“Hilpira bayrogʻim hilpirab magʻrur”
nomli tadbir senariysi
1-Boshlovchi:
Assalom ona yurt tonglar oʻlkasi
Tarif tavsifingni yoq nihoyasi
Senga bagishlanur muqaddas qoshiq
Bu oʻzbek elining oʻz madhiyasi
(Madhiya)
2-Boshlovchi:
Assalom azizlar qalbi qaynoqlar
Mehringiz nuridan bahramand yoshlar
Siz uchun yurakdan aytamiz kalom
Tazim aylab deymiz salom assalom
1-Boshlovchi: Assalomu alaykum aziz mehmonlar hurmatli ustozlar.
2-Boshlovchi: “Hilpirab bayrogʻim hilpira magʻrur” nomli bayram kechamizga xush kelibsizlar. Tadbirni ochib berish uchun soʻzni... beramiz.
(Qoshiq jonli ijroda:”Vatan bayrogʻi”)
1-Oʻquvchi: Bugun ona yurtimizda katta tantana. Oʻzbekiston respublikasi davlat bayrogʻimiz tasdiqlangan kun bugun.
2-Oʻquvchi: Oʻzbekiston respublikasi davlat bayrogʻi Oʻzbekiston oliy kengashining VII sessiyasida 1991-yil 18-noyabr kuni tasdiqlangan.
3-Oʻquvchi: Oʻzbekiston respublikasi qonunining 2-moddasida: “ Oʻzbekiston respublikasi davlat bayrogʻi Oʻzbekiston respublikasi davlat suverenitetining ramzidir” deb belgilangan.
4-Oʻquvchi: Oʻzbekiston respublikasi qonunining 3-moddasida: “ Oʻzbekiston respublikasining davlat bayrogʻi xalqaro munosabatlarda Oʻzbekiston respublikasining timsoli boʻladi” deyilgan.
1-boshlovchi:Oʻzbekiston respublikasi davlat bayrogʻi xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bayroqlari bilan bir xil balandlikda joylashtirilishi hamda bir xil oʻlchamga ega boʻlishi kerak”.
2-boshlovchi:Davlatchiligimiz tarixining qaysi davrini olib qaraylik, bayroq ajdodlarimiz uchun ozodlik, kuch-qudrat, jasorat va gʻalaba timsoli boʻlgan.
(Raqs:”Qadam”)
1-Oʻquvchi:
Vatan siymosini ifoda etib
Ko``kda hilpiraydi o`zbekcha bayroq
Hilol oy yulduzlar va to`rtta rangi
Moviy qizil yashil hamda oq
2-o`quvchi:
Har biri o`zgacha ma’no kasb etib
G`urur iftixorla tilga kiradi
O`zida yashirin sirli xilqatni
Navbatma mavbatma ochib beradi
3-o`quvchi:
Moviy rang tiriklik yashash imkoni
Beg`ubor osmonu halollik ramzi
Agarki bilsangiz shu rangda edi
Temur bayrog`i rangi
4-o`quvchi:
Sadoqat yashirin unda begumon
Shon shuxrat yaxshilik bari jamuljam
Unda tavof aylab ko`zlarga surtsak
Dunyolar ichida bo’lmasmiz hec ham
(Raqs )
1-o`quvchi:O`zbekiston respublikasi qonunida bayroqning o`lchamlari aniq ko`rsatilgan.Ya’ni O`zbekiston bayrog`ining butun uzunligi bo`ylab o`tgan to`q moviy rang , oq rang va to`q yashil rangli 3ta endan tarkib topgan to`g`ri to`rtburchak shaklidagi matodir
2-o`quvchi:bayroqning uzunligi 250 Sm ga kengligi 125 smga teng .Moviy, oq , yashil ranglarning barchasini eni bir xil bo’yi 40 smga teng
3-o`quvchi:Davlat bayrog’ining o`rtasidagi oq rangli enning chetlaridan kengligi 2,5 smga teng qizil hoshiyalar o`kazilgan
4-o`quvchi:Davlat bayrpg`i va uning ramzi bugungi O`zbekiston sarhadida qadimdan mavjud bo`lgan davlatlar bilan tarixan bog`liqlikni anglatadi, Hamda respublikaning milliy-madaniy an’analarini o`zida mujassamlashtiradi.
(Raqs)
1-boshlovchi:Dunyoda millat va elatlar , xalqlar va davlatlar ko`p,lekin o`zbekiston bitta. Uning bayrog`i ham yagona.
2-noshlovchi: Vatanni , bayrog`imizni, tinchlik va do`stlikni milliy qadriyatlarimizni ulug` bilib vatan uchun xizmat qilishga astoydil bel bog`laylik.
1-boshlovchi:Bayrog`imiz doim moviy osmon uzra hilpirab , viqorla silkillab tursin. Bugungi bayramimiz o`z nihoyasiga yetdi. E’tiboringiz uchun raxmat.
Do'stlaringiz bilan baham: |