10. Dielektrik etik va kalishlar
2.1.53. Dielektrik etik va kalishlar yopiq joylarda hamda yog‘ingarchilik bo‘lmaganda ochiqda joylashgan elektr uskunalarida qo‘shimcha himoya vositasi sifatida ishlatiladi. Dielektrik etik va kalishlar ishlayotganlarni qadamlar orasidagi (odim) kuchlanishdan saqlaydi.
2.1.54. Elektr uskunalarida faqat GOST 13385-78 talablariga asosan tayyorlangan dielektrik etik va kalishlarni ishlatishga ruxsat etiladi. Dielektrik etik va kalishlar tashqi ko‘rinishiga (rangi, maxsus belgi yoki loklanmaganligiga) qarab boshqa maqsadlar uchun mo‘ljallangan etik va kalishlardan farq qilishi zarur. Elektr uskunalari har xil razmerli dielektrik oyoq kiyimlari bilan jihozlanishi lozim.
Dielektrik rezinali gilamlar va izolyatsiyalovchi tagliklar
2.1.55. Dielektrik rezinali gilamlar o‘ta zax xonalardan tashqari boshqa barcha yopiq joylarda joylashgan 1000 V gacha va undan Yuqori kuchlanishli elektr uskunalarida qo‘shimcha himoya vositasi sifatida ishlatiladi. Gilamlar vazifasi va ishlatish sharoitiga qarab, GOST 4997-75 talablariga asosan quyidagi 2 guruhda tayyorlanishi zarur:
1-guruh — oddiy tayyorlangani — - 15° S, + 40° S haroratda ishlatish uchun;
2-guruh — moy va benzinga chidamli — - 50° S, + 80° S haroratda ishlatish uchun.
Gilamni ishlatishda uning markirovkasiga ahamiyat berish lozim. Ko‘zga tashlanadigan, mexanik ravishda yirtilgan joylari bo‘lsa, uni albatta, chiqitga chiqarish zarur.
11. Shaxsiy himoya vositalari. Himoya ko‘zoynagi
2.2.1. Himoya ko‘zoynagi metall va boshqa materiallarni qayta ishlash mobaynida mayda zarrachalar, eritilgan mastika tomchilari, kislotalar, ishqorlar, elektrolitlar va bo‘yoqlarning ko‘zga tushishidan, saqlagichlarning kuyishi natijasida sachrovchi metall zarrachalari hamda uchqunlari, kavsharlash vaqtidagi gaz gorelkalarining alangasi, yoyi va hokazolardan ko‘zni himoya qilish uchun ishlatiladi.
2.2.2. Himoya ko‘zoynaklari belgilangan vazifasiga qarab, standart va texnik shartlar (GOST 12.4.003-80, 12.4.013-85 va boshq.) talablariga javob berishi kerak. Uzoq muddatli ishlarda oynasi terlaydigan ko‘zoynaklarning ichki yuzasi terlashdan saqlovchi maxsus tarkib bilan moylanishi lozim.
Qo‘lqoplar
2.2.3. Qo‘lqoplar qo‘lni uchqunlardan, erigan metall zarrachalarining sachrashidan, to‘ponidan, Yuqori haroratdan, neftdan, ishqordan, kislotadan, suvdan, mexanik ta’sirlanishdan saqlash uchun mo‘ljallangan.
2.2.4. Erigan metallar, kabel mastikalari bilan ishlaganda qiyin yonuvchi asbest, spilka va boshqa gazlamalardan tikilgan qo‘lqoplardan foydalanish shart.
2.2.5. Qo‘lqoplar GOST 12.4.010-75 talablari asosida tayyorlanishi zarur. Qo‘lqoplar 6 tipda ishlab chiqariladi: baxyalab tikilgan, barmog‘i choklab ulangan; barmoqli, qo‘lqopning pastki qismi to‘la Qo‘lqoplar kuchbichilgan; barmog‘i qo‘lqop bukilishining yon tomonida joylashgan; 2 ta barmoqli; elastik lenta bilan bilaklarga bog‘langan, qunjlari uzaytirilgan — 4 ta o‘lchamli.aytiruvchi va himoya qoplamalariga ega. Qunjlari uzaytirilgan qo‘lqoplar 420 mm dan kam bo‘lmasliga kerak. Erigan metall, mastika va boshqa moddalar oqib ketishining oldini olishda qo‘lqoplar kiyim englarini zich qoplab olgan bo‘lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |