o‘rni. O‘zbekistonda aktsiz solig‘i 1992 yilda qo‘shilgan qiymat solig‘i bilan
birgalikda oborot solig‘i va sotuvdan olinadigan soliqlar o‘rniga joriy qilingan.
Uning qo‘shilgan qiymat solig‘idan farqli tomoni shundaki, u ayrim tovarlar va
mahsulotlarni chegaralab olgan va u bajarilgan ish, ko‘rsatilgan xizmatlarga
nisbatan qo‘llanilmaydi. Aktsiz solig‘i individual xarakterga ega bo‘lib, faqat
aktsiz osti tovarlarga nisbatan qo‘llaniladi.
Aktsiz solig‘i qo‘shilgan qiymat solig‘iga tortiladigan bazada va narxda
hisobga olinadigan yuklab jo‘natilgan tovarlar qiymatining bir qismini egri soliq
sifatida budjetga undirish shakli hisoblanadi. Aktsiz solig‘i Davlat budjeti
daromadlarini shakllantirishda salmoqli o‘rin egallaydi, jumladan, davlat
budjetining soliqli daromadlari tarkibida 2000 yilda 22,8 foizni, 2001 yilda 26,3
foizni, 2002 yilda 28,8 foizni, 2003 yilda 31,1 foizni tashkil etgani holda 2006
yilgi dalat budjeti daromadlarida uning ulushi 19 foizni, 2008 yilda esa 16,5 foizni
tashkil etgan.
Jadval ma’lumotlarini tahlil etar ekanmiz, oxirgi yillarda aksiz solig’i
salmog’ining kamayish tendentsiyasiga egaligini ko’rishimiz mumkin. Masalan,
2014 yilda aksiz solig’ining budjet daromadlaridagi ulushi 15,0 foizni tashkil etgan
bo’lsa, 2015 yilda 15,3 foizni tashkil etgan, 2016 yil reja ko’rsatkichlarida esa
uning ulushi 16,0 foiz bo’lishi kutilmoqda.
Aktsiz solig‘ini davlat budjeti daromadlari tarkibidagi ulushining pasayish
tendentsiyaga ega ekanligi shu bilan izohlanadiki, O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 13 noyabrdagi 390-son “Bozorni iste‘mol
tovarlari bilan to‘ldirishni rag‘batlantirish hamda ishlab chiqaruvchilar va savdo
tashkilotlarini o‘zaro munosabatlarini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”
gi Qaroriga asosan “GM Uzbekistan” aktsionerlik jamiyatining ishlab
chiqarayotgan avtomobillari (Lasetti, Neksiya, Damas, Matiz), billurdan qilingan
mahsulotlar, mebel, video va audioapparatura hamda kumushdan yasalgan pichoq
va sanchqilarga hisoblangan aktsiz soliqlari ishlab chiqarishni rivojlantirish,
iste‘mol tovarlarining assortimentini ko‘paytirish va raqobatbardosh tovarlar ishlab
chiqarish uchun korxonalarning o‘z ixtiyorlarida qoldiriladigan bo‘ldi. Shuning
hisobiga hozirgi vaqtda aktsiz solig‘ining ulushi davlat budjeti daromadlari
tarkibida kam salmoqni egallamoqda. Aktsiz solig‘i to‘liq respublika budjetining
daromadlar qismiga kelib tushadi va uning soliq yuki iste‘molchilar zimmasida bo’ladi.
Aksiz solig‘i tushunchasi va soliq to‘lovchilarni guruhlash. Aksiz solig‘ini soliqqa tortish ob'ekti va hisoblash tartibi
Aksiz solig‘i o‘z mohiyatiga ko‘ra tovar bahosiga kiritiluvchi va oxirgi iste'molchi tomonidan to‘lanadigan egri soliqlarning bir turidir.
Aksiz solig‘ining QQSdan farqli tomoni - ma'lum bir chegaralangan tur va guruhdagi mahsulotlarning narxiga qo‘shiladi.
8-ilova
9-ilova
O‘zbekiston Respublikasida aksiz solig‘i qo‘shilgan qiymat solig‘i bilan birgalikda 1992 yilda joriy etilgan bo‘lib, bu soliqni huquqiy tartibga soluvchi soliq qonunchiligi hujjati bo‘lib 1991 yil 15 fevralda qabul qilingan «Korxonalar, birlashmalar va tashkilotlardan olinadigan soliqlar to‘g‘risida»gi Qonun hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |