Amaliy sathning xizmatlari.
Amaliy sathning asosan foydalanuvchilar uchun ko’plab potensial xizmatlarni
tadim etadi. Har bir amaliy sath protokoli foydalanuvchilar uchun ma’lum turdagi
Modernization of Higher Education in
Central Asia through New Technologies
(HiEdTec)
xizmatlarni qo’llab quvvatlaydi, masalan fayllarni uzatish va qabul qilish (FTP),
Email xizmatlari (SMTP), masofadan boshqarish (DNS, TelNet, SSH) va
boshqalari. Quyidagi ba’zi protokollarning qisqacha xususiyatlari bilan tanishib
chiqamiz.
Ilova qatlami protokollari: Ilova qatlami har qanday dasturiy ta'minotga
ma'lumotni osongina yuborish va qabul qilish va foydalanuvchilarga mazmunli
ma'lumotlarni taqdim etish imkonini beruvchi bir nechta protokollarni taqdim etadi.
Quyida dastur qatlami tomonidan taqdim etilgan protokollarning ba'zilari
keltirilgan, 9.5-rasm.
TelNet:
Telnet qisqartmasi Telekommunikatsiya tarmog’i ma’nosini
anglatadi. Ushbu protokol Internet orqali fayllarni boshqarish maqsadlari uchun
ishlatiladi. Telnet protokoli mijozlariga Telnet serverining resurslariga kirish
imkonini beradi. Bu protokolning port nomeri 23-raqamli belgilab qo’yilgan.
9.5-rasm. TelNet protokoli
Modernization of Higher Education in
Central Asia through New Technologies
(HiEdTec)
DNS:
DNS protokolining kengaytmasi domen nomlari tizimi ma’nosini
anglatadi. DNS protokoli domen nomini (foydalanuvchi tomonidan tanlangan) mos
keladigan IP manzilga o’zgartiradi yoki uni teskarisini bajaradi.. Misol uchun -
www.abcd.com
degan domen nomi qaysidir foydalanuvchi tomonidan tanlangan
bo’lsin deb tasavur qilamiz. Bunda DNS tanlangan domen nomini 192.36.20.8 IP
adresiga o’zgartirishni amalga oshiradi. Foydalanuvchi IP adreslarni eslab qolishi
yoki kundalik hayotida foydalanish noqulay bo’lganligi sababidan DNS protokoli
ishlab chiqilgan. DNS ta’kidlab o’tilganidek, foydalanuvchining domen nomini
tarmoq qurilmalari ishlash oson bo’lishi uchun IP adresga o’zgartiradi. Shunga qilib
foydalanuvchi va tarmoq o’rtasi IP adresdan domen nomiga hamda domen nomidan
IP adresga o’zgartirish vazifani amalga oshiradi. Bu protokol 53- port raqami bilan
belgilab qo’yilgan.
9.6-rasm. DNS protokoli
DHCP:
DHCP (Dynamic Host Configuration Protocol) xostlarni dinamik
konfiguratsiyasi qilishni ta’minlovchi protokol hisoblanadi. U xostlarga IP
manzillarni dinamiq tarzda berish xizmatini taqdim etadi. Har safar xost DHCP
serverida IP manzilga ro’yxatdan o’tishga harakat qilganda, DHCP server tegishli
xostga ko’plab ma’lumotlarni taqdim etadi. Ushbu protokol doirasida klient-server
Do'stlaringiz bilan baham: |