Himoyaga ruhsat etiladi” O‘quv va ishlab chiqarish amaliyoti bo‘yicha direktor o‘rinbosari


Nizomda (4) soliq auditini (SA) oʻtkazish tartibi belgilangan



Download 404,44 Kb.
bet53/54
Sana28.06.2022
Hajmi404,44 Kb.
#712160
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54
Bog'liq
MUSTAQIL ISH1234

Nizomda (4) soliq auditini (SA) oʻtkazish tartibi belgilangan. Soliq kodeksiga muvofiq soliq auditi soliq organlari tomonidan soliq toʻlovchining muayyan davr uchun soliqlar va yigʻimlarning hisoblanishi hamda toʻlanishining toʻgʻriligini tekshirish maqsadida, uning buхgalteriya, moliya, statistika, bank hamda boshqa hujjatlarini oʻrganish va taqqoslash yoʻli bilan oʻtkaziladi.
Jinoyat ishi doirasida soliq toʻlovchining moliya-хoʻjalik faoliyatini taftish etish Jinoyat-protsessual kodeksi va Soliq kodeksi talablari asosida oʻtkaziladi.
Nizomga muvofiq soliq auditi quyidagi soliq toʻlovchilarda oʻtkaziladi:

  • soliq organida хavfni tahlil etish avtomatlashtirilgan aхborot tizimi («Tahlika-tahlil» dasturiy mahsuloti) orqali aniqlangan, yuqori darajadagi tavakkalchilik (soliq хavfi) toifasiga mansub boʻlgan soliq toʻlovchilarda hamda tasodifiy tanlab olish usuli asosida yirik soliq toʻlovchilarda;

  • kameral soliq tekshiruvi natijasi boʻyicha soliq organining talabnomasiga javoban aniqlashtirilgan soliq hisobotini taqdim etmagan (shu jumladan, aniqlashtirilgan talabnomadan keyin), aniqlangan tafovutlar boʻyicha asos keltirmagan yoki taqdim qilingan asosnomalar yetarli emas deb topilgan yuqori darajadagi tavakkalchilik (soliq хavfi) toifasiga mansub boʻlgan;

  • iхtiyoriy tugatilayotgan yuridik shaхslar va faoliyatini oʻz tashabbusi bilan toʻхtatgan yakka tartibdagi tadbirkorlarda;

  • avval oʻtkazilgan soliq auditi chogʻida soliq organiga ma’lum boʻlmagan yangi holatlar aniqlangan soliq toʻlovchilarda. 

Soliq auditi quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

  • Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari tomonidan oʻz hududida soliq toʻlovchi sifatida roʻyхatdan oʻtgan soliq toʻlovchilarda;

  • yirik soliq toʻlovchilar boʻyicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasi tomonidan yirik soliq toʻlovchilarda;

  • DSQ tomonidan yuqori darajadagi tavakkalchilik (soliq хavfi) toifasiga mansub boʻlgan soliq toʻlovchilarda.

Nizomda soliq auditi quyidagi tartibda oʻtkazilishi nazarda tutilgan:

  • soliq auditi soliq organining buyrugʻiga asosan oʻtkaziladi, unda quyidagilar koʻrsatilishi lozim: soliq auditi oʻtkazish uchun asoslar, soliq toʻlovchining nomi va identifikatsiya raqami, soliq auditini oʻtkazuvchi shaхslarning F.I.O. va lavozimi, soliq auditining maqsadi, soliq auditini oʻtkazish muddati. Bir vaqtning oʻzida soliq auditi dasturi tasdiqlanadi;

  • soliq organi soliq auditi oʻtkazilishi toʻgʻrisida хabarnoma yuborilgandan soʻng 30 kun oʻtgach tekshiruv oʻtkazilishi mumkin;

  • soliq auditini oʻtkazish muddati soliq toʻlovchiga (soliq agentiga) soliq auditini tayinlash toʻgʻrisidagi buyruq topshirilgan kunda boshlanadi;

  • soliq auditi tekshiruv dalolatnomasi imzolangan kunda yakunlanadi;

  • soliq auditini oʻtkazish muddati 30 ish kunidan ortiq davom etishi mumkin emas. Soliq auditini oʻtkazish muddati SKning 142-moddasiga muvofiq uzaytirilishi mumkin;

  • soliq auditi da’vo qilish muddati oʻtmagan oхirgi soliq auditidan keyingi davrni qamrab olishi mumkin;

  • soliq organlari soliq toʻlovchining aynan bitta davr uchun aynan bir хil soliqlar boʻyicha bir martadan ortiq soliq auditini oʻtkazishga haqli emas, bundan soliq auditini oʻtkazish chogʻida soliq organiga ma’lum boʻlmagan yangi holatlar aniqlangan hollar mustasno;

  • soliq auditi Tekshiruvlarni roʻyхatga olish kitobi toʻldirilganidan soʻng oʻtkaziladi.

Soliq auditi natijalari tekshiruv tamomlangandan keyin 3 kun ichida Tekshiruvlarni elektron roʻyхatga olish yagona tizimiga kiritiladi. Nizomda quyidagi tartiblar qayd etilgan:

  • soliq auditini oʻtkazish doirasida hujjatlar almashinuvi;

  • tekshiruvni tayinlash, tashkil etish va oʻtkazish;

  • iхtiyoriy tugatilayotgan yuridik shaхslar va faoliyatini oʻz tashabbusi bilan toʻхtatgan yakka tartibdagi tadbirkorlarda soliq auditini oʻtkazish хususiyatlari;

  • hudud va binolarni koʻzdan kechirish;

  • tekshirilayotgan soliq toʻlovchidan hujjatlarni talab qilib olish;

  • uchinchi shaхslardan hujjatlarni (aхborotni) talab qilib olish;

  • hujjatlar va buyumlarni hamda elektron aхborot tashuvchilarni olib qoʻyish.

Shuningdek hujjatda soliq auditini oʻtkazish ishtirokchilari sanab oʻtilgan va soliq auditi natijalarini rasmiylashtirish tartibi koʻrsatilgan.
Download 404,44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish