Bitiruv malakaviy ishining dolzarbligi. Sog‘liqni saqlashni isloh qilish chora-tadbirlari tizimida tibbiyot xodimlari mehnatiga haq to‘lashni takomillashtirish va moddiy rag‘batlantirishga yo‘naltirilgan tadbirlarga g‘oyat muhim ahamiyat berilmoqda. Keyingi yillarda shoshilinch va tez tibbiy yordam xizmati xodimlarining mansab maoshlari ko‘paytirildi, respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlarida mehnatga haq to‘lashning progressiv shakllari joriy etildi.
Shu bilan birga, tibbiyot xodimlari mehnatini baholash va haq to‘lashning amaldagi tizimini yanada yaxshilash, ular olayotgan ish haqi va rag‘batlantirish mexanizmi bajarilayotgan ishning murakkablik darajasiga va ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam sifatiga aniq va bevosita bog‘liq ekanini ta’minlash talab etiladi.
Mehnatga haq to‘lash tizimida har bir tibbiyot xodimining o‘z professional saviyasi va qobiliyatlarini doimiy oshirishga intilishiga undaydigan barqaror moddiy manfaatdorlikni yaratish zarur.
Qishloq shifokorining ko‘p qirrali mehnatiga haq to‘lash darajasi qo‘yilayotgan talablardan jiddiy orqada qolmoqda, bu esa yosh istiqbolli mutaxassislarni mazkur ish sohasiga jalb etish va muqim o‘rnashib qolishiga imkon bermaydi. Kichik tibbiyot xodimlari va hamshiralarning ayniqsa ixtisoslashtirilgan statsionar davolash muassasalaridagi ish haqi miqdorlari ularga yuklangan ish darajasiga mos kelmaydi, natijada tibbiyot muassasalari ushbu xodimlar bilan to‘liq ta’minlanmagan.
Tadqiqotning maqsadi va vazifalari. Ushbu ilmiy ish o‘ziga bir qator maqsad va vazifalarni jalb etadi.O’zbekiston Respublikasi 1- Prezidenti I.Karimovning 2005-yil 1-dekabrda Toshkent shaharda chiqargan PQ-229-sonli qarorini qo’llab quvatlaydi. Sog‘liqni saqlash vazirligi oldiga 2020 yilga qadar O‘zbekiston Respublikasi “Elektron sog‘liqni saqlash” tizimini yaratish maqsadi qo‘yilgan. U ko‘rsatilayotgan xizmatlarni interaktiv shaklga o‘tkazish orqali, jumladan, mobil texnologiyalarni qo‘llash, “Yagona oyna” orqali aholiga interaktiv xizmatlar ko‘rsatishni yaxshilash imkonini beradi. Ushbu yillardagi asosiy vazifalar sog‘liqni saqlash tizimining Milliy integratsiyalashgan axborot tizimining texnik, tashkiliy va texnologik infratuzilmasini barpo etishdan iborat.Ushbu maqsaddan kelib chiqqan xolda quyidagi vazifalar belgilab olindi: