Tayanch iboralar: shaxsga yo‘naltirilgan texnologiyalar, insonparvarlik, erkin tarbiyalash.
Shaxsga yo‘naltirilgan o‘qitish texnologiyalarining dolzarbligi
O‘zbekiston Respublikasi inson huquqlari va erkinliklariga rioya etilishni, jamiyatning ma’naviy yangilashini ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirishni, jahon hamjamiyatiga qo‘shilishni ta’minlaydigan demokratik huquqiy davlat va ochiq fuqarolik jamiyati qurmoqda.
Zamonaviy bozor iqtisodining shakllanishi korxonalar orasidagi raqobat asosida, xalq xo‘jaligini barcha tarmoq va zvenolarning keskin rivojlanishini taqozo etadi. CHunki bozor iqtisodiyotini raqobatsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Korxonalar orasidagi raqobat o‘z navbatida, fan -texnika va texnologiyani, ya’ni ilmiy texnika taraqqiyotining (ITT) jadallashuviga olib keladi.
ITT ning jadallashuvi, hayotning barcha sohalarida tubdan isloh qilinishi natijasida jahon hamjamiyatiga qo‘shilish imkoniyatini beradi.
Bu yerda ham birinchi qatorda qo‘yilgan masalalarni hal qila oladigan kadrlarni tayyorlash muammosi kelib chiqadi.
Shuning uchun ham respublikamizda “Ta’lim to‘g‘risida” gi va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi ” qonunlari qabul qilindi.
Kadrlar tayyorlash Milliy dasturining maqsadi-ta’lim sohasini tubdan isloh qilish, uni o‘tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to‘la xalos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash Milliy tizimini yaratishdir.
Rivojlangan demokratik davlatlar darajasida yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, quyidagi shartlar asosida amalga oshirilishi lozim:
Birinchidan - ITT ning hozirgi zamon holati ilm-fanning yuksalib borayotgan roli bilan belgilanadi.
XX asrda, ayniqsa uning ikkinchi yarmida ilm-fanning rivojlanish tezligi sur’ati oshdi. Oxirgi, har 10-15 yil ichida ilmiy faoliyatning asosiy ko‘rsatkichlari 2 marta oshib bormoqda. XX asrning ikkinchi yarmida olingan ma’lumotlar insoniyatning to‘la tarixi davomida to‘plangan bilimlarini katta qismini tashkil etdi.
Shuning uchun ilm-fan rivojining asosiy qonuni eksponensial qonun hisoblanadi. Hozirgi paytda ilm-fan rivojining yuqori sur’atlari aqliy mehnatning borgan sari avtomatlashtirilishi tufayli amalga oshmoqda.
Ilm-fan rivojining jadallashuvi ilmiy texnikaviy axborotning jadal o‘sishiga va tez-tez yangilanishiga olib keladi. Ilm-fan rivojining eksponenti qonun bo‘yicha rivoji uning shiddatli o‘sishini anglatadi. Demak, ilmiy-texnikaviy axborot o‘sish ham, shiddatli jarayon hisoblanadi. Jahonda har yili minglab kitoblar, jurnallar chop etiladi va o‘n minglab dissertatsiyalar himoya qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |