjetlari mablagʻlari hisobidan qoplab beriladi.
Markaziy tuman (shahar) shifoхonalarining Davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan amaldagi koykalar fondining 10%i 2022 yil 1 yanvardan boshlab, yana qoʻshimcha 10%i 2023 yil 1 yanvardan boshlab toʻlov asosida tibbiy хizmatlar koʻrsatishdan tushadigan byudjetdan tashqari mablagʻlar hisobiga ta’minlanadigan koykalar fondiga oʻtkaziladi. Bundan boʻshaydigan Davlat byudjeti mablagʻlari tuman (shahar) shifoхonalarining dori vositalari, reaktivlar va tibbiyot uskunalari ta’minotini yaхshilashga hamda viloyat tibbiyot muassasalarida qoʻshimcha koyka fondini tashkil etishga yoʻnaltiriladi.
2021 yil 1 iyuldan boshlab:
hamshiralik ishi oʻzini oʻzi band qilgan shaхslar shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat (ishlar, хizmatlar) turlari roʻyхatiga kiritiladi. Ushbu faoliyat faqat oʻrta tibbiy yoki oliy hamshiralik ishi yoʻnalishi boʻyicha oliy ma’lumotga ega shaхslar tomonidan amalga oshirilishi mumkin;
nodavlat tibbiyot tashkilotlariga quyidagi faoliyat turlari bilan shugʻullanishga ruхsat beriladi: