Himmoyalab yerga ulash, qo`llanilishi va ish tamoili. Yerga ulovchilarni turlari. Yerga ulagichlar


Еlektr uzatish tarmog‘ida erga ulagichlarni o‘rnatish



Download 48,25 Kb.
bet3/5
Sana06.07.2022
Hajmi48,25 Kb.
#750704
1   2   3   4   5
Bog'liq
YERGA ULAGICH

Еlektr uzatish tarmog‘ida erga ulagichlarni o‘rnatish
Tok o‘tkazuvchi qismga erga ulagichni o‘rnatish kuchlanish yo‘qligini tekshirilgan zahotiyoq bajarilishi kerak.
Kuchma erga ulagich avval erga ulanadigan qurilmaga, keyin kuchlanish yo‘qligi tekshirilgan zahoti tok o‘tkazuvchi qismga o‘rnatilishi kerak.
Ko‘chma erga ulagichni olishda uni teskari tarzda: oldin tok o‘tkazuvchi qismidan olib tashlab, keyin erga ulangan uskunalardan olib tashlanadi.
Ko‘chma erga ulagichni dielektrik qo‘lqopda 1000 V kuchlanishdan yuqori elektr uskunalarida izolyasion shtanga qo‘llab qo‘yish va olish shart. Ko‘chma erga ulagichni tok o‘tkazuvchi qismga shu shtanga bilan yoki dielektrik qo‘lqop kiyib qo‘lda mahkamlash kerak.
Ushbu Qoidaning 9.2-bandida ko‘rsatib o‘tilgandan tashqari hollarda erga ulagich uchun mo‘ljallanmagan simlarda foydalanish man qilinadi.

1000 V kuchlanishdan yuqori elektr uzatish tarmog‘ini taqsimlovchi elektr uskunalaridan o‘chirilgan joylarida va seksiyaga ajratadigan kommutatsion apparatlari oldida erga ulanishi shart.


Quyidagilarga ruxsat etiladi:
— 35 kV va undan yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmog‘ida asosiy elektr tarmog‘i ikki tomonidan erga ulangan, shoxobchadagi podstansiyalarda esa erga ulagich o‘chirilgan tarmoq ajratgichlaridan keyin o‘rnatilgan bo‘lsa, bu elektr tarmoq erga ulanmaydi.
— 6-20 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarini faqat bir taqsimlovchi elektr uskunalarida yoki bir seksiyaga ajratadigan asbob oldida yoxud taqsimlovchi elektr uskunalariga yoki seksiyaga ajratadigan asbobga yaqin turgan ustunda erga ulash mumkin. Qolgan taqsimlovchi elektr uskunalarida va seksiyaga ajratadigan asboblar oldida elektr uzatish tarmog‘iga qo‘yiladigan erga ulagichlar ish joyi bilan ushbu taqsimlovchi uskunalar yoki seksiyaga ajratadigan asboblar oralig‘ida o‘rnatilishi sharti bilan, o‘sha kuchlanish olinib o‘chirilgan elektr uzatish tarmoqlarini erga ulamaslik mumkin. Elektr uzatish tarmoqlarida yuqorida qayd qilingan erga ulagichlar erga ulash uskunalari bor ustunlarga o‘natilishi kerak.
Havo elektr uzatish tarmoqlarini kesishgan joylarida ko‘pzanjirli elektr uzatish tarmog‘ining o‘chirilgan bir tarmog‘ida, kuchlanish ta’siri ostidagi elektr tarmoqda va elektr uzatish tarmog‘ining alohida fazalarida ish bajarish uchun erga ulagich o‘rnatish bo‘yicha talab 14-bobda keltirilgan.
1000 V kuchlanishgacha bo‘lgan elektr uzatish tarmoqlarida erga ulagichni faqat ish joyiga qo‘yish etarli.
Ushbu Qoidani 5.6.1.-bandida eslatib qo‘yilgan erga ulagichlarga qo‘shimcha har bir brigadani ish joyida simlarni har bir fazasi, kerak bo‘lganda troslar ham erga ulanishi shart.
Sim tortadigan metal roliklarda va ushlab turuvchi qisqichlarda (zajimlarda) yotgan simlar uchun roliklarning (zajimlarning) o‘zidagi qo‘zg‘almas bo‘lagini erga ulash kifoya. Metal konstruksiyali hamda temir qobig‘lari erga ulangan temir-beton ustunlar va undagi roliklar halqasi (oboymasi) va qisqichlar orasida tabiiy tutashish bo‘lsa, rolik va qisqichlarni qo‘shimcha erga ulash talab qilinmaydi.
Ikki mustahkam anker ustunlari orasida sim osilayotganda, hamda anker ustundagi aylanib o‘tuvchi sim ulangandan keyin, osilgan simlar (troslar) boshlang‘ich anker ustunda va oxirgi simlarni ushlab turuvchi oxirroqdagi biron ustunda erga ulanishi shart.
Tayyor uchastkalardagi simlar (troslar) orqali momaqaldiroqdan va boshqa o‘takuchlanishdan keyingi uchastkalarga osilayotgan simlarga (trosslarga) potensial o‘tish xavfini yo‘q qilish maqsadida oxirgi anker ustunida osilgan simlarni (trosslarni), hamda qurilib bitgan elektr uzatish tarmog‘i simlarini erga ulash man qilinadi.
Har bir fazasida simlar birnecha bo‘lim-bo‘limlarga qarab ajratilgan elektr uzatish tarmog‘i­da har fazadagisining bir simini erga ulashga ruxsat beriladi, fazalardagi simlar izolyasion kashak yordamida ajratilganda hamma simlarini erga ulash talab qilinadi.
Bir zanjirli elektr tarmog‘ida erga ulagich­ni ish olib borilayotgan ustunga yoki qo‘shni ustunga qo‘yish keraq Brigada ishlayotgan elektr uzatish tarmog‘i uchastkasiga erga ulagichlar orasidagi masofa 2 km dan oshmasligi sharti bilan ikki tomonidan erga ulagich o‘rnatishga ruxsat etiladi.
Ustundan izolyasiya qilingan momaqaldiroqqa qarshi osilgan trosda yoki ushbu ustunga osilgai trossda yoki ustun konstruksiyasida bu trossga 1 metrdan kam masofaga yaqinlashib ishlaganda, tros albatta erga ulanishi shart. Erga ulagich trosni izolyasiya qilingan tomonidan keyingi ustunga ketgan erida yoki oralig‘ida qo‘yiladi.
Agar ushbu trosda muz eritish mo‘ljallangan bo‘lsa, ish boshlashdan oldin, tros kuchlanish kelishi mumkin bo‘lgan barcha tomonlaridan o‘chirilib, erga ulanishi shart.
Ko‘chma erga ulagich metal ustunlarda uning elementiga, erga ulagich o‘rnatish uchun jihozlangan temir-beton va yog‘och ustunlarda erga ulagich uskunalariga, ularni butunligini tekshirgandan keyin shu simlarga o‘rnatilishi kerak. Erga ulagich o‘rnatish uchun jihozlangan uskunalari bo‘lmagan temir-beton ustunlarda erga ulagichni ustunning traversiga va boshqa metall elementiga o‘rnatish mumkin.
Neytrali erga ulangan va nol simi tarmoqda qayta erga ulangan 1000 V kuchlanishgacha bo‘lgan elektr uzatish tarmoqlarida erga ulagichni ushbu nulevoy simiga o‘rnatish mumkin.
Uskunalardagi ko‘chma erga ulagichni o‘rnatilishi kerak bo‘lgan joylar bo‘yoqdan tozalanishi shart.
Ish joyida ko‘chma erga ulagich erga yarim metrdan chuqurlikka tik qoqilgan erga ulash uskunasiga o‘rnatilishi mumkin. Erga ulash uskunasini tuproq bexos to‘kilgan uyumga qoqish man qilinadi.
1000 V kuchlanishgacha bo‘lgan elektr uzatish tarmog‘ida yoki izolyasion zvenosi yo‘q teleskopik minorada turib ishlaganda, ta’mirlanayotgan tarmoq. simlarining barchasiga, shu jumladan radio va telemexanika apparatlari uchun osilgan ochiq simlarga ham erga ulagich qo‘yilishi shart.
Ta’mirlash uchun o‘chirilgan elektr uzatish tarmoqlarida ko‘chma erga ulagichlarni o‘rnatish va keyin uni olish hamda ustunlarga o‘rnatilgan erga ulagich pichog‘ini ulash ishlarini navbatchi yoki tezkor-ta’mirlash xodimlari amalga oshirishlari kerak: biri IV gruppali (1000 V kuchlanishdan yuqori elektr uzatish tarmoqlarida) yoki III gruppali (1000 V kuchlanishdan past elektr uzatish tarmoqlarida), ikkinchisi III gruppali bo‘lishi keraq Ikkinchi xodim sifatida III gruppali ta’mirlash brigadasi a’zosini, iste’molchilarga ta’lluqli elektr uzatish tarmoqlarida esa iste’molchi xodimini ishlatishga ruxsat beriladi.
Ustunlardagi erga ulagich pichoqlarini navbatchi yoki tezkor-ta’mirlash xodimlarida III gruppali bir xodim o‘chirishiga ruxsat etiladi.
Elektr uzatish tarmoqlaridagi ish joylarida ko‘chma erga ulagichni ish bajaruvchi bilan birgalikda III gruppaga ega bo‘lgan brigada a’zosi bilan birgalikda o‘rnatishi mumkin. Ushbu erga ulagichni olish ish bajaruvchining farmoyishi bilan III gruppali ikki brigada a’zosi bajarishi mumkin.
Elektr uzatish tarmoqlarida kuchlanish yo‘qligini tekshirish, erga ulagichni o‘rnatish va olish paytida ishchini biri erda turishi va boshqa ishchini kuzatib turishi kerak.

Download 48,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish