12.3. Tabiiy ofatlardan himoyalanish tadbirlari
Turar joy maskanlari tabiiy sharoiti, jinslarning fizik-kimyoviy xususiyati, binolarning
loyixa chizmalari qatiy hisob-kitoblar asosida chuqur o’rganib chiqilgandan so’ng qurilishga
ruxsat
beriladi.
Umumiy yashash binolari va uy-joylardan foydalanish qoidalarini, uy taqsimotidan oldin har
bir yashovchining yoshini va ijtimoiy saviyasini inobatga olgan holda tushuntirish ishlariga jalb
qilib, o’zbilarmonchilik bilan ish yuritishiga yo’l qo’ymaslik kerak.
Ko’p qavatli binolarning o’ziga yarasha xususiyati, seysmik belbog’lari, xavfsiz burchaklari
qayerda joylashganligi to’g’risidagi eslatmalarni har bir xonadon soxibiga etkazish zarur.
Tabiiy ofatlar to’g’risida, xususan, zilzila xaqida respublikamiz barcha aholisi elementar
tushunchaga ega bo’lishi va quyida keltirilgan talablarga rioya qilgan holda qo’shimcha
quyidagilarni bilish zarur:
- uydagi gaz, suv, elektr tarmoqlarini xavfsizlantiradigan joylarni bilishlari;
- uy tibbiy xaltasi, unda birinchi tibbiy yordam uchun zarur bo’lgan dori-darmonlar;
-noxush vaziyat yuzaga kelganda birinchi xizmat ko’rsatish tashkilotlarining telefon
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
raqamlari;
uy jihozlari, kitob javonlari, osma asboblarni mahkamligini nazorat qilish;
- maktab yoshidagi bolalarga zilzila vaqtida qanday harakat qilishlari tartiblarini uqtirish;
-ish joylarida xavfsizlik qoidalariga rioya qilish kabi xavfsizlik choralarini bilishlari shart.
Buning uchun mahalla-guzarlarda, ishxona-maktablarda, radio-televideniyeda ommabop
shaklda suhbatlar tashkillashtirilsa, qisqa metrajli filmlar, fojialarni aks ettirilgan lavhalar
berib
borilsa maqsadga muvofiq bo’ladi.
Zilzila sodir bo’lganda tebranish bir necha soniyadan bir necha daqiqagacha davom etishi
mumkin. Tebranishni sezgan vaqtingizda sekin - asta xavfsiz joyga harakat qilishingiz lozim,
asosiy
xavf binodagi osma anjomlardandir. Binoda bo’lsangiz xavfsiz joylardan: eshik oldilari,
devorning
ichki burchaklari, seysmik belbog’ ostilaridan birortasini egallang, boshqalarni ham shunday
qilishga chaqiring. Deraza va chayqaluvchi og’ir buyumlardan uzoqroqda turing, hech vaqt
yuqori
qavatdagi binodan chiqib ketishni o’ylamang. Aksincha tebranish o’tib ketguncha bino ichidan
panox qidiring. Kerak bo’lganda tebranish tugagandan so’ng binoni tark eting. Ko’p qavatli
uyda
tursangiz liftdan foydalanmang. Zinapoyadan foydalanishda qo’pol harakat qilmang,
boshqalarni
172
ham tinchlantiring.
Seysmik bardoshi kam bo’lgan, g’ishtli va xavfli binolarda bo’lsangiz, albatta tashqariga
zudlik bilan chiqing. Bunda elektr tarmoqlari, buyumlar harakatidan ogoh bo’ling. Ochiq joyda
bo’lsangiz binolarga, elektr tarmoqlariga yaqin turmang. Transportda bo’lsangiz ochiq joyda
to’xtating, tebranish o’tib ketguncha kuting. Tebranish qaytarilgudek bo’lsa, xayron bo’lmang.
Odatda birinchi zarbadan so’ng qayta zarbalar bo’lishi muqarrar. Ular xatto bir necha
kunlargacha
davom etadi. Ayrim holatda qayta tebranishlar ham bino va inshootlarga katta zarar etkazadi.
Eng
muhimi, turli ofat sodir bo’lganda asabingizni buzmang, osoyishtalik va xotirjamlik bilan ish
tuting.
Bu zilzila sodir bo’lganda qanday harakat qilishning asosiy qoidalari edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |