Хфх лек Хосилбеков


O’zbekiston Respublikasi Adliya va Ichki ishlar vazirligi tomonidan ishlab



Download 0,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet155/313
Sana01.01.2022
Hajmi0,84 Mb.
#301892
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   313
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi qishloq va suv xo’jaligi vazirligi

O’zbekiston Respublikasi Adliya va Ichki ishlar vazirligi tomonidan ishlab 
chiqkan va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 11 
dekabrdagi 472-son qarori bilan tasdiqlangan va 2001 yil 1 martdan etiboran 
amalga kiritilgan «Yo’l Harakati Qoidalari»ga asosan quyidagilar ko’rsatib 
o’tilgan: 
26.Yuk tashish 
26.1.Tashilayotgan yukning vazni va o’qlarga tushadigan og’irlik miqdorining 
taqsimlanishi transport vositasini ishlab chiqargan korxona tomonidan belgilangan 
miqdordan oshmasligi kerak. 
26.2.Haydovchi harakatni boshlashdan oldin yukning to’g’ri joylashganligi va 
mahkamlanganligiga ishonch hosil qilishi, harakatlanish vaqtida esa yukning 
tushib ketmasligini va harakatlanishga xalaqit bermasligini ta’mimlash maqsadida 
uning holatini kuzatib borishi kerak. 
26.3.Quyidagi shartlarga amal qilinganda yuk tashishga yo’l qo’yiladi: 
haydovchiga tevarak-atrof ko’rinishini cheklamasa; 
transport vositasini boshqarishni qiyinlashtirmasa va muvozanatini 
buzmasa; 
tashqi yoritish asboblari va yorug’lik qaytargichlarini davlat raqami 
belgilarini va taniqlik belgilarni, shuingdek, ishoralarni va qo’l bilan 
beriladigan ishoralarni ko’rishni to’smasa; 
shovqin solmasa, chang ko’tarmasa, yo’lni va atrof-muhitni iflos qilmasa. 
Agar yukning joylashuvi va holati qayd etilgan talablarga javob bermasa, 
haydovchi yuqorida sanab utilgan qoidalar buzilishini bartaraf etish choralarini 
ko’rishi, uning iloji bo’lmasa, bundan keyingi harakatlarni to’xtatishi shart. 
6.18-rasm.Transport vositalarida yuklarni tashishda o’lchamlar chegarasi va xavfsizligi 
85 
6.19-rasm. Yuk tashish mashinalarini odamlarni tashish uchun jihozlash 
26.4.Transport vositasining gabaritlaridan oldi yoki orqa tomonga 1 metrdan, 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


gabarit chiroqlarining chetki qismidan 0,4 metrdan ortiq chiqib turgan yuk ushbu 
Qoidalarning 28.3 bandiga muvofiq, «Katta o’lchamli yuk» belgisi bilan 
belgilanishi, qorong’i vaqtda va etarlicha ko’rinmaydigan sharoitda esa bunga 
qo’shimcha qilib, oldi oq chiroq yoki yorug’lik qaytargich, orqasi esa qizil chiroq 
yoki yorug’lik qaytargich bilan belgilanishi kerak. 
26.5.O’ta og’ir, katta o’lchamli va xavfli yuklarni tashish, gabarit o’lchamlari 
yukli yoki yuksiz holda eni 2,5 metrdan va balandligi yo’l sathidan 4 metrdan, 
uzunligi bitta tirkama bilan 20 metrdan ortiq bo’lgan yoxud yuki transport 
vositasining orqa nuqtasidan 2 metrdan ortiq chiqib turgan transport 
vositalarining, ikki yoki undan ortiq tirkamalik avtopoyezdlarning harakatlanishi 
uchun DAN organlarining ruxsatnomasi bo’lishi kerak. 
Umumiy ishlarni bajaradigan traktor va kombaynlar 8-9°dan oshmaydigan qiyaliklarda 
ishlashlari mumkin. Umumiy ishlarni bajaradigan traktor va o’ziyurar mashinalarda qiyaligi tik 
bo’lgan  tog’lik  joylardagi  hududlarda  dala  ishlarini  tunda  bajarish  mumkin  emas.  Tog’li 
joylarda 
maxsus  moslangan  mashina-traktor  agregatlari  bilan  ishlashga  ruxsat  etiladi.  Agregatlar 
qiyalikda 
yoki  tog’  yonbag’rida  keskin  tormozlantirmasdan  past  uzatmalarda  ishlashiga  ruxsat  etiladi. 
Traktor 
qiyalik bo’ylab harakat qilayotganida uzatmani uzib qo’yishga ruxsat etilmaydi, g’ildirakli 
traktorlarda tormoz pedallari blokirovka qilingan bo’lishi lozim. Agar traktor yoki kombaynni 
qiyalikda  to’xtatish  zarur  bo’lsa,  bunda  qo’l  tormozidan  foydalanish,  g’ildirak  ostiga  pona-
tirgak 
yoki  tormoz  boshmoqlarini  qo’yib,  traktorni  qat’iy  to’xtatib  qo’yish,  dvigatel  ishlamayotgan 
bo’lsa, 
past uzatmani yoki orqaga yurgizish uzatmasini ulab qo’yish maqsadga muvofiqdir. 
Tik tepalikdan tushishda, qiyalikka ko’tarilishda keskin burilish va tik qiyalikka ko’ndalang 
yurish mumkin emas. Hozirgi zamon transport vositalarining ba’zi bir turlarida (asosan maxsus 
86 
tog’li  hududlar  uchun  mo’ljallangan)  qiyalikda  xavfsizlikni  ta’minlash  maqsadida 
o’lchovko’rsatkich 
uskunalari (6.21-rasm) va qiyalik me’yoridan oshganda harakat vositasini to’xtatish 
(6.22-rasm) yoki konstruktiv jihatdan turg’unligini oshirish moslamalari ishlab chiqilgan va 
o’rnatilgan. 
a) b) 
6.20-rasm. Transport vositalarining yon qiyalik (a) va tikka qiyalik (b) 
bo’ylab harakatlangada kuchlar yo’nalishi. 
6.21-rasm. Transportlarni qiyaligini 6.22-rasm. Transport vositalarini qiyalikda 
ko’rsatuvchi moslama haraktini cheklovchi gidravlik uskuna 

Download 0,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   313




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish