Higitli paxtaning sifatini belgilaydigan ko’rsatkichlardan biri uning tarkibidagi iflos aralashmalardir. Chigitli p



Download 1,17 Mb.
Sana01.01.2022
Hajmi1,17 Mb.
#295721
Bog'liq
paxta tozalash korxonalarining qo'shimcha bo'limlari(1)


Chigitli paxtaning sifatini belgilaydigan ko’rsatkichlardan biri uning tarkibidagi iflos aralashmalardir. Chigitli pахtа tоlаsini chigitidаn аjrаtish jаrаyonidа uning iflоs аrаlаshmаlаrni tоlа sifаtigа zаrаr qilmаsligi uchun, ulаr quritish-tоzаlаsh vа tоzаlаsh seхlаri ichigа o’rnаtilgаn tоzаlаsh uskunаlаridа iflоs аvrаlаshmаlаrdаn tоzаlаnаdi. Paxta tozalash korxonalarining qo'shimcha bo'limlari deb, arra ta'mirlash bo'limlariga aytiladi.

Jin, linter mashinalarining ish unumdorligi va ular ishlab chiqaradigan mahsulotlarning sifati kop jihatdan bu mashinalardagi arra-kolosnik tizimining holatiga bogliqdir. Foydalanish oqibatida bu mashinalar arrali silindrlarining ba’zi elementlari eskiradi, jarohatlanadi va oqibatda ularning ish ko'rsatkichlari yomonlashadi va ish holatlarini tiklash ishlarini amalga oshirish talab etiladi. Arra ta’mirlash bolimida arralarni diametrlari va sifati boyicha saralash, charxlash, qayta tish chiqarish, toblash va arra tishlarini silliqlash, tola hamda momiq ajratish bolimlari uchun arrali silindr va kolosnikli panjaralarni ta’mirlash va yigish ishlari bajariladi. Ko'rsatilgan jarayonlarni bajarish uchun arra ta’mirlash bolimi 13.1-jadvalda korsatilgan uskunalar va olchov nazorat a
sboblariga ega bolishi kerak .

A

rra ta’mirlash bolimi maqbul ish usullarini qollash, sanitariya va gigiena talablariga rioya qilish va xavfsizlik texnikasi talablariga javob bera olishi kerak. Quyida (13.1-rasm) bir qatorli paxta korxonasi uchun arra ta’mirlash bo`limida uskunalar joylanish sxemasi keltirilgan.



P

axtani qayta ishlashning muvofiqlashtirilgan texnologiyasi bo`yicha paxtani birinchi navlarini jinlashda 96 soatdan va past navlarini qayta ishlashda 72 soatdan so`ng arralar almashtirilishi mo`ljallangan. Linterlarda arra almashtirish 48 soat ishlangandan so`ng bajariladi. Muvofiqlashtirilgan muddatda jin va linterlarda ishlab almashtirilgan arralar ko`p sharoshkali PTA-M2 (13.3-r
asm) avtomatik arra charxlagichlarida charxlanadi.


Arra charxlagichning asosiy ishchi qismlari charxlovchi 21 ta sharoshka bo`lib, bir vaqtda ishlaydi, bir vaqtda arra tishlari oralig`iga kiradi va bir vaqtda chiqadi. Shuni hisobga olib charxlash uchun bir xil diametrli arralar arrali silindrlarga 80 va 160 tadan yig`iladi. Avtomatik rejimda arralar charxlanayotganda keyingi tishlarni charxlash uchun arrali silindlarning burilishi uchun frezalar arralardan chiqariladi. Shuningdek sharoshkalar bilan shpindel karetkasining gorizontal bo`yicha

Surilishi amalga oshiriladi. Jinning arrali silindrlari arralarini charxlash sharoshkali shpindel karetkasining 4 o`tishida, linterlarniki esa 8 o`tishida amalga oshiriladi.

Arra charxlagich valdagi arralar miqdori va arradagi tishlar miqdoriga qarab o`rnatiluvchi quyidagi almashinuvchi uzel va detallar bilan jamlanadi:

- 80 va 160 arrali silindrlarni charxlash uchun arralar oralig`i tarog`i;

- jin va linterlar uchun 126 tishga ega bo`lgan shesternya;

- 280, 290, 310 va 330 tishga ega bo`lgan arralarni charxlash uchun to`rtta almashinuvchi yulduzcha.

SPX arraga tish chiqarish dastgohi. Ishlatilgan jin va linterlarning arralariga qayta tish chiqarish paxta korxonalarini arra ta’mirlash bolimlarida ornatilgan SPX arraga tish chiqarish dastgohlarida amalga oshiriladi.

280, 290, 310 va 330 tishli arralarga tish chiqarish uchun SPX dastgohi tish chiqarilayotgan arra diametri va tishlar miqdoriga qarab ishlatiladigan almashinuvchi xrapovikli g`ildiraklarga ega.




Arraga tish chiqarish dastgohini asosiy ishchi organlari konfigurasiyasi arraning chiqariladigan tishiga o`xshaydigan puanson va matrisa hisoblanadi. Dastgohning ish sikli yarim avtomat usulida. Elektrodvigatel tinmay ishlab turgan holda oxirgi tish chiqarilgandan so`ng puansonning xarakati

avtomatik usulda to`xtaydi. Tish chiqariladigan arrani qo`yish va olish qo`lda bajariladi. Dastgoh mexanizmlari ishining ketma-ketligi elektr sxema bilan ta’minlanadi. Korxonalarda uchta tish chiqarish dastgohi o`rnatish maqsadga muvofiqdir. Ulardan biri 280 va 330 tishli jin va linterlar arralariga, ikkitasi esa 310, 290 tishli linter arralariga tish chiqarish uchun tavsiya etiladi. Kerakli diametrga dastgohni nazorat-shablon arralari bo`yicha sozlaydilar. Bunday jarayon dastgohlarni aniq sozlanganda va 313, 306, 294 va 288 мм diametrga ega bo`lgan arralarga bir xil tish miqdori tanlanganda amalga oshirilishi mumkin. Arraga tish chiqarish sifatining yuqoriligini ta’minlash uchun dastgohga puanson va pichoqlar, shuningdek kerakli nazorat shablonlarini charxlash uchun charxlash moslamasi beriladi.

Arra tishlaridan qilovini chiqarish dastgohi. Arralarning yangi tishlari chiqarilgandan so`ng linter arralarining qilovi bir tomonidan (puansonning chiqish tomonidan) jin arralarining qilovi esa ikki tomonidan chiqariladi. Bu jarayon joylarda o`z kuchlari bilan tayyorlangan turli moslamalar va sodda dastgohlarda bajariladi.

Q
ilovini chiqargandan keyin arra tishi uchining qalinligi 0,7-0,8 мм ni tashkil etishi kerak. Arralar qilovi arraning aylanasi bo`yicha tekis olinishi kerak, chunki ishlov beriladigan sirt mayda qumli vannada silliqlashda, oson ketadigan qirrachalarga ega bo`lishi kerak. Bu ishni bajarishda diametri D = 300 мм va qalinligi 30 - 40 мм


bo`lgan charxlash toshlari qo`llaniladi.

SZP arralarni toblash dastgohi. SZP dastgohi (13.10, 13.11-rasmlar) bir ramada linter arralarini toblash agregati, boshqarish shkafi va toblash transformator zanjiridan tashkil topib, birgalikda jin va linterlarga o`rnatiladigan arralarni toblashni ta’minlaydi.

Jin va linterlar arralari tishlarining uchini toblash SZP

dastgohida arralarning ishlash muddatini uzaytirish maqsadida amalga oshiriladi. Dastgohni o`rnatish va ishlatish dastgohning pasporti va dastgohdan (SPM 00,000,IE tayyorlovchi korxona tomonidan 1989 yilda chiqarilgan) foydalanish qo`llanmasiga binoan amalga oshiriladi.




Arralarni silliqlash uchun VP qum vannasi.

Jin va linterlarning barcha arralari charxlashdan va qayta tish chiqarishdan so`ng qum vannasida (13.12-rasm) silliqlanishi kerak. Qum vannasida silliqlash arra qirralaridagi qilov va notekisliklarni yo`qotishga mo`ljallangan.




Arralarni tekislash tishlaridan qilovi chiqarilgandan so`ng arraning to`g`ri chiziqliligini paydo qilish uchun arra diski maxsus plitada tekislanishi kerak. Tekislash plitasi korxonaning o`zida diametri 350-400 мм bo`lgan cho`yan yoki po`lat quymasidan qalinligi 50 мм dan oz bo`lmagan qilib tayyorlanadi. Plita mustahkam o`rnatilgan taglikga qo`yiladi. Ishchi sirtiga Рз–80, Рз-40 talabida ishlov berilgan bo`lishi kerak. Ishchi sirtida notekislik va quyma nuqsonlar bo`lishiga yo`l qo`yilmaydi, u lineykani turg`izib (yoni bilan) tekshiriladi. Arraning tekislash siklining o
`rtacha davomiyligi 31,6 с ni tashkil etadi.


Paxta tozalash korxonalari mashina va apparatlarida uzunliklari sezilarli bo'lmagan ammo katta diametrga ega, aylanma harakatlanadigan ko plab detallar mavjud, bunday detallarni uzoq vaqt normal ishlashini taminlash uchun ularni statik muvozanatda bo'lishini ta'minlash kerak bo'ladi. Detallarni statik muvozanatlash uchun pichoqli prizmalardan yoki tayanch podshipniklardan foydalanib amalga oshiriladi. Pichoqli prizmalarni Y7, CT7, CT 45X uglerodli instrumental po latlardan tayyorlanadi. Detal maxsus stendlarda va gorizontal prizmali yoki aylanuvchi rolikli moslamalarda sta tik muvozanatlanadi. Talabalar laboratoriya ishini o'tkazish davomida yuqorida qayd etil gan jarayonlar bilan mukammal tanishadilar. Muvozanatlanmagan aksari detal va yig'ish birliklari aylanganda markazdan qochma katta kuch paydo bo'lib, bu kuch shu element tayanchlariga tushadigan qoshimcha katta yuklanish vujudga keltiradi. Bundan tashqari, aylanganda muvozanatlanmagan nagruzka yig'ish birligi, agregat yoki butun mashinani qo'shimcha ravishda titratadi, natijada detallarning yeyilishi va emirilishi ortadi, mahkam langan joylari boshashadi, mashinaning ishonchliligi va uzoq xizmat qilishi kamayadi. Shu sababli kop detallar yeyilishdan oldin muvozanatlilikka tekshiriladi, ya'ni muvozanatlana di. Aylanayotgan massalar og'irlik markazining detal va yig'ish birligi aylanish o'qiga nis batan siljishi ularning muvozanatlanmaganligini bildiradi. Bunga detal materiali zichligi ning bir xil emasligi, ishlov berishda oxshashlikning buzilishi, notekis yoyilish va boshqalar sabab bo'ladi.


Rolikli statik muvozanatlash uskunasi




Pichoqli prizmalarda statik muvozanatlash sxemasi:

1. Muvozanatlanuvchi detal;

2. Mahsus val; 3. Prizma.
Download 1,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish