1.1.5. Elektr xonalari deb faqat malakali xizmat ko‘rsatuvchi xodim (1.1.6. ga qaralsin) uchun kirish mumkin bo‘lgan elektr uskunalari joylashtirilgan xonalar yoki xonaning to‘rlar bilan ajratilgan qismlariga aytiladi.
40. Iste’molchilarning elektr qurilmalarini ekspluatatsiyasida asosiy talablar.
18. Elektr energiyasi iste’molchilari, shu jumladan xususiy uy-joylarda yashovchi iste’molchilar elektr qurilmalarining Yangi va qo‘shimcha quvvatlari-ni hududiy elektr tarmoqlari korxonalarining ishga tushirish vaqtida, elektr tarmoqlariga ulash uchun texnik shartlarni olishga majburdirlar. Texnik shartlarsiz elektr qurilmalarining elektr ta’minotini
loyihalashtirish, uskunalarni montaj qilish va ularni hududiy elektr tarmoqlari korxonalarining elektr tarmoqlariga ulash taqiqlanadi.
Ulanish uchun texnik shartlarning bajarilishi barcha iste’molchilar, loyihalash, qurilish-montaj va ishga tushirish-sozlash tashkilotlari uchun majburiy hisoblanadi.
19. Kuchlanishi 1000 Volt va undan Yuqori bo‘lgan transformatorlar yoki dvigatellarning Yangi yoki qo‘shimcha quvvatlarini ulash, hududiy elektr tarmoqlari korxonalarining tarmoq transformatorlariga ulanadigan past kuchlanishli qurilmalarning Yangi quvvatini ulash yoki ularning ruxsat berilgan quvvatini oshirish uchun texnik shartlar iste’molchi-buyurtmachidan (quruvchidan) yoki uning topshirig‘i bo‘yicha bosh loyihalash tashkilotidan buyurtma olingandan sung bir oy muddatda hududiy elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan, belgilangan tartibda beriladi. Tadbirkorlik sub’ektlarini elektr tarmoqlariga ulash uchun texnik shartlar tadbirkorlik sub’ektlarining buyurtmalari bo‘yicha tuman (shahar) arxitektura va qurilish boshqarmasi (bo‘limi) tomonidan uch ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatda beriladi.
Barcha iste’molchilar uchun texnik shartlar, shu jumladan qo‘shimcha shartlar to‘lov undirmasdan beriladi.
20. Texnik shartlarni olish bo‘yicha buyurtmanomada iste’molchi
loyihalashtirilayotgan ob’ektni tavsiflovchi quyidagi ma’lumotlarni qisqacha shaklda ko‘rsatadi: yuklama miqdori, iste’molchining elektr ta’minoti ishonchliligi bo‘yicha toifasi, o‘rnashgan joyi (aholi punkti bilan bog‘liq kartografiya materiali), ob’ektni loyihalashtirish va qurish muddatlari, ob’ektga xizmat ko‘rsatuvchi elektr qurilmalarining balans bo‘yicha mansubliligi. Quvvati 10 kVt gacha bo‘lgan elektr qurilmalariga ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar uchun texnik shartlar olish yuzasidan buyurtmanomalar tegishli elektr ta’minoti korxonalariga, 10 kVt va undan Yuqori quvvatli bo‘lganda esa — hududiy elektr tarmoqlari korxonalariga yuboriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |