Himoyaga ruhsat etaman” tarmoq markazi direktori N. A. Muslimov 2021 yil


Shuning uchun zamonaviy texnologiyalarda pedagogik jarayon shaxsga yo‘naltirilgan texnologiyalari asosida amalga oshirilishi lozim



Download 0,82 Mb.
bet24/72
Sana25.02.2022
Hajmi0,82 Mb.
#463685
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   72
Bog'liq
Himoyaga ruhsat etaman” tarmoq markazi direktori N. A. Muslimov

Shuning uchun zamonaviy texnologiyalarda pedagogik jarayon shaxsga yo‘naltirilgan texnologiyalari asosida amalga oshirilishi lozim.
Shaxsga yo‘naltirilgan o‘qitish texnologiyalarning mohiyati va prinsiplari
O‘qitishning shaxsga yo‘naltirilgan texnologiyalariga quyidagi asosiy prinsiplar xos bo‘ladi:

  • insonparvarlik, ya’ni insonga har tomonlama hurmat va muhabbat ko‘rsatish, unga yordamlashish, uning ijodiy qobiliyatiga ishonch bilan qarash, zo‘ravonlikdan to‘la voz kechish;

  • hamkorlik, ya’ni pedagog va tarbiyalanuvchilar munosabatidagi demokratizm, tenglik, sheriklik;

Shaxsga yo‘naltirilgan texnologiyalarning kommunika­tiv asosi - pedagogik jarayonda tarbiyalanuvchiga insoniy-shaxsiy yondashuv hisoblanadi.
Shaxsga yangicha qarash quyidagilardan iborat bo‘ladi:

  • pedagogik jarayonda shaxs obyekt emas, subyekt hisoblanadi;

  • har bir tarbiyalanuvchi qobiliyat egasi, ko‘pchiligi esa iste’dod egasi hisoblanadi;

  • yuqori etik qadriyatlar (saxiylik, muhabbat, mehnatsevarlik, vijdon va boshqalar) shaxsning ustuvor xislatlari hisoblanadi.

Munosabatlarni demokratlashtirish quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • tarbiyalanuvchi va pedagog huquqlarini tenglashtirish,

  • tarbiyalanuvchining erkin tanlab olish huquqi;

  • xatoga yo‘l qo‘yish huquqi;

  • o‘z nuqtayi nazariga ega bo‘lish huquqi

  • pedagog va tahsil oluvchi munosabatining asosi: taqiqlamaslik; boshqarish emas, birgalikda boshqarish; majburlash emas, ishontirish; buyurish emas, tashkil etish; chegaralash emas, erkin tanlab olishga imkon berish.

Yangi munosabatlarning asosiy mazmuni, hozirgi zamon sharoitida samarali natija bermaydigan va g‘ayri insoniy hisoblanadigan majburlash pedagogikasidan voz kechishdir. Muammo bu yondashuvni mutlaqlashtirishda emas, balki uning oqilona mezonlarini aniqlashdadir. Umuman olganda tarbiya jarayonida majburlashdan voz kechish mumkin emas, ammo jazolash insonni kamsitadi, ezadi, rivojlanishini susaytiradi, unda so‘zsiz itoatkorlik xususiyatlarini shakllantiradi.
Erkin o‘qitish quyidagilar bilan belgilanadi:

  • ishonchga asoslangan erkin talabchanlik;

  • o‘quv materialiga qiziqish uyg‘otish, bilishga va faol ijodiy fikrlashga rag‘batlantirish;

  • tarbiyalanuvchilarning mustaqilligi va tashabbusiga tayanish;

  • jamoa orqali bilvosita usullar bilan talablarni amalga oshirishni ta’minlash.

Yangi individual yondashuvning mohiyati shundaki, u ta’lim tizimida o‘quv fanidan tarbiyalanuvchiga emas, tarbiyalanuvchidan o‘quv fani tomonga harakatlanishni taqozo etadi, tarbiyalanuvchilarning mavjud imkoniyatlarini inobatga olib, ularni rivojlantirish, takomillashtirish va boyitishga qaratilgan bo‘ladi.
Individual yondashuvning zamonaviy yangi talqini quyidagilardan iborat:

  • o‘rtacha tarbiyalanuvchiga yo‘naltirishdan voz kechish;

  • shaxsning yaxshi xislatlarini izlash;

  • shaxs rivojlanishining individual dasturlarini tuzish.

Shaxsiy yondashishda birinchi navbatda quyidagilar zarur bo‘ladi:

  • har bir tarbiyalanuvchi qiyofasida noyob shaxsni ko‘rish, uni hurmat qilish, tushunish, qabul qilish, unga ishonish. Pedagogda barcha tarbiyalanuvchilar iste’dodli degan ishonch bo‘lishi kerak.

  • shaxsga yutuqni ma’qullovchi, qo‘llab-quvvatlovchi, xayrixoh vaziyatlar yaratish, ya’ni o‘qish qoniqish va xursandchilikni olib kelishi kerak;

  • bevosita majburlashga yo‘l qo‘ymaslik, qoloqlikka va boshqa kamchiliklarga urg‘u bermaslik, uning nafsoniyatiga tegmaslik;

  • pedagogik jarayonda, tarbiyalanuvchilarga o‘z qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarishga imkoniyat yaratish va ko‘maqlashish.


Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish