Elektrodli qozonlar
11.2.1. Izolyasiyalangan qutiga o‘rnatilgan 1000V kuchlanishgacha bo‘lgan elektrodli qozonlarning g‘ilofi qulflanib yopilishi shart. Qozondan kuchlanish olingandan keyingina g‘ilofni ochishga ruxsat beriladi.
11.2.2. Ishlab turgan elektrodli qozonga ulangan quvurlarda uning himoyalovchi yerga ulagichini buzadigan ishlarni bajarish man qilinadi.
11.2.3. Quvurni ajratishdan ilgari, elektr kavsharlash yordamida bo‘laklar orasida mustahkam metall kontakt bo‘lishini ta’minlash lozim. Baypas aylanmasi bilan jihozlangan quvurlarni bir-biridan ajratishda bo‘laklar orasida bunday kontaktni ta’minlash talab qilinmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |