mehnat xavfsizligi
. Qishloq xo’jalik korxonalarida yuklarni tashish, yuqoriga ko’tarish uchun
ko’pgina mashina hamda mexanizmlar ishlatiladi. Tashuvchi mexanizmlar asosan gorizontal
yo’nalishda harakatlanadilar. Ular uzluksiz ishlaydigan: tasmali transportyor, havo yordamida,
roliklar, tarnovlar yordamida ishlaydigan va boshqa turlardan iborat bo’ladi. Davriy ravishda
ishlaydiganlarga esa avtomobillar, avto va elektryuklagichlar va hokazolar kiradi. Yuk
ko’taruvchi
uskunalarga ko’prik kranlari, avtomobillarga o’rnatiladigan aylanma kranlar, telfer, o’ziyurar
aravacha o’rnatilgan tal va boshqalar kiradi.
Rasm 6.15. Yuklarni xavfsiz ilashtirish va ko’tarish usullari
Kranlarda ishlashda odamning yuk va kranning harakatsiz qismi yoki boshqa ob’ekt (devor,
82
kolonna) orasida siqilib qolishi, ilmoq to’g’ri ilinmaganligi sababli yukning tushib ketishi, elektr
uzatish liniyalari yaqinida ishlayotganda elektr toki urishi, ishlayotganlar malakasining
etishmasligi
va boshqa sabablar tufayli baxtsiz hodisalar sodir bo’lishi mumkin. Yuk ko’tarish uskunasida 18
yoshga to’lganlargina ishlashiga ruxsat etiladi, bundan tashqari ular tibbiy ko’rikdan o’tgan,
maxsus
ta’lim olgan va tegishli guvohnomasi bor bo’lishi kerak.
Xo’jalikning ta’mirlash ustaxonalarida sozlash ishlarini bajarishda kran-to’sinni (kran –
balka) ishchilarning o’zlari boshqaradilar, shu sababli ular bilan ko’tarish mexanizmlari bilan
xavfsiz ishlash qoidalari bo’yicha ham vaqt-vaqti bilan dars o’tkazib turish zarur.
Barcha yuk ko’tarish vositalari, qo’l bilan ishga tushiriladigan va 1 t gacha yuk ko’taradigan
kranlardan tashqari, «Sanoatkontexnazorat» organlari ro’yxatidan o’tgan bo’lishlari kerak.
Yuk ko’tarish va tashish mashina va uskunalarini «Sanoatkontexnazorat» davlat tashkiloti
tomonidan rasmiylashtirilib, ko’rikdan o’tkaziladi va foydalanishga ruxsat etiladi. Texnik ko’rik
asosan ikki bosqichda, to’liq - har uch yilda bir marotaba va qisman har o’n ikki oyda bir
marotaba
amalga oshiriladi. To’liq texnik ko’rik davomida yuk ko’tarish mashinalari va uskunalari statik
va
dinamik sinovlar asosida tekshiriladi.
6.16-rasm. Yuk ko’tarish mexanizmlarini statik 6.17-rasm. Stroplalarga ta’sir
sinov o’tkazish sxemasi ko’rsatuvchi kuchlar sxemasi
1 – yuk; 2- ipli ko’rsatkich; 3- lineyka
Statik sinov davomida yuk ko’tarish mexanizm yoki mashinasini yuk ko’tarish qobilyatidan
25% ortiqcha zo’riqish asosida yerdan 20-30 sm balandlikda ko’tarilib 10 daqiqa davomida
ushlab
turiladi. Bunda sim arqonlarni sifati va ko’tarish mexanizmini to’g’ri chiziq ip bilan paralelligi
tekshiriladi.
Dinamik sinovda ko’taradigan yuk miqdori 10% ga oshirib, yuk bir necha marotaba
ko’tarilib tushiriladi va burchak ostida aylantiriladi. Bunda mashinaning barcha mexanizmalari
va
tormoz tizimi ishi tekshiriladi.
Mashinalarning bevosita yuk ko’taruvchi moslamalalari (stropa, sim arqon, zanjir, qisqich,
ilgak va boshq.) foydalanishga topshirilishidan oldin har galgi tozalanishdan so’ng sinovdan
o’tkazilishi kerak. Sinov, me’yordagi yuk ko’tarish qobiliyatidan 25 % ko’p holda bajariladi. Yuk
ko’taradigan po’lat va ilmoqli simarqonlarning bir o’ramidagi uzilgan tolalar miqdoriga qarab
yaroqli yoki yaroqsizligi aniqlanadi. Bitta arqonda uzilgan tolalar 10% bo’lsa, simarqon
yaroqsiz
deb hisoblanadi.
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
Yukni ortish yoki tushirishga qadar yuk ko’taruvchi vositalarning mustahkam va turg’unligi,
ularning yuk ko’taruvchanligi, ko’tariladigan yukka muvofiq kelish-kelmasligi, arqon, sim arqon
va
himoya to’siqlarining holatini tekshirish lozim.
83
Qishloq xo’jaligida yuklar xavflilik darajasi bo’yicha 5 guro’hga bo’linadi:
• kam xavfli (qurilish, sabzavotlar va boshq.);
• yonilg’i (moy, benzin va boshq.);
• issiq va changlanuvchi (asfalt, mum, sement va boshq.);
• agressiv suyuqliklar (kislotalar, ishqorlar va boshq.);
• gazsimon tez portlovchi va o’ta tez yonuvchi materiallar (atsetilen va kislorodli gaz
ballonlari, paxta tolasi va mahsulotlari).
Massasiga qarab yuklarni uch toifaga ajratish mumkin:
• 80 kg gacha;
• 80 dan 500 kg gacha;
• 500 kg dan og’ir bo’lgan yuklar.
Yuklar ko’pincha qoplarda, savatlarda, karton qutilarga, bochkalarda ortib tashiladi. Ortish
usuli tashiladigan yukka va yuk ko’taradigan mashinalar yoki boshqa vositalarning bor-
yo’qligiga
bog’liqdir. Qishloq xo’jaligidagi jarohatlarning 35% ga yaqini transportda ish bajarganda sodir
bo’ladi. Yuklarni qo’lda ortish va tushirish faqat muvaqqat maydonchalarda ruxsat etiladi.
Bunday
holda erkaklar ko’pi bilan 50 kg, ayollar esa ko’pi bilan 9 kg, 18 yoshgacha bo’lgan o’smirlar
ko’pi
bilan 13 kg, o’smir qizlar ko’pi bilan 7 kg yuk ko’tarishlariga ruxsat etiladi.
Chang bo’ladigan yuklarni ortish va tashishda haydovchilar, yuk tashuvchilar, albatta,
himoya ko’zoynaklari va respiratorlardan foydalanishlari kerak. Chang bo’ladigan yoki badbo’y
hidli yuklar brezent bilan yopiladi. Bochka yoki shunga o’xshash yuklarni ortishda maxsus
ponalardan foydalaniladi. Transport harakati vaqtida yuklar siljimasligi uchun tashishga
tayyorlangan yuklar arqonlar bilan bog’lab mahkamlab qo’yiladi. Uzun yuklar alohida e’tibor
bilan
mahkam bog’lanishi lozim. Yonilg’ini avtosisternalarda va metall bochkalarda tashishga ruxsat
etiladi. Siqilgan kislorod, atsetilen va boshqa yonuvchi gazlar solingan ballonlarni tashishda
ular
kuzovlarga yog’ochdan yasalgan uyali maxsus tagliklarga joylashtiriladi va mahkamlab
qo’yiladi,
bu tagliklar namat bilan o’ralgan bo’lishi kerak. Yonilg’i gaz to’ldirilgan ballonlarni kislorodli
ballonlar bilan birgalikda, kislorodli ballonlarni esa moyli moddalar va moylar bilan birgaliqda
tashish mumkin emas. Hamma ballonlardagi ventillarni shikastlanish va ifloslanishdan saqlash
uchun qopqoqlar bo’lishi kerak. Yoz kunlarida ballonlar qizib ketmasligi uchun brezent bilan
o’raladi.
Ortilgan yukning yerdan baland qismigacha bo’lgan oraliq 3,8 m dan ortiq bo’lmasligi, eni
2,5 m dan ortmasligi, transport orqasidan 2 m dan ko’p chiqib turmasligi kerak (6.18-rasm).
Agar
yuk yoki tashilayotgan qishloq xo’jaligi mashinasining massasi juda og’ir, balandligi yoki
gabaritda
belgilangan o’lchamdan katta bo’lsa, u holda bunday yukni tashish uchun yuk olingan yerdagi
DAN
dan ruxsat olish zarur. Ruxsatnomada harakat vaqti va marshrut ko’rsatiladi. Agar bunday yuk
bilan
temir yo’l orqali o’tiladigan bo’lsa, temir yo’l muassasasidan qo’shimcha ruxsatnoma olish
zarur.
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
Agar yuk enining oxirgi nuqtasi bilan oldingi yoki ketingi gabarit chiroqlari orasidagi oraliq 0,4
m
dan ortiq bo’lsa, transport vositasi gabaritidan 1 m dan ortiq chiqib qolgan yuklar kunduz kuni
signalli taxtachalar yoki bayroqchalar bilan, tunda va kunduz kuni ko’rish yomonlashgan vaqtda
yoqilgan chiroqlar bilan belgilanishi lozim. Agar tirkama dishlosi transport orqasidan 1m dan
ortiq
chiqib qolsa, unga va egiluvchan shatak zvenosiga ham shunday belgi qo’yiladi. Signalli
taxtachalar
va bayroqchalarning o’lchami 400x400 mm bo’lishi kerak. Ularning o’ng va teskari
tomonlariga
qarama-qarshi diagonal bo’yicha eni 50mm keladigan qilib, qizil va oq yo’llar oralatib
chiziladi.
Og’ir yuk tashiydigan tirkama-mashinalarga hamda yuk mashinalariga ortish va ularni tashish
ishlari ma’muriyat vakilining kuzatuvida olib borilishi kerak.
Ayniqsa transport vositalari, uziyurar shassi va qishloq xo’jaligi agregatlarini ish jarayonida
vujudga keladigan xavfli omillardan biri, bu bo’ylama va yonbosh qiyalikda harakatlanganda
ularning bo’ylama va yonaki turg’unligidir (6.20-rasm).
Transport vositalari, uziyurar shassi va qishloq xo’jaligi agregatlarini ko’ndalang
turg’unligini oshirish uchun ularning g’ildiraklar oralig’i mumkin qadar kengaytiriladi yoki
mazkur
traktorga tirkaladigan standart tirkamalar g’ildiraklari oralig’iga teng qilib o’rnatiladi. T-
28x4M va
MTZ-80 traktorlarida yo’l tirqishi kamaytiriladi.
84
Do'stlaringiz bilan baham: |